va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Ichki ishlar
organlarining jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2898-son qarorining 2-bandidagi, 3-bandi ikkinchi xatboshisidagi
“Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi” so‘zlari “Toshkent shahar va Toshkent viloyati
ichki ishlar bosh boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi “Ichki ishlar
organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3413-son qarorida:
a) 3-bandining uchinchi xatboshisidagi “Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi”
so‘zlari “Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari” so‘zlari bilan
almashtirilsin;
b) 4-bandi “a” kichik bandidagi, 5-bandining uchinchi xatboshisidagi “Toshkent shahar
ichki ishlar bosh boshqarmasi” so‘zlari “Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh
boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
v) 2-ilovada:
30-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“30. Tuman (shahar) ichki ishlar organlari, transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash
boshqarmalari (bo‘limlari), jazoni ijro etish muassasalari, tergov hibsxonalari boshliqlari,
mintaqaviy muvofiqlashtirish markazlari rahbarlari, brigada va batalon komandirlari,
shuningdek, ularga tenglashtirilgan rahbarlar quyidagi huquqlarga ega:
Ustavning 23-bandi “a”, “b” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan rag‘batlantirish
choralarini qo‘llash;
Ustavning 27-bandi “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan intizomiy jazo
choralarini qo‘llash”;
31-bandning birinchi xatboshisidagi “Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi”
so‘zlari “Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari” so‘zlari bilan
almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyundagi “Toshkent shahrida
jamoat tartibini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish
samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3786-son
qarorining 5-bandi birinchi xatboshisidagi “Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi”
so‘zlari “Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari” so‘zlari bilan
almashtirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-avgustdagi “Ichki ishlar organlari
boshqaruv, nazorat va shaxsiy tarkib bilan ishlashning samarali tizimini joriy etish bo‘yicha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3919-son qarorining 4-bandidagi “Toshkent shahar ichki ishlar
bosh boshqarmasi” so‘zlari “Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh
boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-dekabrdagi “Jamoat xavfsizligini
ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4075-
son qarorining 3-bandi uchinchi xatboshisidagi, 6 va 7-bandlaridagi “Toshkent shahar ichki
ishlar bosh boshqarmasi” so‘zlari “Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh
boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-fevraldagi “Huquqbuzarliklar
profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlar tayyorlash tizimini
takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4166-son qarorining 6-
bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Toshkent
viloyati Ichki ishlar boshqarmasi” so‘zlari “Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar
bosh boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.05.2019-y., 07/19/4343/3206-son; 02.04.2021-y.,
07/21/5050/0280-son)