Polikondensatlanish polimerlari va ular asosida olinadigan plastmassalar.
Polikondensatlanish polimerlari (smolasi) ishlab chiqarishda: fenolaldegidli, aminoaldegidli poliefirli, poliamidli va boshqa xillari ko‘p ishlatildai. Ulaming bazilari termoplastik bo‘lsa, ba’zilari termoreaktivdir. Harorat ko‘tarilishi bilan ulaming fizik-kimyoviy xossalari, polimerlanish smolalariga nisbatan kam o'zgaradi.
Aldegidli smolalar olish uchun: fenollar, krezollar, ksilenollar, anilin, melanin, mochevina, tiamochevina va aldegidlardan (formal- degid, asetaldegid, furfural) foydalaniladi. Poliefir smolalar, glitserin va ikki asosli kislotalar ftal, fumar va adipin kislotalaridan tayyorlanadi. Epoksid smolalari uchun epixlorgidrin va difenilopropanlar xomashyo hisoblanadi. Kremniy organik polimerla dixlor yoki trixlorsilanlar va tegishli efirlardan sintezlanadi. Ushbu xomashyo- laming qariyb barchasini neftkimyo kombinatlari yetkazib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |