Toshkent yangiyul poligraph service



Download 0,69 Mb.
bet183/211
Sana13.09.2021
Hajmi0,69 Mb.
#172958
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   211
Bog'liq
Kimyoviy texnologiya

Bug1 fazali kreking kichikroq bosim va 600—630°C da haroratda yuqori oq tanli benzin olish maqsadida olib boriladi. Bunda ligroinli fraksiya ishlatiladi. Bug‘ fazali krekingda benzin bilan bir katorda ko‘p miqdorda qimmatli neft kimyo xomashyosi hisoblangan, tar­kibida to‘yinmagan uglevodorodlari ko‘p bo‘lgan gazlar ham olinadi.

  • Proliz — bu yuqori haroratli kreking bo‘lib, asosan etilen va boshqa to‘yinmagan uglevodorodlami olish uchun ishlatiladigan xomashyoning turiga qarab (tabiiy gaz, gaz kondensati, kerosin,

    gazoyil, ligroin) keng oraliqdagi haroratda (600-1200°C) amalda 670—720°C larda va atmosfera bosimida ligroinli yoki kerosinli fraksiyalarning chuqur parchalanishi hamda ikkilamchi jarayonlar natijasida xomashyoning xossasiga nisbatan 50 % gacha unum bilan gaz (tarkibida 30 % alkanlar saqlaydi) va 45—47 % moy olinadi. Moyni rektifikatsiyalab 20% benzol, 16 % toluol va 2 % kselol olinadi va ular qayta tozalangach individual modda sifatida foydaniladi.

    Kokslash-neft qoldiqlari mazut, kreking-qoldiq, gudronlarni 450—500°Cda havosiz joyda termik parchalash jarayoni bo‘lib, uning natijasida qo‘shimcha yoqilg‘i foydaniladigan kulsiz (yonganda kul hosil qilmaydigan) koks olinadi.

    > Katalitik jarayonlar bugungi kunda neft mahsulotlarini krekinglab oktan soni yuqori bo‘lgan va turli organik sintezlarda keng foydalanilayotgan gazlaming olish usullari ning orasida asosiy o‘rinni egallaydi. Katalitik jarayonlar termik jarayonlarda katta tezlikda nisbatan pastroq haroratda va pastroq bosimda boradi hamda u oltingugurtli neftlami ham qayta ishlashga imkon beradi. Katalizator sifatida g‘ovak tashuvchilarga (moddalarga) shimdirilgan holda sintetik alumo- silikatlar, platina, molibden oksidlari va xrom ishlatiladi.

    Katalitik kreking bu tipik geterogen katalizdir: dastlabki moddalaming gaz fazadan katalizator sirtiga diffuziyalanishi, oraiiq kompleks hosil qilish bilan sirtida xemosorbsiyalanishi, kimyoviy reaksiya va kreking mahsulotlarining katalizator sirtidan desorbsiyalanishi va ularning gaz fazaga diffuziyalanishi kabi ketma- ketlik tartibda boradi. Shuning uchun ham foydalaniladigan katalizatorlarning sirti katta bo‘lishi (~700m2/g), yaxshi regeneratsiyalanish xossasiga ega bo‘lishi, oltingugurt birikmalariga chidamli bo‘lmog‘i hamda mexanik mustahkam bo‘lishi lozim. Katalizator sirtida boruvchi kimyoviy jarayonlar ion xarakteriga ega. Bir vaqtning o‘zida katalizatordan tashqarida harorat ta’sirida zanjirli radikalli jarayonlar ham boradi, ammo sust ketadi.

    Katalitik kreking sharoitiga eng chidamli bo‘lgan birikmalar normal tuzilishli parafinlar va almashmagan aromatik uglevodo- rodlardir. Olefinlar, naftenlar va uzun zanjirli yon o‘rinbosarlari bo‘lgan aromatik uglevodorodlar chidamsiz bo‘lib, ular birinchi bo‘lib kiekinga uchraydilar. Uzun yon zanjirli aromatik uglevodorodlar oddiy aromatik birikmalar va olefinlarga parchalanadilar.

    Kondensirlangan aromatik birikmalar o‘rinbosarlarining yo‘qotadi va yanada zichlashib koks hosil qiladi. Naftenli uglevodorodlar katalizator sirtida degidrogenlanadi va yon zanjiming uzilishi hamda xalqaning ochilishi bilan C-C bog‘ uzilib parchalanadi. Polisiklik naftenlar yon o‘rinbosarlar uzilgandan so‘ng oddiy aromatik uglevodorodlar hosil qiladi-yu, ammo qisman zichlanib, mahsulot sifatida katalizator sirtida qoladi.

    Kreking natijasida hosil bo‘lgan olefinlar C-C bog‘dan uzilib parchalanadilar, izomerlanadilar, polimerlanadilar, gidrogen- lanadilar, xalqali uglevodorodlarga aylanib, degidrogenlanadilarda va aromatik birikmalar hosil qiladilar. Kataliz sharoitida olefinlaming gidrogenlarning jarayoni katta ahamiyatga ega, chunki bunda darhol tarkibida kam olefin saqlovchi turg‘un benzin hosil bo‘ladi. Parafin uglevodorodlar katalizator sirtida parchalanadi va izomerlanadilar.

    n/ Demak, katalizatorda krekinglashning muhim o‘ziga xos tomoni shundaki, bunda tarkibida oktan sonini 98 gacha yetkazuvchi tarmoqlangan zanjirli to‘yingan uglevodorodlar hamda aromatik uglevodorodlar saqlovchi yengil mator yoqilg‘isi - benzin olinadj^ Kreking jarayonida alumosilikatli katalizatoming sirtida qattiq koks o‘tirib qolish sababli uning aktivligi tezda pasayadi. Katalizator aktivligini qayta tiklash uchun unga 550-600°C da havo purkash orqali regineratsiyalaydilar. Katalizator sirtini koplab olgan koksning yonishi natijasida bir tomondan katalizator qaysi aktiv holga o‘tsa (regineratsiyalansa) ikkinchi tomondan u qiziydi va regeneratordan reaktorga issiqlik olib o‘tish vazifasini ham bajaradi.

    Sanoatda katalitik kreking katalizator qavatining holati bilan farq qiluvchi uch tipdagi qurilmalarda amalga oshiriladi; zarrachalari muallaq osilib turuvchi katalizator qavati yoki qaynovchi qavatli va kukunsimon katolizatoming muallaq zarrachalari oqimi tipida ishlashi bilan ular bir-biridan farq qiladi. Katalitik kreking 0,05-0,1 MPa bosimda 450-500°C da bug‘ fazada alyumosilikatli katalizator ishtirokida amalga oshiriladi.

    99- rasmda harakat qilib turuvchi katalizatorli kreking sxemasi berilgan. Xomashyo quvursimon pechda (1) 350—360°C gacha qizdiriladi va reaktorga boradi. Reaktorga regeneratordan (8) 550— 600°C haroratgacha qizigan katalizator ham kelib tushadi. Kataliza­tor zarrachalari og‘irlik kuchi hisobiga reaktoming yuqorisidan

    pastigacha tushadi, xomashyoni krekingga uchratadi hamda reaktorda o‘z issiqligini o‘tkazishi hisobiga haroratni 450—500°C da saqlab turadi. Katalizator regeneratorga (8) borishdan oldin sirtidagi yengil uglevorodlarni desorbsiyalanishini kuchay-tirish uchun bug‘ bilan ishlov beriladi.

    Kreking mahsulotlari reaktordan (5) chiqib, gaz va benzin fraksiyalarini bir-biridan ajratish uchun rektifikatsiya kolonnasiga yuboriladi. Regeneratoiga (8) havo puflagich yordamida katalizator sirtiga yopishib qolgan koksni yonish uchun to‘xtovsiz havo berilib turiladi. Regeneratorda hosil bo‘lgan tutun gazlari bug* olish maqsadida utilizator qozoniga yuboriladi. Regeneratsiyalagan katalizator siqilgan havo yordamida tushuvchi qurilmaga tushadi, u yerdan havo puflagichdan siqilgan havo yordamida quvur orqali regeneratorga o‘tadi.


    Download 0,69 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   211




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish