Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/81
Sana16.01.2022
Hajmi3,81 Mb.
#370711
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81
Bog'liq
O'qish kitobi. 4-sinf (2017, S.Matchonov, A.Shojalilov) (1)

NIHOLLARNING NOLASI
Xudoyberdi  To‘xtaboyev
Shaharda 
ko‘kalamzorlashtirish 
oyligi 
bo‘lib 
o‘tgandi.  Shu  oylik  davomida  ko‘chalar  chekkasiga, 
ariqlarning  bo‘yiga,  xiyobonlarga  naq  uch  yuz  ming
-
ga  yaqin  mevali  va  manzarali  ko‘chatlar  o‘tqazishdi. 
Qiyqirishib  ko‘chat  ekkan  o‘quvchilar  biri  ketmoni
-
ni  asfalt  yo‘lda  darangla tib  sudrab,  biri  belkurakni 
yelkasiga  teskari  qo‘yib,  yana  bittasi  bo‘sh  chelakni 
childirma  qilib  chalib  jo‘nab  ke tishgach,  chinorlar  bir-
birlariga  ma’noli  qarab  qolishdi.
Ertalab  quyosh  chiqishi  bilan  ikki  yuz  niholcha 
bir dan  uyg‘onib  yengil-yengil  chayqalishib,  bir-birlari
-
ga  salom  bergandek  bo‘lishdi,  so‘ngra  tunlari  qanday 
o‘tganligini  ayta  boshlashdi.
–  Mening  tomirchalarim  tuni  bilan  suv  axtarib  chi
-
qishdi,  –  dedi  bitta  nozikkina  niholcha.
–  Men  bo‘lsam  tanam-u  shoxchalarim  bilan  shab
-
nam  so‘rdim,  –  dedi  boshqasi.
–  Men  yo‘lda  karaxt  bo‘lib  qolgan  ekanman,  hali-
yam  o‘zimga  kelolmayapman,  –  deb  qo‘ydi  uchinchisi...
Nihollar  bolalar  suv  to‘la  chelaklarini  ko‘tarib,  bir-
birlarini  quvlashib,  qiyqirishib  kelib  qolishar,  deb  ku-
tishdi.
Nihollar  sabr-u  bardoshlari  zo‘r,  ancha-muncha  qi
-
yinchilikka  parvo  qilmaydigan,  quyosh  taftiga,  suvsiz
-
likka  o‘rgatilgan  edi. 
Bir  kuni  quyosh  haddan  tashqari  qizdirib  yubordi, 
o‘zi  to‘kayotgan  mo‘l-ko‘l  harorat  evaziga  niholcha
-
larning  barg-u  shoxchalaridagi  eng  so‘nggi  namlikni 
ham  so‘rib  ola  boshladi.


209
Niholchalar  birdaniga:  «Suv!!!»  –  deb  baqirishga  tu  -
shishdi.  Qaddi-qomati  kelishgan  novcha  niholcha  to‘-
satdan  qo‘rqib  ketdi:  yo‘q,  o‘zi  uchun  emas!  Mayda 
niholchalarga  –  ukalariga  achinib  ketdi.  Bobokalonlari 
ayt gan  suv  uchun,  ozuqa  uchun  bo‘ladigan  janglar-
ning  eng  og‘ir  pallasi  boshlanganga  o‘xshaydi.  Bun
-
day  paytlarda  odamlar  yordamga  kelishmasa,  nozik 
niholchalar ning  ko‘pchiligi  nobud  bo‘lib  ketishi  mumkin-
ku,  axir!  Nahotki,  nahotki  shunday  bo‘lsa!  Axir  ular 
tog‘  bag‘ridagi  sersuv,  bahavo  adirlarda  maza  qilib 
o‘sishayotgan  edi,  o‘z  hollariga  qo‘yib  berishganda, 
bu  yerlarga  majburan  ko‘chirib  ke lishmaganda,  qanday 
soz  bo‘lardi-ya!
–  Suv!!!  –  degan  faryod  ham
-
mayoqni  qoplab  ketgandek  bo‘ldi 
yana.  Novcha  niholcha  shoshib 
qoldi,  nima  qilishini,  bir  tomchi 
suvga  zor  bo‘lib  jon  bera yotgan 
nozik  niholchalarga  qanday  yor
-
dam  berishni  bil masdi  u.
Ertasiga  ertalab  niholchalarning 
ko‘plari  uyg‘onmadi,  tungi  shab
-
namga yetolmay namozgar pal-
lasidagi  dimlikda  birin-ketin  nobud 
bo‘lishgan  ekan...
Qaddi-qomati  kelishgan  novcha  niholcha  bu  judo
-
likdan  dahshatga  tushdi-yu,  lekin  o‘zini  yo‘qotmadi. 
«Yo‘q,  –  deya  chayqalib  ketdi  novcha  niholcha,  – 
men  o‘lmasligim  kerak,  men  yashayman,  yashay
-
man!»
–  Suv!  –  deb  chinqirib  yubordi...


210
Ko‘chadan  shoshilib  mashina lar  o‘tib  borardi.  Chol
-
lar,  kampirlar  o‘tyapti.  Yigitlar,  qizlar  o‘tyapti.  Bolalar, 
qizchalar  o‘tyapti...
Novcha  niholcha  hamon  ajal  bilan  olishib  yotib
-
di.  U  kimdandir  yordam  kutgandek  jovdirab  atrofiga 
qaray  boshladi.  «Meni  bu  yerga  ekib,  ketmonini  as
-
faltda  daranglatib  sudrab  ketgan  bolalar  kelib  qol
-
masmikan»,  –  deb  yana  bir  bor  ko‘cha  boshiga 
ko‘z  tashladi,  yomg‘ir  tomchilaridan  umidvor  bo‘lib, 
bulut  bo‘lmasa  ham  ko‘kka  tikilib,  uzoq  qotib  turdi... 
Qaddi-qomati  kelishgan  novcha  niholcha  asta-sekin 
o‘zidan  ketib,  allaqanday  sehrli  xayolot  nash’asi  bi
-
lan  mast  bo‘la  boshladi,  keyin  o‘sha  kun  –  haddan 
tashqari  qizdirib  yuborgan  19-iyun  kuni  kunduz  soat 
oltilarda  jon  berdi.
1.  Nihollar  nima  uchun  nola  chekishdi?
2.  «Nola  chekdi»  iborasini  qanday  tushunasiz?

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish