Tosnkent moliya instituti u. K. Yakubov, yo. S. Ilxamova, M. I. Azizova elektron tijorat


Mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish usullari



Download 3,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/121
Sana20.07.2022
Hajmi3,75 Mb.
#828901
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   121
Bog'liq
amaliy ish\'

Mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish usullari. 
Mijozlar 
bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarishning ko‘pgina aspektlari bir 
necha yillardan beri mavjud va ular bo‘sh joyda yaralmagan. Ular 
mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarning belgilangan aspektlarini 
allaqachon avtomatlashtirishdan kelib chiqadilar (SFA, SMS, CSS va 
b.). Ammo mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish tizimi 
“marketingni ushlab turishning oddiy” tizimidan keskin farq qiladi. 
Quyida keng tarqalgan tavsifni keltiramiz: 
Mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarning operativ boshqaruvi. U 
oddiy tadbirkorlik jarayonlari - sotuv, xizmat ko‘rsatish va hokazolar 
doirasida bo‘lgan konkret mijoz bilan o‘zaro munosabatlar haqidagi 
axborotga operativ kirish imkoniyatini berishni o‘z ichiga oladi. 
Tizimlar integratsiyasini, barcha kanallar bo‘yicha mijoz bilan o‘zaro 
munosabat jarayonining aniq boshqaruv koordinatsiyasini talab qiladi. 
Hozirgi vaqtda mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish 
tizimining salmoqli qismi aynan shu kategoriyaga mo‘ljallangan. 
Mijozlar bilan o‘zaro munosabatlar analitik boshqaruvi. 
Tizimlar integratsiyasini, ishlangan katta hajmdagi statistik 
ma’lumotlarni va samarali analitik instrumentariyni talab qiladi. 
Mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarning analitik boshqaruvi oldingi 
kategoriyadan taniqliroq va Data Warehousing, Data Mining 
(ma’lumotlarni saqlash, ma’lumotlarnin tahlili) konsepsiyalari bilan juda 
ko‘p umumiyligi bor va shuning uchun bu sohalardagi tizimlarni yetkazib 
beruvchilar o‘zlarining tizimlarini mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni 
analitik boshqaruvi tizimlaridek olib boradilar. Bunga namuna tariqasida 
SAS (Statistical Analysis System) yetarli mashhur statistik tahlil tizimi 
xizmat qilishi mumkin. 
Mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni hamkorlik asosida boshqarish. 
Mijozga dizaynni ishlab chiqish, mahsulotni yaratish, yetkazib berish va 
xizmat ko‘rsatish jarayonlariga ko‘proq ta‘sir o‘tkazish imkoniyatini 
beradi. 
Korxona ichki jarayoniga mijozni past xarajatlar bilan hamkorlikka 


132 
ulash texnologiyalarini talab qiladi. 
Masalan: 
1.
Mahsulotning dizaynini ishlab chiqishda mijozlarning 
takliflarini yig‘ish. 
2.
Qarama-qarshi aloqa sharti bilan mijozlarning mahsulot 
namunalariga kirish. 
3.
Qarshi narx tashkillashtirish, ya‘ni mijoz mahsulotga o‘zining 
talablarini qo‘yib va shu mahsulotga qancha narx to‘lashi mumkin 
ekanligini ko‘rsatadi. Ishlab chiqaruvchi bo‘lsa, bu takliflarga amal 
qilishga harakat qiladi. 
Keyingi paytlarda mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish 
tizimi Internet orqali amalga oshirilmoqda. Bu elektron tijoratni eng 
yuqori mavzular bilan rivojlantirishiga sabab bo‘lib, ayniqsa, AQSH, 
Kanada, G‘arbiy Yevropa mijozlar bilan munosabatning bu turida 
quyidagi operatsiyalarni amalga oshiradi: 

Web -saytda buyurtma qabul qilish;

Buyurtmani tasdiqlash;

Elektron pochta orqali yuborilgani haqida ogohlantirish; 

Internet orqali yetkazib berishni tekshirish; 

Marketing materiallarini elektron pochta orqali tarqatish. 
Demak, mijozlar bilan o‘zaro aloqalarni boshqarish hamma 
sohalarni qamrab olishi kerak. 2002-yil avgust tadqiqotlari natijasi 
bo‘yicha 1999- yil bu bozorda mijozlar bilan o‘zaro aloqalar 
boshqarishni dastur bilan ta‘minlash bozori tadqiqotlari natijalari 
bo‘yicha sotish hajmi 71% o‘sib, 3,3 mlrd dollar bo‘lib, 2004 yilda 12,1 
mlrd dollarga yetadi. Bunda mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni 
boshqarishning uch guruh ilovasi ko‘rsatilgan. 
1.
Sotishni boshqarish (eng qiyin mijozlarning hisobotlari va 
ro‘yxatlarini boshqarish jarayonidan boshlab, toki mijozlar bilan 
shartnoma tuzishni boshqarishgacha.) 
2.
Marketing 
(reklama 
kompaniyalarini 
boshqarish, 
masofaviy marketing.) 
3. Mijozlarni qo‘llab - quvvatlash va mijozlarning telefon markazi. 
Biz ko‘rib chiqayotgan muammoga misol qilib mijozlar bilan o‘zaro 


133 
aloqalarni boshqarish tizimi bo‘yicha American Airlines avto 
kompaniyasini ko‘rib chiqamiz. Hodimlar soni 92.000, mijozlar soni -38 
mln tez - tez uchadigan pasajjirlar. 
Bir necha yil oldin American Airlines dunyoda xususiy Web - 
sayt ochgan birinchi aviakompaniya bo‘ldi. Shu davrda - global 
tarmoqning rivojlanishida mijoz har xil ma’lumotlar yoki axborotlar 
bilan ta‘minlanishi, ya‘ni (bagajga talablar, bortda demonstratsiya 
qilinadigan filmlar, aeroport sxemalari va boshqalar) juda katta 
erishuv hisoblangandi. Biroq bu aviakompaniya shu amallar bilan 
cheklanmay, o‘z oldiga juda katta masshtabdagi rejalarni qo‘ygan edi. 
Aviakompaniya mutaxassislari Internetda kanal ochish bilan, 
mijozlarga yanada yuqori darajada xizmat ko‘rsatish bilan birga ( “on – 
line” rejimida joylarni bronlash) katta hajmdagi xarajatlarni 
qisqartirib, daromadni ko‘paytirishga erishdilar. Aviakomapaniya 
o‘zining Web - saytini ochishdan avval ham har doimgi mijozlari 
haqida juda katta hajmda axborotga ega edi. Shu sababli kompaniya 
ishni o‘zining har doimgi mijozlarga pereferensiya xizmatini 
ko‘rsatishdan boshladi. Internet esa, kompaniyaga o‘zaro aloqalarni 
individuallashga imkon berdi. Buning natijasida American Airlines 
sayti axborot omboridan haqiqiy Elektron tijorat saytiga aylandi. 
Bu saytda mijozlar 24 soat davomida kompaniya reyslariga joy 
band etish va xohlagan reysi haqida daqiqalik hisobnoma olish 
mumkinligiga ega bo‘ldi. Bu sayt 1997- yili Web - biznes 
rivojlanishi bo‘yicha CIO Magazine mukofotiga ega bo‘ldi. 1 oy 
davomida 5 mln mijoz bu saytdan foydalanadi. Harita davomida 
elektron pochta orqali 2 mln har xil takliflar yuboriladi. Sayt 
hozirda kompaniya daromadida katta o‘rin tutadi. 
American 
Airlines 
mutaxassislari 
xabari 
bo‘yicha, 
individuallashtirish texnologiyasi mijozlarni saytga jalb qilish va ularni 
tez – tez (doimiy) uchadigan passajirlarga aylantirishda juda katta o‘rin 
tutadi. Individuallashtirish jarayoni qanday amalga oshadi. 
Mijoz telefon orqali kompaniya ofisi bilan bog‘lanadi yoki saytga 
kirib har xil savollarga javob beradi (turar joyga yaqin aeroport, ko‘p 
qo‘llaniladigan yo‘nalishlar, tanish passajir mijoz nomi.) Mijoz yana bir 


134 
marta saytga kirganda individuallashtirish bilan ta‘minlash dasturi 
mijozga “buyurtma varaq” tuzadi va unga qandaydir daraja beriladi 
(oltin, platina.) Varaq tuzish uchun quyidagi ma’lumot kerak: 
1.
Mijoz profili bo‘yicha ma’lumotlar bazasi. 
2.
Umumiy axborotlar ma’lumotlari bazasi. 
Yuqoridagi ma’lumotlar konkret mijozga yo‘naltirilgan bo‘ladi. 
Misol: mijoz o‘zining sayohatini A shahardan boshlaydi. Bunda uning 
varaqasida A shahardan uchish bo‘yicha maxsus takliflar ko‘rsatiladi. 
Eng yaqin kunlarda, shu bilan birga mijozga uning “oltin” darajasidan 
“platina” darajasiga o‘sishi uchun necha mil kerakligi haqida ma’lumot 
beriladi. 

Download 3,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish