Oldingi tahrirga qarang.
8. Boshqaruvda katta amaliy ish tajribasiga hamda sohada obro‘ va hurmatga ega
bo‘lgan ichki ishlar organlarining pensionyerlari orasidan jamoatchilik asosida jamlanadigan
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki
ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining
maslahatchilari lavozimi kiritilsin va ularga to‘lanayotgan pensiyasining 100 foizi miqdorida
budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan oylik ustama haq belgilansin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi PQ-5050-sonli qarori tahririda
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 07/21/5050/0280-son)
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimlari, shuningdek, tuman (shahar) hokimlariga hududiy ichki ishlar organlarining o‘rnak
ko‘rsatgan rahbar xodimlarini ular faoliyatini baholash natijasiga ko‘ra, mahalliy budjet
daromadlarining prognozdan oshirib bajarilishi hisobidan har chorakda pul ta’minotining 100
foizigacha bo‘lgan miqdorda mukofotlash huquqi berilsin.
14. Toshkent viloyati ichki ishlar organlari xodimlarining egallab turgan lavozimi
bo‘yicha pul ta’minoti va ijtimoiy imtiyozlari mazkur qarorga muvofiq tashkiliy-shtatlar
o‘zgarishlariga asosan ular lavozimga qayta tayinlanishi yoki pensiyaga chiqishiga qadar saqlab
qolinsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligi ikki oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda Toshkent viloyatining
shaharlari va tegishli tumanlarida “Xavfsiz shahar” apparat-dasturiy kompleksini joriy etish
bo‘yicha takliflar kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Toshkent viloyatida
huquqbuzarliklarni foto- va video fiksatsiya qilish tizimi va uskunalarining uzluksiz ishlashini
ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlari uchun tariflarini kelgusida respublikaning
boshqa viloyatlariga ham tatbiq etishni nazarda tutgan holda qayta ko‘rib chiqsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
a) O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligi, Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi bilan birgalikda 2019-yil 1-dekabrga
qadar Bosh boshqarma faoliyatida sodir etilgan jinoyat va hodisalar haqidagi xabarlarni qabul
qilish va ro‘yxatga olishning “102” avtomatlashtirilgan ma’lumotlar tizimi joriy etilishini,
shuningdek, Toshkent shahridagi ushbu tizimning takomillashtirilishi va rekonstruksiya
qilinishini ta’minlasin;
b) Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda:
Toshkent viloyati ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari va tezkor
xodimlarini maqsadli dasturiy ta’minot o‘rnatilgan va ichki ishlar organlari elektron axborot
tizimlarining ma’lumotlar bazalariga ulangan uyali xizmat telefonlari bilan bosqichma-bosqich
ta’minlash;
biriktirilgan bo‘linmalarning to‘laqonli faoliyatini ta’minlash uchun ular faoliyatining
xususiyatlarini hamda mintaqaviy markazlarda qayta joylashuvini inobatga olgan holda
joylashtirish, ta’minlash va boshqa tashkiliy masalalarni hal etish choralarini ko‘rsin;
v) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar
bilan birgalikda uch oy muddatda profilaktika inspektoriga yuklamani kamaytirish va
hududlararo harakatlanganda xarajatlarni qoplash manbalarini belgilashni inobatga olgan
holda, shaxslarni protsessual harakatlarda yoki sud majlislaridagi ishtirokini ta’minlash uchun
majburiy keltirish tartibi va mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni o‘rnatilgan
tartibda kiritsin;
g) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sherikchilikni
rivojlantirish agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda ichki ishlar organlari xodimlari va
harbiy xizmatchilarining uy-joy sharoitlarini yaxshilash sohasiga davlat-xususiy sherikchilik
mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
d) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan
birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:
mintaqaviy muvofiqlashtirish markazlari uchun Toshkent shahar tajribasi bo‘yicha
jamoat tartibini ta’minlash kuchlarini muvofiqlashtirish va aloqa mobil markazlari sifatida
qayta jihozlashni nazarda tutgan holda 4 dona avtobus xarid qilish;
2022-yil 1-yanvarga qadar mintaqalar hududlarida to‘liq moto- va avtopatrullik qilishga
o‘tish maqsadida Toshkent viloyati ichki ishlar organlari patrul-post xizmatini bosqichma-
bosqich skuter va yengil transport vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha takliflar kiritsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki
oy muddatda Toshkent viloyati tuman (shahar)larida jamoat tartibini ta’minlash kuchlari
tarkibida birgalikda patrullik xizmatini o‘tashni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlarni
belgilasin.
18. Toshkent viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan
birgalikda ikki oy muddatda yirik bozorlar va savdo komplekslarida ichki ishlar organlari
tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida xizmat ko‘rsatish borasida shartnomalar
tuzish bo‘yicha choralarni ko‘rsin.
19. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
bir oy muddatda Bosh boshqarma va uning bo‘linmalarining, shu jumladan maqsadga
nomuvofiq deb topilgan bir qator amaldagi ichki ishlar bo‘linmalarini qisqartirish va mavjud
kriminogen vaziyatni inobatga olib zarur joylarda yangilarini tashkil etishni nazarda tutgan
holda yangilangan shtat jadvalini tasdiqlasin;
bir oy muddatda mazkur qaror talablarini inobatga olgan holda mintaqalarning jamoat
tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish
sohasidagi faoliyatining samaradorligini reyting tizimida baholash to‘g‘risidagi nizomni ishlab
chiqsin va tasdiqlasin;
ikki oy muddatda Toshkent viloyati ichki ishlar organlarining mintaqalararo, shu
jumladan poytaxt ichki ishlar organlari bilan hamkorligining uyg‘unlashgan mexanizmini
nazarda tutuvchi tartibni belgilasin;
ikki oy muddatda Toshkent viloyati ichki ishlar organlarining patrul-post va yo‘l-patrul
xizmatlari naryadlarining yagona joylashuvini mintaqalar tashkil etilayotganligini inobatga
olgan holda tanqidiy qayta ko‘rib chiqsin;
uch oy muddatda Toshkent viloyati ichki ishlar organlari yo‘l-patrul xizmatining
avtomobil parkini kuchaytirish, shu jumladan yurtimizda ishlab chiqariladigan mototsikllar
bilan ta’minlash bo‘yicha tashkiliy choralarni ko‘rsin;
20. Belgilansinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish
bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining asoslantirilgan hisob-
kitoblari bo‘yicha har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari, Ichki ishlar vazirligining budjetdan
tashqari mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar
doirasida amalga oshiriladi.
21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 7-ilovaga muvofiq
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
22. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri
A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kotibi V.V.
Maxmudov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M.
Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |