Tekis to`sqichlarning ko`tarma mexanizmlari.
Tekis to`sqichlar qo`l yoki elektrlashgan ko`tarma mexanizmlar bilan
ta‘minlanadi. Tekis to`sqichni ko`tarish uchun zarur bo`lgan kuch
qo`yidagicha aniqlanishi mumkin:
𝐹 = 𝐺 + 𝑇
G
- to`sqichning og‘irligi,
T
- pazlardagi ishqalanish kuchi.
Odatda, T-G buning natijasida sirpanuvchi to`sqichlarda faqat ko‘tarilish
vaqtida emas, balki tushirish vaqtida ham sezilarli kuch talab etiladi. Shuning
uchun ular vintli ko`tarish mexanizmlari bilan ta‘minlanadi. Bu yerda
tortuvchi qurilma traptziya shaklidagi rezbaga ega bo`lgan yuk vinti bo`lib, u
oldinga harakatlanadi.
EV-2,5 tipli vintli ko`targich:
1. yuk qismi;
2. to`sqich holatini ko`rsatuvchi datchik;
3. yuk vinti kojuxi;
4. elektr motor;
5. Reduktor;
6. Avariya holati uchun qo`l dastasi.
Vintning pastki qismi to`sqich bilan yuqori qismi esa elektr motor 4 ning
reduktori 5 yordamida harakatga keltiriluvchi yuk gaykasiga ulangan. Yuk
vintining ustki qismiga to`sqich holatini ko`rsatuvchi va ko`targich holatini
dispecher punkitidan nazorat qilish uchun 2-datchik o`rnatilgan.
Yuk
vintlarini
yuklamalar
natijasida
ko`ndalang
egilishlaridan
himoyalash maqsadida mexanizm elektromexanik yuk relesi bilan
ta‘minlangan vintli ko`targichda to`sqichni 6 dasta qo`l yordamida ko`tarib
tushirish mumkin. Vintli ko`targichlar turli markalarda tayyorlanadi.
Vintli mexanizmlar elektr yuritmasi uchun yuqori sirpanishli qisqa
tutatuvchi asinxron motorlar qo`llaniladi. Elektr motorlarning quvvati
mexanizmlarning tortish kuchiga bog‘liq bo`ladi.
Elektr motorni tanlashda uning maksimal momenti va hisoblangan
yuklamasi hisobiga olinadi; katta momentga ega bo`lgan elektr motorini
tanlash mexanizm puxtaligini oshirishni talab qiladi. Odatda bu kattalik
motorni maksimal momentiga mos keluvchi yuklama bilan tekshiriladi.
Ko`targichning tortish kuchi 10 kN bo`lsa elektr yuritmaning minimal
quvvati 0,4 kVt bo`lishi mumkin. Elektr yuritmaning bunday quvvati
uchun ularni markaziy ta‘minlash tarmog‘i 6,10 kV kuchlanishga ega
bo`lishi kerak. Buning uchun sug‘orish kanali bo`ylab yuqori kuchlanish
liniyasi o`tkaziladi va gidrotexnika inshootlar yoniga pasaytiruvchi
tranformator podstansiyasi o`rnatilishi zarur bo`ladi.
Gidravlik to`sqichlar
Gidravlik to`sqichlarda suvdan olinadigan energiya hisobiga suvni
tarqatish jarayonini avtomatik rostlash va oqimni me‘yorlashni amalga
oshirish
mumkin.
Sug‘orish
tizimlarida
suv
tarqatishni
avtomatlashtirishda qo`llanuvchi to`sqich avtomatlarning bir necha turi
mavjud, sarfni to`sqich avtomat, «Neyrnik» tipidagi to`sqich avtomatlar,
to`g‘ri harakatlanuvchi avtomatik to`sqichlar va boshqalar. «Neyrpik»
tipidagi avtomatik to`sqichlar bir xil holatga o`rnatilgan gidravlik
to`sqich-rostlagichlar bo`lib, to`sqichning holati rostlanuvchi sathga mos
keluvchi nuqta atrofida bo`ladi (a- rasm).
a)-rasm. Suv sarfini avtomatik
b)-rasm. Suvni sathini me’yorlovchi
to`sqichi sxemasi: a) bitta to`sqichli; b) «Neyrpik» tipidagi gidravlik
qo`shaloq to`sqichli; 1- suv chiqaruvchi
to`sqichlarning sxemasi:
qisim; 2- suv tagidagi devorlar; a) yuqori bef bo`yicha; b) pastki bef
3-qo`shaloq egilgan kaziroklar; bo`yicha; v) aralash rostlovchi;
Do'stlaringiz bilan baham: |