Nazorat savollari
1. Elektron bozor, elektron bozor maydonlari, elektron magazin
haqida tushuncha bering.
2. Elektron do‘kon, elektron birjalar haqida tushuncha bering.
3. Elektron auksion, elektron xizmat turlari deganda nimani
tushunasiz?
4. Elektron bozorda bank xizmatlari haqida tushunchangiz?
5. Raqamli iqtisodiyot sharoitida elektron tijorat yuritishning o‘ziga
xoc xususiyatlari.
6. Elektron
bozorlarining
mahsulot
turiga
qarab
klassifikatsiyalashuvini tushuntirib bering.
7. Elektron savdo shoxobchalarining yuzaga kelishining mahsulot
tannarxiga ta’sirini tushuntiring.
8. Plastik karta turlari va ulardan foydalanish mexanizmi qanday?
156
11-BOB. INTERNET SAVDO TIZIMLARI
11.1. Internet magazin, internet maydon, internet auksion,
internet birjalar
Elektron internet magazinlarning axborot texnologiyalari
Internetdan foydalana oluvchi xaridorga uyidan chiqmasdan turib turli
firmalarning tovar va hizmat navlari bilan tanishishga, ularning sifati va
narxi bo‘yicha axborot olishga, internet orqali to‘lovni amalga
oshirishga va uyga yetkazib berish bilan xarid qilishga imkon beradi.
Umumiy holda Internet-magazinning asosiy vazifalari xaridorga-axborot
xizmatini ko‘rsatish, buyurtmalarni ishlash, to‘lovlarni amalga oshirish
hamda turli statistik axborotlarni yig‘ish va tahlillash.
Internet-magazinni boshqarish sxemasi 11.1-rasmda keltirilgan.
11.1- rasm.
Internet-magazinni boshqarish sxemasi
Bu sxemada:
•
Web-server – tushgan so‘rovlarni taqsimlaydi, foydalanishni
chegaralaydi.
•
Ilovalar serveri – barcha tizim ishlashini, xususan Internet-magazin
biznes mantig‘ini boshqaradi:
•
MBBT ilovalar, mijozlar, schyotlar va hokazo hususidagi axborotni
saqlashni va ishlashni amalga oshiradi.
Internet-magazinning ta’minoti Web-vitrinanikiga qaraganda
qimmatga tushsada, uning imkoniyatlari juda keng va rentabelligi
yuqori. Undan tashqari, axborotning dinamik ishlanishi va ma’lumotlar
157
bazasining mavjudligi evaziga Internet-magazin har bir ro‘yxatdan
o‘tgan xaridor bilan individual ishlash imkoniyatiga ega.
Elektron tijorat tizimlarida virtual savdo maydonlari.
Kompyuterning yaratilishi XX asrning buyuk kashfiyotlaridan
biridir. Davr talabiga ko‘ra, bugunga kunga kelib kompyuter
texnologiyalari va ularning imkoniyatlaridan foydalanish juda rivojlanib
ketdi. Kompyuter tarmoqlari va ularning beradigan imkoniyatlari,
qulayliklari katta hajmdagi ma’lumotlar bazasi va axborotlar bilan
ishlashga to‘g‘ri keltirmoqda. Jamiyat taraqqiyotida yuz berayotgan
jadal o‘zgarishlar insonlarning kunlik extiyojlariga bo‘lgan talablarini
bajarishda ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Tarmoqning hozirgi kunda
ko‘rsatayotgan katta imkoniyati bu elektron tarzdagi savdo – sotiqni
amalga oshirishidir. Elektron tarzdagi mahsulotlarning sotilishi va sotib
olinishi elektron tijorat tizimiga asos soldi. Elektron tijorat deganda
ko‘plab kishilar on-line rejimda mahsulot sotib olishni tushunadi.
Elektron tijorat – bu internet texnologiyalaridan foydalanib pul ishlash
jarayonidir. Elektron savdo jarayoni modelini tarmoqda ishlatilishning
muvaffaqiyati uchta tashkil etuvchidan iborat:
•
Texnologik platformani to‘g‘ri tashkil etish.
•
Raqobatbardosh mahsulotlar.
•
Zarur infratuzilish va biznes jarayonlar.
Agar shu uchta tashkil etuvchidan birortasi qatnashmasa ham
zamonaviy texnologiyaning qo‘llanilishi muvaffaqiyatga olib kelmaydi.
An’anaviy do‘kon tipida tashkil etilgan savdo elektron tijoratning mijoz
– biznes tipi deyiladi. Bunday tipdagi Web saytlarga elektron tijoratdagi
ko‘plab saytlar kiradi. Elektron tijorat tizimida Web saytlar orqali olib
borayotgan savdo sotiq ishining hajmi an’anaviy savdo jarayoniga yaqin
bo‘lib bormoqda. Bunday saytlar elektron bozorda eng yaxshi o‘ringa
ega va rivojlanib bormoqda. Elektron tijorat tizimi shuningdek biznes –
biznes bozori muhitida ham ishlaydi. Bunday jarayonda ulgurji savdo
qiluvchi kompaniyalar va oddiy sotuvchilar 16 birgalikda ishlaydi.
Masalan shaxsiy kompyuter ishlab chiqaruvchi ishchilar o‘z
mahsulotlarini distribyutorga va yirik sotuvchi kompaniyalarga sotishi
mumkin. Elektron tijorat tizimida u yoki bu ko‘rinishdagi savdo
158
maydonini yaratishda mazkur ish faoliyati muhitidagi xaridor va
sotuvchining o‘zaro ta’sir sferasining darajasi aniqlanadi.
Elektron tijoratda “virtual savdo maydonchasi” degan tushuncha
ham mavjud bo‘lib, u yerda sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi shartnomalar
tuziladi va moliyaviy oldi-sotdi amallari o‘tkaziladi. B2B-sxemasidagi
elektron tijoratda virtual savdo maydonchalarining quyidagi uch xil
ko‘rinishi mavjud:
1) Xaridor tomonidan tashkil etiladigan (“buyer-driven”);
2) Sotuvchi tomonidan tashkil etiladigan (“supplier-driven” yoki
“seller-driven”);
3) Uchinchi shaxs tomonidan tashkil etiladigan (“third-party-
driven”).
“Buyer-driven” ko‘rinishidagi virtual savdo maydonchalari bir yoki
bir nechta kompaniyalar tomonidan tashkil etiladi va u o‘zida mahsulot
sotib oluvchi kompaniyalarni birlashtiradi. Savdo maydonchalarining bu
konsepsiyasi yirik kompaniyalar faoliyatida tovar va xizmatlarni sotib
olish jarayonini optimallashtirish, buyurtmalarni yetkazib berish
tarmog‘i va savdo-sotiq shartnomalarini kengaytirishga bo‘lgan
ehtiyojlari bilan bog‘liq.
“Supplier-driven” ko‘rinishidagi savdo maydonchalari sotuvchilar
tomonidan tashkil qilinib, mijozlar sonini ko‘paytirishga va xizmat
ko‘rsatish yoki mahsulotni sotish bo‘yicha xarajatlarni kamaytirishga
qaratilgan.
“Third-party-driven” ko‘rinishidagi savdo maydonchalari esa
xaridor va sotuvchilarni bir-birlari bilan uchrashtirish mas’uliyatini
oladi. Odatda, bunday maydonchalar biznesning ma’lum sektori va unda
bo‘layotgan jarayonlarni yaxshi tushunadigan uchinchi shaxs (tashkilot,
kompaniya) tomonidan tashkil qilinadi.
Odatda bunday maydonlar kim-ki biznesning aniq sektorida va
undagi jarayonlarning borishida yaxshi ishlay olsa, ular uchun yaratiladi.
Bunday maydon yaratuvchilari, xaridor va sotuvchi o‘rtasidagi yetkazib
beruvchi kabi bo‘ladi. Hozirgi vaqda virtual savdo maydonini tashkil
etishning asosiy uchta modeli mavjud: katalog, auksion va birja.
Katalog.
Kataloglar
zamonaviy
kuchli
axborot
tizimlari
159
imkoniyatlaridan foydalanib, bir necha parametrlar bo‘yicha
mahsulotlarni tez tanlash, yetkazib berish vaqtini bilish, to‘lov turlari va
imkonlarini o‘rganish, xizmatlar haqida axborot olish va boshqa shu
kabi axborotlarni olish uchun xizmat qiladi. Bu model, unchalik qimmat
bo‘lmagan mahsulotlarning savdo-sotig‘ini tez-tez o‘tkazishda xaridor
va sotuvchi orasidagi kuchli fragmentni xarakterlashda maqsadga
muvofiq hisoblanadi. Bu modelda narxlarni sotuvchi belgilaydi. Katalog
modeli shuningdek, agar kattagina savdo-sotiq mashhur yetkazib
beruvchilar va aniq qoidalar asosida amalga oshirilsa, xaridor sotuvchini
tanlash uchun kichik yetkazib beruvchilarning ichidan tanishingiz va
zarur bo‘lgan holda yaxshi ishlaydi. Bu model narxlar kam o‘zgaruvchi,
so‘rovlar aniq aytiladigan bozorlarda yaxshi ishlaydi. Auksion. Narxlar
faqat sotuv vaqtida aniq bo‘ladigan modeldir. Auksion-web sayt, unda
istalgan odam o‘zining mahsulotlarini sotuvga qo‘yishi mumkin.
Narxlarni aniq qo‘yish kerak. Mahsulotga qiziqqanlar esa o‘zlarining
narxlarini ko‘rsatishadi. Birja. Narxlar so‘rov va takliflar bilan
boshqariladigan va natijada kuchli o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin bo‘lgan
modeldir. Bugungi kunda on-line sotib olish jarayonida to‘lov vositasi
bo‘lib plastik kartochkalar yetakchilik qilmoqda. Lekin yangi to‘lov
vositalari ham qo‘llanilmoqda – smart-kartalar, raqamli pul, mikroto‘lov
va elektron cheklar kabi. Web-vitrinalarni yaratish va ishlatish internet
do‘konlariga nisbatat 2-3 marta arzonroq bo‘ladi. Hozirgi vaqtda bizning
mamlakatimizda ham ko‘plab internet savdo maydonlari ishlamoqda.
Avvaldan elektron tijorat iqtisodiyotning alohida yo‘nalishi sifatida
qabul qilinmagan, avvaliga biznes yuritishining an’anaviy
mexanizmlarini shunchaki internetga o‘tkazish yuz bergan. Yangi
yo‘nalishdagi odatiy texnologiyalarning mavjudligi yangi paydo bo‘lgan
internet-tadbirkorlarga qo‘l kelgan, chunki yangisiga ishonch darajasi
pasaygan va iste’molchilar katta istak bilan yangi imkoniyatlardan
foydalanishgan. Jumladan, masalan, ilk internet-do‘konlar keng
tarqalgan, telefon yoki elektron pochta orqali tovarlarga buyurtma berish
modelidan foydalanishgan. Amaldagi offlayn biznes mohiyatiga ko‘ra
o‘zining texnologiyalari va mexanizmlari bilan eng qo‘pol tarzda
internetga o‘tkazilgan, hatto birinchi buyurtma shakllari saytda xuddi
160
an’anaviy sotuv kanallarida foydalanilgan qog‘ozlardagi kabi
ko‘rinishga ega bo‘lgan. Bu kabi sxema bo‘yicha ishlaydigan ilk
internet-do‘konlarning egalari mavjud bo‘lgan va o‘rganib chiqilgan
normativ bazadan foydalanishgan. Internet-do‘konlarda buyurtma
berilgan tovarlarni yetkazib berish mavjud bo‘lgan logistika
infratuzilmasi yordamida amalga oshirilgan. Ilk g‘arb internet-
do‘konlari uchun to‘lov vositasi plastik kartochkalari bo‘lgan, g‘arb
iste’molchilariga bu kabi to‘lov usulidan foydalanish ertalab yuvinish
kabi odatiy hisoblanadi. Rossiyada, internet-tijorat yuzaga kelishi
davomida, plastik kartochkalari g‘arbda bo‘lgan kabi tarqalmagan
bo‘lgan, bu qisman elektron savdoni rivojlantirishning to‘xatib turuvchi
faktorga aylangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |