SAXOVATLI FASL
KUZ
Shukur Sa’dulla
G‘ir-g‘ir shamol yeladi,
Buni hamma biladi.
O‘giradi yelga yuz:
– Marhamat! Kel, oltin kuz!
Maktab borar qiz-o‘g‘il,
Qo‘lda kitob hamda gul.
Oltin oqar daladan,
Tong yorishgan palladan.
Quyosh tushar taftidan,
Qo‘rqib qishning aftidan.
Sarg‘ayadi ko‘katlar,
Barg to‘kadi daraxtlar.
Hosil yig‘ib olinar,
Qishga zamin solinar.
1. «Quyosh tushar taftidan», «Qishga zamin solinar»
misralarining ma’nosini izohlang.
2. Shoir kuzning o‘ziga xos xususiyatlarini tabiatdagi
qanday o‘zgarishlar misolida ta’riflaydi?
20
QOVUN SAYLI
Shukur Sa’dulla
I
Tog‘am har safar:
– Qovun poliziga boringlar, handalak so‘yib bera man! –
derdi. Gohida kichik, hidli handalakchalar olib kelardi.
Biram hidi yaxshi bo‘lardiki, kun bo‘yi qo‘ynimizga solib,
hidlab yurardik. Koptokka o‘xshash bejirim, serto‘r edi.
Bir kuni u mashinada keldi-da:
– Bo‘linglar, qovun polizga boramiz! – dedi.
Men, Hasan, Husan, Fotima, Zuhralar mashinaga chi-
qib oldik. Paxtazorlarni yoqalab o‘tib, cho‘lga chiqdik.
Shunday cho‘lga chiqishimiz bilan qovun poliziga kirdik.
Biram katta dalaki, u yog‘ini ko‘rib bo‘lmaydi. Uzun-uzun
pushtalarda katta-katta olachipor tarvuzlar dumalab yotib
-
di. Ko‘m-ko‘k palaklar ichida sarg‘ayib qovunlar ko‘rinadi.
Biram ko‘pki!
Poliz oralab bejirim chaylaga kirdik. Ichi salqin ekan.
Tog‘am dasturxon yozdilar. Hasan choydishga o‘t yoqqani
o‘choq boshiga chiqdi.
Chaylada yangi uzilgan umrboqi, ko‘kalapish, doniyor
qovunlar, qo‘zivoy tarvuzlar dumalab yotibdi.
Tog‘am qovunlarni chertib ko‘rdi-da, sarasini tanlab
so‘ydi. Birpasda katta «kosa» qilib, oldimizga qo‘ydi.
Bir karjini olib og‘zimga solsam bormi – shundoqqi
-
na eridi-ketdi, biram shirin ekanki, tilni yoray deydi. Bir
kosasini paqqos tushirdim-da, bir burda non bilan shirin
sharbat suvini qirib ichdim. Kech bo‘ldi. Oy chiqdi. Cho‘l
osmonini tomosha qilib yotdik.
21
– Quloq solinglar! – dedi tog‘am. «Chirt-chirt» etgan
allaqanday ovoz eshitildi. Bo‘y cho‘zib qaradim, birov
qovunlarni uzayotganga o‘xshadi...
– Qovunlar dum beryapti, – dedi tog‘am turib. Keyin
dum bergan qovunlarni ko‘tarib chiqdi. Bora-bora tun
salqini tushdi. Chirillagan ovoz polizni tutdi.
– Ertaga qovun uzamiz, yordamlashasizlar! – dedi to-
g‘am. Qachon tong otar ekan, deb osmonga tikilib yotdik...
– Qani, tura qolinglar, choy sovib qoldi, – dedi
tog‘am.
Ko‘zimizni ochsak, tong otib qolibdi. Tog‘am choy-non
qo‘yibdi. Tez yuvindig-u choy ichdik, non yedik.
– Qani, azamatlar, qovunlarni yig‘inglar! – dedi
tog‘am.
1. Matnda tilga olingan qovun navlarini daftaringizga
yozing.
II
Bir vaqt yo‘lni changitib, qatoriga uch mashina keldi.
Ularda ancha amakilar bor ekan.
– Hosilga baraka! – deb qichqirishdi ular bizlarni
ko‘rib. Keyin yaqin kelib, hayron qolishdi. Yengimni shi
-
marib – men, paykalda Hasan, Husan, uchalamiz zap
-
tiga olib, atayin katta-katta qovunlarni inqillab polizdan
ko‘tarib chiqdik.
– E-ha, qaysi ilg‘orlar desam, azamat bolalarimiz
ekan-ku, hormanglar! – dedi kelganlarning eng kattasi.
– Bor bo‘linglar! – dedik.
Qarasak, rais bobo. O‘zini katta olmay, kelib
qo‘limizni siqib ko‘rishdi.
22
– Qovun sayliga keldik. Qani, mehmon qilinglar! –
dedi u.
– O‘zingiz tanlang, rais bobo! Qovun saylida har
kim o‘zi tanlab yeydi, – dedim tog‘amdan eshitgan
gapni takrorlab. Rais va sheriklari ma’noli kuldi:
– Xo‘p-xo‘p. Ma’qul gap. Qani, yigitlar, qovun tanlang!
Rais va sheriklari bittadan serto‘r, og‘ir qovun tan
-
lab, chaylaga kirishdi. Yonlaridan pichoq olib, qovunlarni
birma-bir so‘yib yeya boshlashdi.
– Mening qovunim shirin, – dedi rais.
– Garov o‘ynaymiz, – dedi Ali polvon bir tilim qo
-
vunni bir tishlashda simirib yeb.
Rais unga bir tilim qovun tutdi.
– Xo‘sh, qalay ekan, – dedi rais uning qovunini
tatigan Ali polvonga.
– Meniki shirin, – dedi Ali polvon.
– Tushingizni suvga ayting, – dedi rais o‘zining qo
-
vunini maqtab.
– Qovun emas, asal-ku bu!
Boshqalar qo‘shilib, bahs qizib ketdi.
– Qani, bolam, beri kel, – dedi rais, – tatib ko‘r-
chi, kimniki shirin ekan. Sen nima desang shu!
Hasan tatib ko‘rdi, Husan tatib ko‘rdi, men tatib
ko‘rdim:
– Ikkovingizniki ham bir-biridan qolishmaydi.
– Ah, – dedi rais tizzasiga urib va qah-qah urib
kulib yubordi. – Obbo sizlar-ey...
Raisga qo‘shilib boshqalar ham kulishdi, maqtashdi.
– Hoy, toshkentlik bola, bizda qolaqol, shu polizga
seni katta qilib qo‘yaman! – dedi rais hazillashib.
– Katta bo‘lay, sizning o‘rningizni olaman! – deb
men ham hazillashdim.
23
Hamma qotib-qotib kuldi.
– Obbo azamatlar-ey... Xo‘p, xo‘p. Biz qarib qolyapmiz.
Tezroq ulg‘ay, jiyan, – dedi rais. Keyin ilova qildi: –
Qani, qovunlarni ortinglar!
Qovun-tarvuzlarni mashinalarga ortdik.
1. Hikoya nima uchun «Qovun sayli» deb nomlangan?
2. Qovun sayli qachon bo‘ladi?
3. Qovunlarning qanday turlarini bilasiz?
DEHQON
Sulaymon Rahmon
Dehqon desam, ko‘z o‘ngimda
Jonlanadi saxiy inson.
Dehqon desam, ko‘z o‘ngimda
Yashnab turar bog‘-u bo‘ston.
Jonlanadi, dehqon desam,
Sahrolarda kulgan bahor.
Ko‘z o‘ngimda: saxiy g‘o‘zam,
Savat-savat olma-anor.
Ko‘z o‘ngimda tonggi gullar
Dehqon desam, ko‘z o‘ngimda
Namoyondir yoz quyoshi.
Unga ixlos ko‘p ko‘nglimda
Dehqon – go‘yo Yer naqqoshi!
1. Shoir dehqonni qanday so‘zlar bilan ulug‘laydi?
2. Naqqosh bilan yer naqqoshi – dehqon o‘rtasida qan
-
day o‘xshashlik borligini izohlang.
24
Do'stlaringiz bilan baham: |