Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/81
Sana16.01.2022
Hajmi3,81 Mb.
#370711
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   81
Bog'liq
O'qish kitobi. 4-sinf (2017, S.Matchonov, A.Shojalilov) (1)

GULLIVERNING SAYOHATLARI
Jonatan  Svift 
Gulliver  uyg‘onganida  hammayoq  yop-yorug‘  edi. 
U  chalqanchasiga  yotgani  uchun  oftob  uning  yuziga 
tushib  turardi.  U  ko‘zini  uqalamoqchi  bo‘lgan  edi, 
qo‘llarini  ko‘tara  olmadi,  turib  o‘tirmoqchi  bo‘lgan  edi, 
qimirlay  olmadi.  Uning  qo‘ltiqlaridan  ikkala  tizzasi-
gacha  butun  badani  chilvirlar  bilan  chandilgan,  qo‘l-
oyoqlari  ustiga  esa  chilvirdan  qilingan  to‘r  tarang 
tortilgan,  har  bir  barmog‘i  chilvirlar  bilan  mahkam 
bog‘langan  edi.  Gulliverning  uzun  va  quyuq  sochlari 
ham  yerga  qoqilgan  qoziqchalarga  bog‘lab  qo‘yilgan  va 
chilvirlar  bilan  chandib  tashlangan  edi.  Gulliver  xuddi 
to‘rga  tushgan  baliqqa  o‘xshardi.  «Hali  ham  uyquda 
ekanman»,  –  deb  o‘yladi  u.
Shu  choq  oyog‘i  ustida  allanima  xuddi  sichqon 
singari  pildirab  yura  boshladi.  Hash-pash  deguncha 
bu  narsa  Gulliverning  qorniga  chiqib  olib,  undan 
ko‘kragida  sekin-sekin  emaklab  yurdi  va  iyagiga  chiqa 
boshladi.  Gulliver  «Bu  nima  ekan?»  degandek,  ko‘z 


196
qirini  soldi.  Ajabo,  bu  nima  o‘zi?  Uning  xuddi  iyagi 
oldida  kichkinagina  odamcha,  qo‘l-oyoqli  chinakam 
odamcha  turibdi!  Boshida  yaltiroq  qalpog‘i,  qo‘lida 
kamalagi  bilan  o‘qi,  orqasida  sadog‘i  bor.  Lekin  bu 
odamcha  bodringdan  katta  emasdi.  Bundaylarning 
beshtasi 
Gulliverning 
kaftiga 
bemalol 
joylasha 
olardi.  Birinchi  odamcha  ketidan  yana  shunaqa  jimit 
merganchalardan 
qirqtachasi 
Gulliverning 
ustiga 
chiqib  oldi.  Gulliver  hayronlikdan  qichqirib  yubordi. 
Odamchalar  hovliqib-oshiqib,  tum-taraqay  qochishdi. 
Ular  qochib  ketayotganlarida  qoqilib  yiqildilar  va 
o‘rinlaridan  turib,  o‘zlarini  birin-ketin  yerga  otdilar.
Ikki-uch  daqiqa  hech  kim  Gulliverga  yaqin  kelmadi. 
Faqatgina 
uning 
qulog‘iga 
xuddi 
chigirtkalarning 
chirillashiga  o‘xshash  tovush  eshitilib  turdi.  Lekin 
odamchalar  tezda  yana  dadillanib,  Gulliverning  oyoqlariga 
o‘rmalab  chiqa  boshladilar.  Ulardan  eng  jasuri  esa 
Gulliverning  betiga  tirmashib  chiqib,  uning  iyagiga  nayza 
bilan  bir  turtdi  hamda  ingichka  va  aniq  ovoz  bilan:
–  Gekina  degul!  –  deb  qichqirdi.
–  Gekina  degul!  Gekina  degul!  –  degan  ingichka 
tovushlar  har  tomondan  eshitila  boshladi.
Gulliver  ko‘pgina  chet  tillarni  bilardi,  lekin  bu 
so‘zlarning  ma’nosiga  tushunolmadi.


197
Gulliver  dastavval  elchidan  ovqat  berib  to‘yg‘azishini 
iltimos  qilmoqchi  bo‘ldi.  Panjasini  ko‘tarib,  qayta-qayta 
lablariga  tegizdi.
Oradan  chorak  soat  ham  o‘tmay,  yuzlarcha  hammol 
oziq-ovqat  solingan  savatchalarni  narvonlar  bilan 
Gulliver  yoniga  olib  chiqib  uyishdi.
U  qovurilgan  beshta  ho‘kiz  go‘shti,  oftobda 
qoqlangan  sakkizta  qo‘y,  to‘qqizta  dudlangan  cho‘chqa 
va  ikki  yuzdan  ortiq  g‘oz  va  jojalarni  yedi.  Savatchalar 
birpasda  bo‘shab  qoldi.  Shu  paytda  odamchalar 
Gulliver  qo‘liga  ikki  bochka  vinoni  yumalatib  keltirdilar. 
Bochkalar  juda  katta  bo‘lib,  har  biri  stakandek  edi.
Hash-pash  deguncha  Gulliver  bir  bochkaning, 
so‘ngra  ikkinchisining  qopqog‘ini  ko‘chirib  tashlab,  bir-
ikki  qultum  yutish  bilan  ikkala  bochkani  ham  bo‘shatdi. 
Odamchalar  hayron  bo‘lib,  barmoqlarini  tishladilar. 
So‘ngra  ular  Gulliverdan  bo‘shagan  bochkalarni  pastga 
tashlashini  imo-ishoralar  bilan  so‘radilar.  Gulliver  ikkala 
bochkani  birdaniga  pastga  tashladi.
Vinodan  so‘ng  Gulliverni  uyqu  bosdi.  U  uyqu 
aralash  yon-veridagi  odamchalarning  o‘z  ustidan  u 
yoq-bu  yoqqa  chopib  yurishlarini,  tog‘dan  tushgandek, 
uning  ustidan  umbaloq  oshib  tushishlarini,  tayoqlar  va 
nayzalar  bilan  qitiqlashlarini  va  uning  u  barmog‘idan 
bu  barmog‘iga  sakrashlarini  sezib  yotardi.
Gulliver  ularga  parvo  qilmay  yotaverdi  va  o‘tkir 
vinoning  kayfi  bilan  tezda  uxlab  qoldi.  Odamchalar  xuddi 
shu  paytni  kutgan  edilar.  Ular  ulkan  mehmonni  uxlatish 
uchun  vinoga  ataylab  uxlatadigan  dori  qo‘shgan  edilar.
 
1.  Gulliver  och  qolganini  odamchalarga  qanday  tushuntirdi?
2.  Odamchalar  Gulliverni  nimalar  bilan  ovqatlantirishdi?


198

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish