Toshkent yangiyul poligraph service


§. Kimyoviy tolalar ishlab chiqarish



Download 0,69 Mb.
bet191/211
Sana13.09.2021
Hajmi0,69 Mb.
#172958
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   211
Bog'liq
Kimyoviy texnologiya

§. Kimyoviy tolalar ishlab chiqarish

Uzunligi ko‘ndalang kesimidan bir necha marta katta bo‘lgan moddalar tola deyiladi. Tolaning kundalang kesimi juda kichik bo'lib u mikronlarda o'lchanadi. Kelib chiqishiga qarab, tolalar tabiiy va kimyoviy tolalaiga bo‘linadi. Tabiiy tolalaiga paxta, jun, kanop, zig'ir tolasi, ipak va boshqalar kiradi. Kimyoviy tolalar sun’iy va sintetik bo‘ladi. Sun’iy tolalar tabiiysini kimyoviy qayta ishlov berish bilan olinadi, (asosan sellyulozadan olinadi). Masalan, viskoza, mis- ammiakli, atsetatli, oqsilli, algenatli (dengiz suv o‘tlaridan ajratib olinadigan algin kislota asosidagi tola) va boshqa sintetik tolalar tabiiy bo‘lmagan monomerlardan sintez qilib olinadi. Masalan, kapron, neylon, anid, nitron, lavsan va hokazolar.

Kimyoviy tolalarni kiyim-kechaklarda tayyorlashda va texnik maqsadlarda keng ishlatilishi, ularga bo‘lgan talabning kun sayin oshib borayotganligining sababi ularning xomashyosi amalda bitmas

tuganmasligidir, ularni ishlab chiqarish iqtisodiy jihatdan arzonligi, tabiiy tolalar kabi tuproq unumdorligi, iqlim sharoitlarga bog'liq bo‘lmaganligi, ularda tabiiy tolalarda bo‘lmagan ayrim muhim xossalarining mavjudligi, ishlatish sohasiga va xohishiga qarab tolaga kerakli xossani berish imkoniyatining mavjudligi kabilardir. Masalan, 11. jun ishlab chiqarish uchun 400, paxta uchun 238, viskoza uchun 50 mehnat kuchi sarflanadi.

Ko‘pgina kimyoviy tolalar agressiv kimyoviy reaktivlarga, nur va suv ta’siriga chidamli, chirimaydi, mikroorganizmlar ta’sir etmaydi. Ulardan keng iste’mol tovarlari tayyorlanadi. Kimyoviy tola ishlab chiqarish texnologiyasi qanday xomashyodan olinishidan qat’iy nazar 4 bosqichdan: dastlabki (xom) polimer olish , yigiruv mahsulotini tayyorlash, tolaga shakl berish, pardozlash bosqichlaridan iborat.

Dastlabki (xom) polimerning olinishi. Xomashyo tabiiy polimer bo‘lsa, uni qo‘shimchalardan taxminiy tozalanadi. Monomer bo‘Isa, polimer sintezlanadi, smola olinadi. Bunda qanday xomashyodan foydalanishdan qat’iy nazar olinadigan polimerga quyidagi umumiy talablar qo'yiladi: 1. To‘g‘ri chiziqli tuzilishga ega bo'lgan polimer olish. Shundagina uni eritish yoki suyuqlantirish hamda tola yo‘nalishini tartibga solish mumkin. 2. Polimerning molekular massasini ma’lum darajada saqlash (odatda 15 000—100 000 atrofida). Agar mol massasi bundan kichik bo'lsa, undan olingan tola mustah­kam bo‘lmaydi, aksincha katta bo‘lsa, uning eritmasi yoki suyuqlanmasining oquvchanligi kamayib, yopishqoq bo'ladi va tolaga shakl berish qiyinlashadi. 3. Olingan polimer juda toza bo'lishi kerak, aks holda hatto ozgina begona aralashma ham tola mustahkamligi va sifatini pasaytiradi.

Yiguruv mahsulotlarini tayyorlash. Buning uchun polimer erituvchilarda (ishqor, spirt, atseton, dimetilformamid va boshqalar) eritilib, 7-25% li eritma tayyorlanadi yoki suyuqlantiriladi. Chunki tola faqat eritma yoki suyuqlanma holatida bo'lganida, unga shakl berilganida tola makromolekulasi uning uzunasi bo‘ylab oriyentatsiyalana oladi, polimer makromolekeulasidagi ichki o‘zaro ta’sir kuchlari kamayadi. Eritma yoki suyuqlanma 2—4 marta filtrlanib qo'shimchalardan tozalanadi, vakuumlash orqali havo pufakchalari yo‘qotiladi, aks holda shakl berish paytida tola iplarining uzilishiga sabab bo'lishi mumkin. Zaruriyatga qarab, yiguruv mahsulotiga bo‘yoqlar, oqartirgichlar va boshqa birikmalar qo‘shiladi.

Tolaga shakl berish. Yiguruv mahsulotini katta bosimda fileralardan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Filerada (ip hosil qiluvchi kadaqsimon idish) 100 dan 600 tagacha, xatto undan ham ko'proq, diametri 0,06—0,5 mm, bo'lgan mayda teshikchalari bo'ladi, tola iplarinig bir-biriga yopishish xossasini ko‘paytirish uchun teshiklami ko‘pincha aylana shaklida emas, balki yulduzcha, uchburchak va boshqa shakllarda qilinadi. Fileralar xromnikelli po‘latdan, tantaldan, platina-iridiy, platina-oltin qotishmalardan yasaladi.

Fileradan siqib chiqarilgan polimerning ingichka oqimi, (ipi) yiguruv mahsulotining tipiga qarab 3 xil usulda qotiriladi: 1. Ho‘l yigirish usuli, bunda fileradan chiqqan ip cho‘ktirish vannasiga tushadi, u yerda kaogulyatorlar bilan kimyoviy tasirga uchrab tola qotadi (viskoza, mis-ammiakli tolalar). 2. Eritmadan quruq yigirish usuli bilan qotirish. Bunda issiq havo oqimida uchuvchan erituvchining bug‘lanib ketishi tufayli ip hosil bo‘ladi (atsetat tolasi, nitron, vinol va boshqalar) 3. Suyuqlanmani quruq yigirish usulida sovuq havo oqimi bilan polimer suyuqlanmasining ingichka oqimi sovib qotadi.

Qotgan ingichka tolalar to‘plami to'xtovsiz tola qabul qiluvchi

qurilmaga o‘tadi va u yerda o‘ruvchi moslamalar (babina, rolik, sentrifuga) yordamida ko‘p martalab cho‘ziladi. Cho'zish bosqichida tola makromoleku- lasining uzunasiga oriyentat- siyalanishi davom etadi, ya’ni tola molekulalari uzunasiga tartibli tuzilib qoladi (115- rasm), natijada molekulalararo bog'lanishning ortishi hisobiga tolaning mustah- kamligi ortadi.


Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish