Toshkent yangiyul poligraph service



Download 0,69 Mb.
bet193/211
Sana13.09.2021
Hajmi0,69 Mb.
#172958
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   211
Bog'liq
Kimyoviy texnologiya

Tolani sayqallash. Tola tarkibidan oltingugurtni yo‘qotish uchun ishqoming suyuq eritmasi bilan ishlov berish, so‘ngra qiyin emvchi tuzlarni yo'qotish uchun kislota eritmasi bilan yuvish va nihoyat natriy gipoxlorit bilan oqartirish kabi amallami bajarishdan iboratdir. Shundan so'ng tola oleinli moy bilan moylanadi va 70°C da quritiladi. So‘ngra o‘raladi va kerakli joylargajo'natiladi. Viskoza tolasi 100— 120°C ga va oiganik erituvchilarda chidamli. Ho‘l holda bo‘lganda uning mustahkamligi 40—50 % kamayadi. Viskozadan ipak, shtapel, kord va sun’iy qorako‘1 olinadi.

Asetat tolasi olish uchun xomashyo sifatida asosan paxta chigitidan tola ajratib olingach, chigitda oladigan tuklar ishlatiladi, bunda sellyuloza sirka angidridi bilan asetillanadi. Reaksiya sulfat kislota katalizator ishtirokida boradi va triatsetilsellyuloza olinadi:

[C6H702(0H)3]n+ 3n(CH3C0)20 -> ^[C6H702(0C0CH3)3]n+ 3nCH3COOH Triatsetilsellulozar *

-I ri


p-

Hosil bo‘lgan triatsetilselluloza atsetonda yoki dixlormetan bilan etil spirtining 90:10 nisbatdagi aralashmasida eritilib fileralardan o‘tkaziladi.

Kapron tolasi ishlab chiqarish. Kapron sintetik tola hisoblanadi. U kaprolaktamdan olinadi. Polikaprolaktam kaprolaktamni avtoklav usulida pagonali polimerlash orqali olinadi (118- rasm). Kaprolaktam emallangan qozonda (1) aralashtirgich yordamida, 70—75°C gacha suv bilan qizdirib turib suyuqlantiriladi. Suyuqlanma yumshatilgan suv bilan aralashtiriladi (laktan massasining 10—15 % gacha), suv aktivlovchi rol o'ynaydi. So‘ngra sirka kislota (1 % li) qo‘shiladi. Kislota polimerning molekular massasini boshqarib, to‘g‘rilab turish uchun qo‘shiladi. Eritma filtrdan (2) o‘tkazilib po‘lat avtoklavga (3) yubo­riladi. U yerda polimerlanish jarayoni ketadi. Polimerlanish 1,5 MPa bosimda, 250°C da toza azot atmosferasida olib boriladi. Bunday sharoitda suv tasirida laktan holqa buziladi va aminokapron kislota hosil bo‘ladi. So‘ngra u kaprolaktan bilan birikib dimer, trimer va hokazo polimerlanish darajasi 150—200 hosil bo‘lguncha reaksiya davom etadi.

О

II



CH-CH -c

  1. ^NH+H2O^H2N(CH2)5COOH >

CH2-CH2—CH2

-^H2N(CH2)5CONH(CH2)5COOH^[-HN(CH2)5CO-]n

Polikaprolaktam avtoklavdan azot bilan siqilib suvli vannaga tushadi va qattiq lentasimon ko‘rinishda qotadi, so‘ngra kesuvchi mashina (5) bilan 7—6 mm kattalikda kesib bo'laklanadi va ekstraktor (6) yuboriladi. Ushoqsimon kaprolaktam bo‘laklaiga 95—98°C gacha qizdirilgan yumshoq suv solinib reaksiyaga kirishmagan monomerlar va kichik molekular massali polimerlar ekstraksiyalanib kapron polimeridan ajratib olinadi. So‘ngra kapron ushoqlari yiguruv

mashinasining suyuqlantirgichi (7) da 260—270°C da suyuqlantiriladi. Suyuqlanma dozalovchi nasos (6) yordamida 3—6 MPa bosimda filtr orqali filera (9) ga siqib o‘tkaziladi. Undan ingichka tolachalar suyuqlanmasi shaxta (10) ga o‘tadi va unda sovuq havo oqimida qotib, ipchalaiga aylanadi.

Olingan tola cho'ziladi, yuviladi, qayta o'raladi va moylanadi. Kapron va boshqa sintetik tolalami yigirish tezligi 1500 m/daqiqagacha bo‘ladi. Kaprondan paypoq va trikotaj buyumlari, gazlamalar, og‘ir samolyotlarning shinalariga kord, plyonkalar, yelim, tishli uzatgichlar, naylar, podshipniklar, separatorlar va shu kabi ko‘pgina buyumlar ishlab chiqariladi. Xuddi shunday usulda enant, amid tolalari ham olinadi. Poliamid tolalari yedirilishgajudachidam-ligi, egiluvchanligi, uzilishga o‘ta mustahkamligi, chirimasligi, gigroskopligining kam bo‘lishi bilan ajralib turadi.

Nitron tolasi ishlab chiqarish. Nitron tolasi ishlab chiqarish uchta texnologik sexni: polimerlash, erituvchini regeneratsiyalash, yigiruv-pardozlash sexlarini o‘z ichiga oladi. Polimerlash sexida yigiruv eritmasi olinadi. Uni akrilo-nitril, metilakrilat va itakon kislotasini natriy rodanid eritmasida sopolimerlash usuli bilan hosil qilinadi. Polimerlash sexi tarkibiga: aralashtirish, polimerlash, demono- merlash, filtrlash, jilosizlash (yaltiramaydigan qilish), deaerat- siyalash bo‘limlari kiradi.

Polimerlash sexining qurilmalari har binning mahsuldorligi tayyor tolaga hisoblaganda 50 t/sutka, yigiruv eritmasiga nisbatan hisoblaganda esa 400 t/sutkaga teng bo‘lgan ikkita texnologik liniyaga bo‘lingan. Yigurnv eritmasi texnologik liniyalaming har birida alohida- alohida mustaqil to'xtovsiz hosil qilinib turiladi.

Nitron tolasi ishlab chiqarishning nazariy asoslari. Polimerlash sexida polimer hosil qilish jarayoni suvli muhitda sopolimerlash usuli bilan amalga oshiriladi. Bunda natriy rodanidning suvdagi eritmasida (erituvchida) akrilonitril, metilakrilat va itakon kislotalarining aralashmalari tezlatuvchi va turg‘unlovchilar ishtirokida sopolimerlanadilar. Sopolimerlar havosizlantiriladi, filtrlanadi va tiniq yaltiroq yigiruv eritmaga aylantiriladi.

Akrilonitril metilakrilat va natriy itokonatlaming polimerlanishi, massa ulushi 51,5 % bo‘lgan natriy rodanidning suvdagi eritmasida olib boriladi. Rodanid eritmasi ham monomerlarni, ham hosil qilingan polimerlaming erituvchisi hisoblanadi.

Polimeming hosil bo‘lish mexanizmi radikal tabiatga ega bo‘lib, bir necha bosqichlardan iboratdir: a) tezlatuvchi — initsiatoming (parofor) parchalanishidan erkin radikallarning hosil bo‘lishi:

KIMYOVIY TEXNOLOGIYANING UMUMIY TUSHUNCHALARI 5


Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish