Toskent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 2,24 Mb.
bet45/268
Sana30.12.2021
Hajmi2,24 Mb.
#90686
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   268
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar Razzooqov

Forobiy qonunlar va tartiblarni xotirada yaxshi saqlab qolish va ularga amal qilish uchun quvvai hofizaga ega bo'lishi kerak . Agar shunday qonunlar qolmagan bo'lsa, « bunday qonunni o'ylab topish uchun ijod,ixtiyor qilish quvvatiga ega bo'lishi kerak. Amaldagi haqiqiy ahvolni tez payqab olish va kelgusida ro'y beradigan, avvalgi rahbarlar ko'zda tutmagan voqealarni ko'ra bilishi uchun bashoratgo'ylik hislatiga ega bo'lish talab etiladi. Bu hislat unga xalq farovonligini yaxshilash yo'lida kerak bo'ladi».

Hozirgi davr tili bilan aytganda, iqtisodiyotda prognoz, istiqbolni ko'ra bilish xaqida gap bormoqda. Avvalgi rahbarlar o'rnatgan qonunlarga, shuningdek, avvvalgilardan o'rnak, isbot olib o'zi to'qib chiqargan qonunlarga xalq amal qilishi uchun qizg'in so'zlash- notiqlik hislatiga ega bo'lish kerakligi ko'rsatiladi.

Zarur hollarda harbiy ishlarga mohirona rahbarlik qilish uchun etarli jismoniy quvvatga ega bo'lish talab etiladi. Ham jang qilishni, ham sarkarda sifatida jangu jadalga rahbarlik qilish uchun harbiy san'atni yaxshi bilish kerakligi uqtiriladi.

Mabodo, shu hislatlarning barchasini o'zida jamlagan odam topilmasa, lekin 2 kishi birgalashib, shu hislatlarga ega bo'lishsa (ya'ni bir donishmand, 2-qolgan hislatlar sohibi bo'lsa), shu ikkovini fozillar shahriga rahbarlikka qo'yish zarur. Demak, olim tomonidan amalda uchraydigan barcha holatlar e'tiborga olingan holda rahbar tanlash yo'l-yo'riqlari berilgan.

Albatta, bo'lajak rahbar shu hislatlarga egami-yo'qmi ekanligi qanday aniqlanadi, degan savol tug'iladi. Buni har bir insonning umr-hayoti, avvalgi yillardagi faoliyati, xalq hukmiga havola etilayotgan dasturi, yaqin kishilarning bergan tafsilotlari orqali bilib olish va eng maqbul nomzodni qo'llab-quvvatlash kerak. Ibn Sino talqinidagi iqtisodiy karashlar.

Ibn Sino (980-1037) tomonidan nioyatda katta ilmiy meros qoldirilgan, u yozgan asarlarning soni 280 dan ortiq. Shulardan 40 tadan ortig'i tibbiyotga oid, 30 ga yaqin risola turli tabiiy fanlarga, 3 risola musiqaga, 185 risola falsafaga, mantiq, psixologiya, teologiya, ahloq, boshqa ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag'ishlangan. Lekin bizgacha uning faqat 160 ga yaqin asari etib kelgan. Olimni hurmatlab «Shayx ur-rais» deb ataganlar.

Olimning tibbiyotga oid asarlarida iqtisodiyot bilan bog'liq muhim g'oyalar ilgari suriladi. Inson sog'lig'ining ichki va tashqi muhitga bevosita bog'liqligi, ayniqsa ovqatlanish, turmush sharoiti katta ahamiyat kasb etishi ko'rsatiladi. Iqtisodiyot fanida muhim bo'lgan kategoriya «etiyoj» ni ta'riflab, moddiy boyliklar yaratishda mehnatning va mehnat qurollarinining o'rnini aniqlab beradi. Uning asarlarida «mehnat taqsimoti»ga katta e'tibor qaratiladi, taqsimot tufayli unumdorlik oshuvi va mahsulot sifati yaxshilanishi isbotlab berilgan. Farbiy Evropada faqat 1776 yilda Adam Smit bu masalaga alohida diqqatni jalb etadi.

Ibn Sinoning fikricha: «Hayvon tabiat ne'matlariga qanoat qiladi, odamlarga esa tabiat ne'matlari kamlik qiladi, u ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga ehtiyoj sezadi. Hayvon tabiat ne'matlari-ni o'zlashtirib oladi, odam esa o'z mehnati bilan o'ziga ovqat, kiyim, turar joy yaratadi. Shu maqsadda inson dehqonchilik va unarmand-chilik bilan shug'ullanishi kerak».

Olim asarlarida fozil davlat to'g'risidagi g'oyalar rivojlantirilib, o'zaro yordam do'stlik va hamkorlikka katta o'rin beriladi. Olim nazariy va amaliy ilmlarni ajratib ko'rsatadi, nazariy ishlarni inson faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan narsalar to'g'risidagi haqiqiy ilmlar deb ta'riflaydi.

Amaliy ilmlarning ob'ekti inson faoliyatidir. Nazariy ilmlarning haqiqatni bilishga, amaliy ilmlar esa yaxshi ishlarni bajarishga qaratilgan. Bunda insonning ahloqiy fazilatlari muhim o'rinni egallaydi. U insonlarning kundalik foydali amaliy ishlarini ulug'laydi, ahloqiy munosabatlarda kamtarlik, izzat-hurmat, jasurlik, ayniqsa to'g'rilik, sofdillik kabi hulqiy qoidalarga alohida e'tibor beradi. Bu xususiyatlar iqtisodiyotda inson omili to'g'risidagi g'oyaga mos keladi. Iqtisodiyot rivojlanishining ob'ektiv qonun-qoidalariga amal qilib, inson o'z baxtini o'zi yarata oladi. Yaxshi xulq va iqtisodiyot o'rtasida bevosita bog'liqlik borligini «Uy-joy tutish tadbiri» asarida ko'rsatib beradi. Bu risolada u ayollarning o'n etti hislatini sanab ko'rsatadi. Bularga dastlab ayol oqil va e'tiqodli, yoqimtoy, o'z eriga mehru-muhabbat qo'ygan, farzand ko'ra oladigan, ezma bo'lmagan, itoatkor, dili pok, bexarxasha, pokiza, vazmin va o'zini tutib olgan jiddiy va ulug'vor, har bir xatti- harakatida o'zining yaxshi hislatlari bilan ajralib turadigan va eng muhimi, erining birini ikki qiladigan-tejamkor, og'ir damlarda unga malham bo'la oladigan mushfiqu mehribon bo'lishi kerak.

Ibn Sino oddiy musulmon sifatida xudo borliliga to'la ishonadi, lekin dunyoda odamlarning ishi faqat toat-ibodat qilish, ro'za tutish, Qur'on o'qishdangina iborat emas, balki ularning fan, ma'rifat bayrog'ini ko'tarib, foydali (savobli) ishlar qilishlari ulug'lanadi. U bilimlarni egallasa, o'shandagina haqiqiy musulmon bo'la oladi, deb ta'kidlaydi.

Mustaqillik sharofati tufayli biz bobimizni yana qaytadin kashf qilmoqdamiz, uning ilmiy merosi har tomonlama chuqur o'rganilmoqda va keng xalq ommasiga etkazilyapti.

M usulmon huquqshunosligida tovarning iste'mol qiymati tan olingan, tovarning qiymati bilan so'ralayotgan baho (bozor narxi) farqlangan. Yirik din peshvosi Bahouddin Naqshbandning «Dil ba yoru, dast ba kor», ya'ni «dil yor (Alloh) bilan, qo'l ish bilan (band bo'lsin)» degan tezisi o'sha davr uchun muhim edi, chunki ilgari xudoga faqat e'tiqod qilishning o'zi kig’oya deb bilingan. Nizomulmulk (1018-1092) «Siyosatnoma» asarida hukmdorlar, amirlar, amaldorlar va qozilarning mansabni suiiste'mol qilishini, soliqlarning og'irligi, davlat mablag'larini saqlash va sarflashda hisob-kitob zarurligini qayd etgan. Saljuqiylar davlati arbobi sifatida iqto'ni tanqid qilgan. Iqto' - o'rta asrlarda O'rta Sharq, shu jumladan O'rta Osiyoda hukmdor tomonidan ayrim shaxslarga katta xizmatlari evaziga in'om qilingan chek er (Temuriylar davlatida suyurg'ol).

XIII asrning boshidan XIV asrning 70-yillarigacha bo'lgan davr bu mo'g'ullar istilosi davri bo'lib, ko'p sohalarda orqaga qaytish (regress) bo'ldi. Ammo bosqinchilar mahalliy xalq urf-odati, madaniyati, tili, dinini, xo'jalik tarzini qabul qilishga va ular bilan aralashib ketishga majbur bo'ldilar. Shu davrda boj, bojxona, bojxona solig'i yuzaga keldi. Hozirgi ruscha «tamojnya» so'zi aslida mo'g'ulcha, keyinchalik turkchadagi «tamg'a» so'zidan olinganligi ma'lum.




Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish