Paleozoy (paleozoe)— qadimgi hayot. 340 mln yil davom etgan. Skelet paleontologik solnomani to‘liq b’olishiga imkon bergan. Kembriy: iqlim mo‘tadil, o‘simlik, hayvonlar dengizda tarqalgan. o‘troq, suv oqimi bilan harakatlangan. ikki palla chig‘anoqli, qorinoyoqli, boshoyoqli molluskalar, halqali chuvalchanglar, trilobitlar keng tarqalgan. Umurtqali hayvon — qalqondor baliq yashagan, jag‘ bo‘lmagan. to‘garak og‘izlilar, minogalar, miksinalarning uzoq ajdodi hisoblanadi. Turkiston, Olatog‘, Zarafshon tog‘ tizmalaridan sodda hayvonlar, bulutlar, kovakichlilar, qisqichbaqalar, ko‘k-yashil, yashil suvo‘tlari topilgan. Hisor tog‘ tizmalarida quruqlikda yashovchi o‘simlik sporalari uchrashi aniqlangan. Ordovik: dengizlar sathi ortadi, yashil, qo‘ng‘ir, qizil suvo‘tlari, boshoyoqli, qorinoyoqli molluskalar ortadi. Korall riflarining hosil bo‘lishi avj oladi. Bulutlar, bir-ikki palla chig‘anoqli molluskalar kamayadi. Silur: tog‘ hosil bo‘lish jarayoni kuchayib, quruqlik sathi ortadi. Iqlim quruq. Boshoyoqli molluskalar ko‘p. Davr oxirida qisqichbaqa, chayon rivojlangan. yashil suvo‘tlar yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish tufayli quruqlikka chiqdi. Dastlabki quruqlik o‘simligi-psilofit. Tuproqda zamburug‘ paydo bo‘ldi. Markaziy Osiyoda kuchli vulqon, iqlim iliq, Zarafshon tog‘ tizmasida kovakichli hayvon, past bo‘yli psilofitni toshga tushgan tasviri topilgan. Devon: dengiz sathi kamaydi, quruqlik ortdi. Iqlim mo‘tadil. Dasht, yarim dasht.Dengizlar tog‘ayli baliqlar rivojlanib,
«qalqondor» baliq kamaygan. Suyakli baliq kelib chiqdi. Sayoz havzada ikkiyoqlama nafas oluvchi baliq, panjaqanotli baliq rivojlandi. Panjaqanotli baliq-latimeriya tirik
«qazilma» Janubiy Afrika, Madagaskar. Paporotnik, qirqbo‘g‘im, plaun dastlabki o‘rmon hosil bo‘lgan. Ko‘poyoqli va dastlabki hasharotlar rivojlangan.
Devon davri o‘rtalari panjaqanotli baliqlar quruqlikka chiqqan, suv hamda quruqlikda yashovchi paydo bo’lgan. Toshko‘mir: davr boshida Markaziy Osiyo
hududi suv bilan qoplangan. Davr oxirida Amudaryo va Sirdaryo oralig‘i Orol dengizi o‘rnida, uning sharq tomonida keng quruqlik hosil bo‘lgan. Sporali o‘simlik lepidodendron, plaun, kalamit o‘sgan. Ayrim kalamitlar balandligi 20—25 m. dastlabki ochiq urug‘li kordait uchragan. Toshko‘mir davri iqlim nam, havoda karbonat angidrid ko‘p. Botqoq yer ko‘p uchragan. 40 m ga yetadigan paporotnik, qirqbo‘g‘in, plaun o’sgan.
Ko‘mir qatlami hosil bo‘gan. Suv hamda quruqlikda stegotsefa bo‘lgan. Uchuvchi hasharot- suvarak, ninachi rivojlangan. Perm: davr iqlim quruq va sovuq. suvda hamda quruqlikda yashovchi qirilib ketgan. mayda vakillari yashirinib qolgan. sudraluvchilar sinfi kelib chiqqan. Perm davri Qizilqum, Farg‘ona, Pomir tog‘lari yirik orol va yarimorol bo‘lgan. Kalamit, daraxtsimon kordait, ninabargli o‘simlik. Paleozoy erasi aromorfoz:
Jag‘siz baliq→qalqondor baliq→panjaqanotli baliq→suvda hamda quruqlikda yashovchi→sudralib yuruvchi. O‘simlik quruqlikka chiqib→spora, urug‘ bilan ko‘payuvchi xillari→ochiq urug‘lilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |