143
10-BOB. ELEKTRON TIJORAT, ELEKTRON
BOZOR MUNOSABATLARI
10.1. Elektron bozor, elektron bozor maydonlari, elektron magazin
Elektron bozor deb, uning ishtirokchilari va axborot strukturalari
hamda telekommunikastiya texnologiyalari, tizimlari sharoitida ma’lum
qonuniyatlar bilan xarakterlanadigan
ishtirokchilar, ularning o‘zaro
ta’sir jarayonlari majmuasi tushuniladi. Elektron bozor an’anaviy
jismoniy bozorga nisbatan ancha mukammal raqobat bilan
xarakterlanadi. Elektron bozorda xaridor va sotuvchilarning katta soni
ishlaydi, yangi ishtirokchilarning bozorga
chiqishiga hech qanday
to‘siqlar yo‘q, barcha ishtirokchilar axborotdan erkin foydalanadi.
Sotuvchilar har xil o‘lchamdagi, turli geografik rayonlarda joylashgan,
elektron biznes vositalarini tadbiq etishning turli bosqichlaridagi
kompaniyalar tomonidan e’tiborga havola etilganlar.
Jismoniy bozorda
katta kompaniyalar afzallikka ega. Chunki ular o‘zlarining bozordagi
katta o‘rni, ulushi sababli iste’molchilarda o‘zlarining tovar yoki
xizmatlarini
ancha sifatli, ancha ishonchli deb qabul qilish tuyg‘usini
shakllantiradilar. Elektron tijoratda bunday afzallik mavjud emas.
Internetni buyuk tarozu ham deyishadi.
Kichik kompaniyalar katta muvaffaqiyatga erishishlari va yirik
kompaniyalar bilan barobar raqobatlashishi mumkin. Axborotdan erkin
foydalanish har xil kompaniyalar tovarlari xarakteristikasi va narxini
solishtirishi mumkin bo‘lgan iste’molchilargagina foydali emas.
Axborot texnologiyalari almashinuvlar natijasida topilgan iste’molchilar,
ularning didi va ta’bi haqidagi axborotni yig‘ish
va saqlashga imkon
beradi. Iste’molchilarga individual xizmat ko‘rsatish yondashuvi amalga
oshirilishi mumkin. Bu esa talabning noaniqligining darajasini
pasaytiradi va korxonaning bu noaniqlik ta’sirida bo‘ladigan zararlarini
chetlatadi. Axborotning mavjudligi va ochiqligi xaridorlarga maksimal
darajada ma’qul narx qo‘yishda sotuvchilarga imkon beradi.
144
Zamonaviy bozorda faoliyat yurituvchi
hamma korxonalarni
ularning elektron bozorga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra 3 guruhga
ajratish mumkin:
1.
An’anaviy (brick-and-mortar) kompaniyalar – ular real, jismoniy
bozorda faoliyat ko‘rsatib, ma’lum vaziyatlar majbur qilmasa, elektron
bozorga murojaat qilmaydilar.
2.
Aralash (slick-and-brick) korxonalar – ular o‘z faoliyatlarining bir
qismini internet orqali amalga oshiradilar. Bunday korxonaar faoliyatni
ko‘rib chiqayotganda elektron biznesning qo‘llanishi
ularga nima
berishini aniqlash juda muhim.
3.
To‘liq elektron (click-only) korxonalar – ular faqat internetda
mavjud. Bunda ularning paydo bo‘lishi sabablarini va ularning foydani
qanday olishlarini tushunish juda muhim.
10.1-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: