ODAM EVOLUTSIYASI
Odam va hayvon gavda tuzilishidagi o‘xshashlik. Har ikkisida kalla suyagi, umurtqa pog‘onasi, qo‘l-oyoq skeleti, uch xil (jag‘, qoziq, kurak) tishlar, quloq suprasi o‘rta quloqda uzangi, bolg‘acha, sandon suyakchalar bor, tana yung bilan qoplangan. Odam va odamsimon maymunlar gavda tuzilishidagi o‘xshashlik. Har ikkisida 12–13 juft qovurg‘alar, 5–6 ta dumg‘aza umurtqasi, qoziq, jag‘ tishlar soni ham bir xil. Dum bo‘lmaydi. Orqa oyoqlarida yuradi. Quloq, ko‘z, teri tuzilishi yaqin. To‘rtta qon guruhi gorilla, shimpanze, orangutangda bor. Odam va shimpanze xromosomalarining nozik ko‘ndalang chiziqlari ham o‘xshash. Bosh biti va gripp, chechak, vabo, qorin tifi bo‘lishi umumiy. Odam va odamsimon maymunlar farqlar. Odam bosh miyasining hajmi 1400–1650 sm3, odamsimon maymunlar 600 sm3. Odam bosh miyasi katta yarim sharlari po‘stlog‘i sathi 1250 sm3 ga teng. Odamsimon maymunlarniki 3,5 marta kichik. Gorilla tanasining umumiy mutanosibligi, panja tuzilishi bilan, shimpanze kalla suyagining tuzilishi, qo‘loyoqlarining katta-kichikligi, orangutang 12 juft qovurg‘asi, gibbon ko‘krak qafasining yassiligi bilan odamga o‘xshab ketsa-da, boshqa belgilari bilan undan keskin farq qiladi. Odamning boshlang‘ich ajdodlari. Maymunlar ikki toifa: keng burunli va tor burunli maymun. 31–35 mln yil muqaddam yer yuzida paydo bo‘lgan. 23 mln yil oldin tor burunli maymunlarit boshli va odamsimon maymun tarmoqqa ajralgan. irsiy o‘zgaruvchanlik, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish ikki tarmoqqa martishkasimonlar va odamga o‘xshash yuksak maymun. Eng qadimgi odamga o‘xshash maymun–pliopitek, driopitek Osiyoda 12 mln yil ilgari yashagan.
odam bilan odamsimon maymun ajralishi 8–4,5 mln yil davom etgan. Driopitekgorilla, shimpanze, orangutanglar kelib chiqqan. Tik yuruvchi maymun avstralopitek.
Janubiy «maymun» avstralopitek (lotincha avstralis – janubiy, pitiekos – maymun). Avstralopitek shakllanishi 8–5 million yil ilgari ro‘y bergan. 3–2,5 mln yil ilgari avstralopitek bir necha tarmoqqa ajralgan. Afar avstralopitekafrika avstralopitek va bahaybat avstralopitek paydo bo‘lgan. Bahaybat avstralopitek qirilib ketgan. Avstralopitek o‘rmon–dasht,ochiq yerlarda yashagan. Bo‘yi 120–140 sm , tanasi massasi 36–55 kg, kalla suyagi hajmi 500–600 sm3. Avstralopitek tos suyagi ikki oyoqlab harakatlanganligidan dalolat beradi. Tayyor tosh, yog‘och qurol yordamida yirik hayvon o‘ldirgan, o‘simlikni tuproq ostidagi piyozlari, tugunaklari, ildizlarini kovlagan. 1960–1970-yillarda Sharqiy Afrikaning 3–2 mln yoshdagi yer qatlamlari homo habilis skeleti, kalla, jag‘ suyagi, toshdan yasalgan qurol topilgan.
«Uquvli odam». Bosh miyasi hajmi 650–680 sm3. Bo‘yi 135–150 sm. Olovdan foydalanishni bilgan, yirik toshdan kulba yasagan. Eng qadimgi odamlar — arxantroplar. 1891-yilda Gollandiya olimi Dyubua Yava orolidan pitekantrop suyak qoldiqlari topgan. Oldinga biroz egilib ikki oyoqda yurgan. Bo‘yi 170 sm, miya hajmi 900–1100 sm3, peshonasi juda qiya, jag‘i oldinga bo‘rtib chiqqan. 1,5–1,9 mln yil oldin yashagan. Toshdan, suyakdan qurol yasagan, olovdan foydalanish bilgan, ibtidoiy jamoa bo‘lib yashagan, muqim turar joyi bo‘lmagan. Sinantrop–xitoy odami suyak qoldiqlari 1927–1937-yillarda Pekin atrofida g‘ordan topilgan. 500–300 ming yil oldin yashagan. Peshonasi past, qosh usti suyagi bo‘rtib chiqqan, pastki jag‘i katta, tishlari yirik, iyagi rivojlanmagan. Miya hajmi 850–1220 sm3. Sinantrop olov yoqishni, saqlashni bilgan. Bo‘yi 150–160 sm. Pitekantrop, sinantropHomo erectus turiga kiradi. Arxantrop o‘lganidan keyin yaqinlarini ko‘mgan, go‘rlarini hayvon shoxlari, tish bilan bezagan.
Qadimgi odamlar. Paleoantrop 0,5–0,6 mln yil oldin yashagan. 1907-yil Germaniyaning
Geydelberg shahri yaqinida iyagi yo‘q katta pastki jag‘ topilgan, tishlari hozirgi odamning tishlariga o‘xshash. 1856-yilda Germaniya Neandr daryosi yaqinida, Yevropa, Afrika, janubiy va sharqiy Osiyo; Surxandaryo viloyati Teshik tosh g‘ori qadimgi odamlar skeleti–kalla, jag‘, oyoq suyaklari topilgan. Obirahmat g‘oridan bundan 90–30 ming yil muqaddam yashagan odamning kalla skeleti topilgan. Bu kalla skeleti tuzilishi bilan neandertal bilan Homo sapiens oralig‘ida. Homo neanderthalensis 250 ming yil ilgari paydo bo‘lgan. Bo‘yi
156–165 sm, muskullari rivojlangan. Muzlik davrida yashagan. Peshonasi nishab, qosh yoylari, iyagi zaif. Umurtqa pog‘onasi bel qismida bukiklik kam. Miyas hajmi 1400 sm3. Nutq rivojlangan. Qurollar tosh va suyaklardan yasalgan. Yovvoyi hayvon ovlangan, terisi shilib, go‘shtlari bo‘lakga bo‘lingan. Imo-ishora, tovush va keyinchalik ma’noli
nutq orqali aloqada bo‘lgan. Neandertal odam Homo sapiens neanderthalensis deb nomlanadi. Hozirgi zamon qiyofasidagi odam–neoantrop. Kromanyon skeleti, kalla suyagi, quroli Fransiyaning janubidagi Kromanyon, keyinchalik Yevropa, Osiyo, Avstraliyadan topilgan. 250–150 ming yil oldin paydo bo‘lgan. Bo‘yi 180 sm, kalla qutisi hajmi 1600 sm3, peshonasi keng bo‘lgan. Iyagining bo‘rtib chiqqan, ma’noli nutq yaxshi
rivojlangan. G‘orlarda yashagan, devorlarga turli bo‘yoqlar bilan ov epizodlari, raqslar, hayvonlar, odamlar tasvirini ishlagan. Shox, suyak, chaqmoq toshdan qurol yasagan. Kromanyon tosh tarashlashni, nayza, o‘q-yoy yasashni bilgan. O‘zlari uchun joy qurgan, kulollik bilan shug‘ullangan. Yovvoyi hayvonni qo‘lga o‘rgatgan, ibtidoiy dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Hozirgi ko‘rinishdagi odam maymundan tarqamagan, Homo erectus rivojlanishidan paydo bo‘lgan.
Siz esdan chiqaradigan organizmlar?
O’simlik
|
Akatsiya Aspidistra Bambuk Baobab Butaguldosh Epifitlar Evkalipt Gledichiya Pixta Hirsutum Herbaceum Bosvoldi Bargi Umrboqi Cho’g’ari Bo’rikalla Zarmiton Ginko biloba Bargizub Agava Repishka Ebalak Lyupin Jo’ka Kalina Skerda Kapalakgul Chetan
|
Do'stlaringiz bilan baham: |