Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/81
Sana16.01.2022
Hajmi3,81 Mb.
#370711
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81
Bog'liq
O'qish kitobi. 4-sinf (2017, S.Matchonov, A.Shojalilov) (1)

BOBOMNING SOVG‘ASI
G‘ayratiy
Yozning  issiq  kunlari,  quyosh  tikka  ko‘tarilgan.  Bepo-
yon,  ko‘m-ko‘k  dala  ko‘ksida  yonayotgan  quyosh  shu’lasi 
laxcha  cho‘g‘  bo‘lib,  g‘o‘zalar  ustida  tovlanib  ko‘rinadi. 
Murod  bilan  ikkimiz  mayda-chuydani  ko‘tarib,  katta 
yo‘lning  shimol  tomonidagi  yolg‘izoyoq  yo‘ldan  jo‘nadik.
Ertalabki  shirchoyni  bobom  bilan  birga  ichdik.  O‘r- 
tog‘imni  hovli  orqasidagi  bog‘ga  olib  chiqdim.  Bir 
tarafi  gulzor,  ikkinchi  tomoni  turli  meva  daraxtlari  bi
-
lan  to‘lgan  so‘lim  bog‘dan  sira  chiqib  ketgimiz  kel
-
mas  edi.  Oq  olma,  ko‘ksulton  rosa  pishgan  ekan, 
yeb  turgan  edik,  birdan  allaqanday  hayvonning  qich
-
qirgani  eshitildi.  Murod  taajjublanib  atrofiga  qaradi. 
Shu  chog‘  bobom ning  bo‘rsig‘i  esimga  tushdi.
–  Nimaning  ovozi?  –  dedi  o‘rtog‘im.
–  Bobomning  bo‘rsig‘i-ku!
–  Rostdanmi?  Qayerda?  –  dedi  hayron  bo‘lib  Murod.
–  Yur,  ko‘rsataman,  –  dedim-da,  do‘stimni  boshlab, 
bog‘  etagidagi  qafasda  turgan  bo‘rsiq  oldiga  olib  bordim. 
Qafasda  turgan  bo‘rsiqni  har  tarafga  sakratib,  o‘ynatib 
maza  qildik.  Shu  chog‘  tog‘am  chaqirib  qoldilar:
–  Qani,  mashinaga  chiqinglar! 
Jo‘nadik.  Yo‘lda  o‘rto g‘imning  bo‘rsiqqa  ishqiboz 
bo‘lib  qolganligini  bo bomga  asta  aytdim.
–  Uydagi  bo‘rsiqni  bundan  to‘rt-besh  yil  ilgari  tut
-
ganman.  Ushlab  olganimda  ko‘zini  ochmagan  edi. 
Oxir gi  ovim  ham  shu  bo‘ldi,  –  dedilar  bobom.
Mashina  g‘o‘za  o‘rtasidagi  uzun  yo‘ldan  o‘tib  bor
-
moqda.  Bobom  kanal  bo‘yidagi  ikki  qavatli  oq  binoni 
ko‘rsatib,  zavqlandilar:


207
–  Buni  qara!  Bir  vaqtlar  bu  yerni 
Yantoqtepa 
derdik.  Tulki,  chiyabo‘ri  va  boshqa  hayvonlarni 
ko‘pincha  shu  yerdan  ovlar  edik.  Huv  orqa  tomon-
dagi  pastlikni  «Itoq disoy»  deb  atashardi.
–  Elektr  stansiyasiga  qarab  yur,  bir  kishiga  uch-
rashib  o‘tadigan  ishim  bor,  –  dedilar  tog‘amga,  o‘ng 
tomondagi  yo‘lni  ko‘rsatib  bobom.  Sho‘rbuloqdagi 
 
elektr  stansiyaga  yetib  bordik.  Mashinadan  tushga
-
nimizni  uzoqdan  ko‘rib  turgan  kishi  yugurib  oldimizga 
keldi.  Rustam  aka  ichkariga  kirib,  chiroyli  ikkita  qafasni 
ko‘tarib  chiqdi.  Qafasning  bittasida  mayna,  ikkinchisida 
o‘rgatilgan  sa’va  bor  ekan.  Chiroyli  qushlarni  ko‘rib, 
Murod  ikkimiz  quvonib  ketdik.
–  Qayerdan  tutding?  –  deb  so‘radilar  qafasni 
ko‘tarib  bobom.
–  Shu  yerdan,  sa’vani  yerdan  qor  ketmasdan  tut
-
gan  edim.  Maynani  yaqinda  ilintirdim.  Kerak  bo‘lsa, 
yana  topib  beraman.  Elektr  stansiyasi  bog‘ida  juda 
ko‘p  qushlar  in  qo‘ygan,  –  dedi  Rustam  aka.
Ketishga  taraddudlanib  turgan  bobom  qayta  joy
-
lariga  o‘tirdilar.
–  Karimjon!  –  dedilar  tog‘amni  yonlariga  cha
-
qirib,  –  Rustam  akang  bergan  qushlarni  ko‘tarib 
to‘yxonaga  borib  yurmaylik,  sen  Murodjon  bilan 
Obidni  uyga  olib  borib  qo‘y.  Men  shu  yerda  poylab 
o‘tiraman.  Qaytib  kelib,  meni  olib  ketarsan. 
Murod  bilan  ikkimiz  qushlarni  olib,  mashinaga  chi
-
qib  o‘tirdik.
 
1.  Obid  Murod  bilan  bobosinikida  nimalarni  tomosha 
qilish di?
2.  Bobo  nabirasiga  nimani  sovg‘a  qildi?


208

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish