Bog'liq 18 Tabiatda noqulay iqlim xodisalari va ularning qishloq xo’jaligi ekinlariga ta’siri
Tabiatda noqulay iqlim xodisalari va ularning qishloq xo’jaligi ekinlariga ta’siri
Reja:
Reja:
1. Antropogen omilning iqlimga ta’siri
2. Sahroga aylanish jarayoni
3. Ozon qatlamining siyraklashuvi
4. Xulosa
Ob-havo tushunchasi bilan iqlim tushunchasi o‘zaro chambarchas bog‘langan. Biz ob-havo deganda biror joy yoki hudud ustidagi atmosferaning biror aniq vaqtdagi meteorologik kattaliklar majmuasi bilan aniqlanadigan holatini tushunamiz. Ob-havoni tavsiflash uchun havo bosimi, havo harorati va namligi, bulutlik, shamol tezligi va yo‘nalishi, yog‘inlar kabi asosiy meteorologik kattaliklarning biror vaqt paytidagi qiymatlarini bilish kerak.

Iqlim ta’rifini yanada to‘laroq qilib aytsak, iqlim deb biror joyda er yuzasiga tushadigan quyosh radiasiyasiga, taglik sirtning xususiyatlariga va atmosfera sirkulyasiyasiga bog‘liq ravishda yuzaga chiqqan ko‘p yillik ob-havo rejimiga aytiladi. Кo‘pchilik «ob-havo» va «iqlim» tushunchalarini aralashtirib yuboradilar. Bu tushunchalar orasida katta farq bor. Ob-havo yuqorida aytganimizdek berilgan joy ustidagi atmosferaning biror aniq vaqtdagi meteorologik elementlarning majmuasi bilan aniqlanadigan fizik holatidir. Iqlim esa ob-havoning ko‘p yillik rejimi asosida aniqlanadi. Iqlim tabiatga va insonlarning xo‘jalik faoliyatiga ob-havo sharoitlari bilan ta’sir qiladi, turli iqlimli hududlarning ob-havo sharoitlari bir-biridan farq qiladi. Er sharining turli joylarida tabiiy ravishda tarqalgan o‘rmonlarning turlari ham ob-havo sharoitlariga bog‘liq.