Toshkent viloyatini geografik oʼrni, gidrogeoligik holati va asosiy sugʼorish manbalari toʼgʼrisida maʼlumot



Download 24,99 Kb.
bet1/4
Sana26.02.2022
Hajmi24,99 Kb.
#469871
  1   2   3   4
Bog'liq
HISOBOT2


Toshkent viloyatini geografik oʼrni, gidrogeoligik holati va asosiy sugʼorish manbalari toʼgʼrisida maʼlumot
Toshkent oazisi nisbatan suv resurslarga boy hisoblanadi. Uning xududidan ikkita yirik Chirchiq va Oxangaron daryolari oqib oʼtadi. Toshkent oazisi chegarasidan uzunligi Oʼrta Osiyoda ikkinchi boʼlgan Sirdaryo oqib oʼtadi. Sirdaryo, Norin va Qoradaryolarni qoʼshilishidan tarkib topadi. Daryo qor va muzliklarni erishidan vujudga keladi. Xudud relyefi murakkab va koʼpxillikdir. Ustki qatlamini tuzilishidan uni 2 qismga boʼlish mumkin: sharqiy-yuqori togʼliq va gʼarbiy–Chirchiq, Oxangaron, Keles va Sirdaryolar bilan boʼlingan tekisliklar qatlamiga.Toshkent viloyati xududida Sirdaryoga oʼng qirgʼoq tomonidan uning Oxangaron, Chirchiq va Keles daryolari irmoqlari kelib quyiladi. Bu daryolar oʼz navbatida bir qancha irmoqlarga ega, shu bilan bir qatorda Bozsuv, Toshkent, Qorasuv va boshqa irrigatsiya, derivatsiya kanallari ajralib chiqadi.
Chirchiq daryo – Toshkent oazisini asosiy daryosi boʼlib, Chotqol va Pskem daryolari qoʼshilishdan tarkib topadi, manbalari 3000-4400 m balandlikda, uzunligi 225 km, xavzasi 14240km2. Chirchiq daryosi qor-muzliklar hisobidan vujudga keladi. Daryoni oʼrtacha kislik qatlamda Chirchiq bitta ham manbaga ega emas, tekislikka kelib suv intensiv tarzda Zax, Bozsuv, Chap qirgʼoq Qorasuv va boshqa kanallarga boʼlinadi. Natijada Sirdaryoga tushkuncha daryoni suv sarfi kamayib boradi.
Viloyat sugʼoriladigan maydonlarni suv taʼminlaydigan asosiy daryolar Chirchiq, Oxangaron va Sirdaryo. Chirchiq daryosidan viloyat sugʼoriladigan maydonlari 78%, Sirdaryodan 10%, Oxangaron daryodan 9% sugʼoriladi qolgan maydonlar buloqlar, soylar va tik drenaj kuduqlaridan sugʼoriladi.
Toshkent viloyatida jami 15447 km uzunlikda sugʼorish taromqlari mavjud boʼlib shundan 3300,3 km xoʼjalikllararo va 12021 km SFU va fermerlar xisobidagi xoʼjalik sugʼorish tarmoqlari. Xoʼjaliklararo kanallarda jami 4115 dona suv xoʼjaligi inshootlari mavjud. Sugʼorish mavsumida kanallar, gidrotexnik inshootlar, davlat nasos stantsiyalari va yerlarni meliorativ xolatini yaxshilash uchun xar yili tozalash va taʼmirlash ishlarini olib borish zarur. 2014 yil sugʼorish davrida sugʼorish ishlarini sifatli amalga oshirish uchun 2013-2014 yillarning kuzgi qishki davrida tozalash va taʼmirlash ishlari dasturi ishlab chiqildi.
Dasturga asosan viloyat boʼyicha 539,4 km xoʼjaliklararo kanallarni tozalash, xoʼjaliklararo kanallaradagi 358 dona gidrotexnik, 445 dona suv oʼlchash inshootlarini, 116 dona davlat nasos stantsiyalaridagi nasos agregatlarini taʼmiralsh, SFu va fermerlar xisobidagi 6115 km sugʼorish tarmoqlarini, 459 dona sugʼorish tarmoqlaridagi gidrotexnik, 2387 dona suv oʼlchash inshootlarini, 56 dona nasos agregatlarini taʼmirlash va 3279 fermerlarni suv olish quloqlarini jixozlash rejalashtirilgan.
Toshkent viloyatining umumiy yer maydoni 1561,1 ming ga ni tashkil qilib, Sirdaryoning oʼng qirgʼogʼiga joylashgan. U oʼz ichiga Chirchiq, Ohangaron daryolari, Dalvarzin, Piskent va Koʼkorol massivlarini oladi.Toshkent viloyatida asosiy baza Chirchiq daryosi boʼlib, daryo qor va muzliklar erishi xisobiga toʼyinadi. Uning asosiy irmoqlari Piskom, Chotqol va Koʼk-su. Bu irmoqlardan kelgan suvlar Chorbogʼ suv omboriga kelib quyiladi.2015 yil 1 yanvar xolatiga viloyatdagi mavjud suv omborlarida jami 1226,0 mln. m3 suv yigʼilgan.2015 yil 1 yanvar holatiga Chorbogʼ suv omboriga yigʼilgan suv miqdori 1024,3 mln. m3 ni tashkil etdi.
Chorbogʼ suv omboridan chiqish qismida daryoning oʼng tomonidan Ugam daryosi, chap tomonidan Oqsoq-ota soy kelib, Chirchiq daryosiga quyiladi. Viloyatning sugʼoriladigan maydoninig 70-80 foyzi Chirchiq daryosidan sugʼoriladi. Chirchiq daryosining toʼgʼonidan boshlab to Sirdaryoga quyilish oraligʼida 4 ta GES kaskadi joylashgan.

Chirchiq daryosining asosiy tarmogʼi Chirchiq-Boʼzsuv energetik trakti kompleksi boʼlib, iqtisodiyot tarmoqlari uchunahamiyatigaegadir. Unda energetika, irrigatsiya va umum maishiy sanoat extiyojlarini qondirish uchun foydalaniladi.


Ikkinchi yirik daryolardan biri Oxangaron daryosidir. Daryo oʼzani bosh qismida Oxangaron, quyi qismida Toshkent suv omborlari joylashgan.
Oxangaron daryosi Chotqol va Qurama tizmalari irmoqlaridan tashkil topadi.
Oxangaron suv omborining umumiy xajmi 210 mln. m3 boʼlib, suv ustki maydoni 5,9 km2 ni tashkil etadi. Oxangaron suv omborida 2014 yil 1 yanvar holatiga 38,9 mln. m3 miqdorda suv mavjud.
Toshkent suv omborida 162,8 mln. m3 miqdorda suv toʼplangan.
Chirchiq Oxangaron irrigatsiya tizimlari xavza boshqarmasi 2013 yil sugʼorish davrida qishloq xoʼjalik maxsulotlarini ishlab chiqarish bilan shugʼullanadigan 214 ta xoʼjalik yerlariga suv bilan taʼminlashga xizmat qiladi.
Viloyatda sugʼoriladigan yer maydoni 399,1 ming gektar boʼlib, 2013 yil xosili uchun 122,1 ming gektar gʼalla, 91,5 ming gektar paxta, 2,8 ming gektar makka don, 21,2 gektar sabzavot, 40,2 gektar koʼp yillik daraxtlar, 23,9 gektar ozuqa ekinlari, 51,7 gektar tomorqa ekinlari va 60,7 gektar boshqa qishloq xoʼjaligi ekinlaridan iborat.
2015 yil sugʼorish mavsumida qishloq xoʼjaligi ekinlarini sugʼorish uchun 3226 mln. m3 limit ajratilib, amalda 3014,6 mln.m3 suv sarflandi yoki limitga nisbatan 93 foizni tashkil etdi.
Sugʼorish mavsumida sarflangan suv bilan 2014 yil xosili uchun ekilan paxta maydonlarini oʼrtacha 5,5 marta, makka juxori maydonlari oʼrtacha 5,0 marta, sabzavot ekinlarini oʼrtacha 18 marta, bogʼ va uzumzorlarni oʼrtacha 3,5 marta, ozuqa ekinlarini oʼrtacha 4,5 marta, tamorqa ekinlarini 4,6 marta va boshqa qishloq xoʼjaligi ekinlarini oʼrtacha 4,3 marta sugʼorildi.

OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI QIShLOQ XOʼJАLIGI VАZIRLIGI QIShLOQ XOʼJАLIGIDА BILIM VА INNOVАTSIYALАR MILLIY MАRKАZI QIShLOQ XOʼJАLIGI VА OZIQ- OVQАT SOHАSI IQTISODIYOTI ILMIY-TАDQIQOT INSTITUTI
QIShLOQ XOʼJАLIGI VА OZIQ-OVQАT SOHАSI IQTISODIYOTI ILMIY-TАDQIQOT
INSTITUTI
Tarixi: institut 1957 yil 15 iyunda (oʼsha paytda - “Qishloq xoʼjaligi ishlab chiqarishi iqtisodiyoti va uni tashkil qilish ilmiy-tadqiqot instituti”) tashkil etilgan boʼlib, respublika Prezidentining 2020 yil 30 iyuldagi PQ-4795-sonli qaroriga asosan bugungi kunda “Qishloq xoʼjaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti” sifatida faoliyat yuritmoqda.
Ilmiy faoliyat sohasi: qishloq xoʼjaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti.
Faoliyat maqsadi: qishloq xoʼjaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiy islohatlarini amalga oshirish boʼyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va islohotlar jarayonini jadallashtirish boʼyicha ilmiy-nazariy va uslubiy-amaliy taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqish.
Аsosiy vazifalari:
- qishloq xoʼjaligi va oziq-ovqat sohasida bozor munosabatlarini rivojlantirishning nazariy asoslarini tadqiq qilish va takomillashtirish;
- mamlakat agrar va oziq-ovqat sohasi siyosatining ustuvor yoʼnalishlarini asoslash va qishloq xoʼjaligi va oziq-ovqat sohasining rivojlanish prognozlarini ishlab chiqish;
-xalqaro moliyaviy institutlar (XMI) grantlari asosida tadqiqotlar olib borish va faoliyatni iqtisodiy baholash maqsadida anketa so‘rovnomalari o‘tkazish;
-mahsulot va xizmat turlari bo‘yicha bir birligining kalkulyatsiyasi hamda fermer va dehqon xo‘jaliklari uchun biznes-rejalarni tayyorlash;
-qishloq xo‘jaligi mutaxassislari, klaster, fermer va dehqon xo‘jaliklari rahbarlari uchun o‘quv kurslari, seminar-treninglar tashkil etish;
-agrar sohadagi ilmiy-amaliy muammolarga bag‘ishlangan xalqaro va respublika miqyosida mustaqil hamda manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy anjumanlaro‘tkazish.
Ilmiy salohiyati. 2020 yilda ilmiy xodimlar tomonidan xorijiy jurnallarda 14 ta, mahalliy jurnallarda 24 ta, “WoS” va “Scopus” bazasidagi xalqaro nashrlarda 3 ta ilmiy maqola, xorijiy va mahalliy konferensiyalarda esa 25 tadan ortiq tezislar chop etilgan. Shuningdek, institut olimlari tomomnidan 3 ta monografiya chop etilgan va 7 ta taklif vazirlik va idorlarga amaliyotga joriy etish uchun qabul qilingan.
Yuqori malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida 2020 yilda 3 ta falsafa doktori (PhD), 1 ta fan doktori (DSc) tayyorlandi.
Tashkiliy tuzilmasi. Ilmiy-tadqiqot ishlari bilan bog‘liq faoliyatni ko‘rib chiqish va tegishli qarorlar qabul qilish bo‘yicha Ilmiy Kengash faoliyat yuritadi va u institutning yuqori organi bo‘lib hisoblanadi.
Institutga direktor rahbarlik qiladi, institut ilmiy faoliyati direktorning ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari va ilmiy kotib tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Fundamental, amaliy, innovatsiya, xo‘jalik shartnomalari va chet-el grantlari bo‘yicha vaqtinchalik ilmiy ijodiy guruhlar faoliyat olib boradi.
Institutda 5 ta, jumladan “Normativ tadqiqotlar”, “Buxgalteriya va rejalashtirish”, “Ilmiy hodimlarni tayyorlash, kadrlar va maxsus qism”, “Xizmat ko‘rsatish” va “Xo‘jalik” bo‘limlari faoliyat yuritadi.
Ilmiy faoliyati. Institutda Innovatsion rivojlanish vazirligining grantlari asosida 2017-2020 yillar uchun mo‘ljallangan 1 ta fundamental, 2018-2020 yillar uchun 3 ta amaliy loyihasi amalga oshirildi.
- qishloq xoʼjaligida klaster tizimini tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish;
- qishloq xoʼjaligi innovatsion rivojlantirish yoʼnalishlarini asoslash;
- qishloq xoʼjaligida infratuzilma subʼektlarini shakllantirish va rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslarini takomillashtirish;
- qishloq xoʼjaligi va oziq-ovqat sohasini rivojlantirishning istiqbolga moʼljallangan dasturlari, kontseptsiyalari va chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
- qishloqda mulkiy munosabatlarni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqotlar olib borish va ilmiy-amaliy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
-ekinlarini ekish, parvarishlash va yigʼishtirib olish boʼyicha texnologik kartalar hamda mahsulot yetishtirishda resurslar sarfi meʼyorlarini ishlab chiqish;
Bugungi kunda institutda umumiy qiymati 738912 ming soʼmlik 6 ta xoʼjalik shartnomalari bajarilmoqda. Ushbu xoʼjalik shartnomalari Markaziy Osiyo Mintaqaviy Ekologik markazining Oʼzbekistondagi filiali (RETsTsА), Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʼjaligi tashkiloti (FАO), “Shoʼrlangan yerlarda Biodehqonchilik Xalqaro Markazi (ICBA), Oʼrta Osiyo va Janubiy Kavkaz ofisi, BMT Taraqqiyot dasturi (PROON) kabi xamkor tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.
Institut quyidagi xizmatlarni taklif etadi:

  • qishloqni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish dasturini ishlab chiqish;

  • qishloq xoʼjaligida islohotlarni chuqurlashtirish va erkinlashtirish dasturini tayyorlash;

  • fermer xoʼjaliklarini tashkil etish va rivojlantirishning hududiy dasturini tayyorlash;

  • АSMda ishlab chiqarish va xizmat koʼrsatish meʼyorlarini aniqlab berish, ular samaradorligini hisoblash;

  • agrar sohada iqtisodiy islohotlarni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish muammolariga bagʼishlangan sotsiologik tadqiqotlar oʼtkazish.

  • qishloq xoʼjaligida oqilona bandlik dasturini tayyorlash;

  • hududiy konsalting xizmat koʼrsatish koʼnikmalarini rivojlantirish loyihalarini tayyorlash;

  • qishloq xoʼjalik ekinlari va chorvachilik mahsulotlari yetishtirish boʼyicha texnologik kartalar ishlab chiqish;

  • marketing tadqiqotlari oʼtkazish;

  • biznes rejalar ishlab chiqish;

  • servis xizmati baholarini kalkulьyatsiya qilishda uslubiy va amaliy yordam koʼrsatish;



Download 24,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish