Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari kuch va vositalarini boshqarishning sifat jihatdan yangi tizimini joriy etish to



Download 62,5 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana31.12.2021
Hajmi62,5 Kb.
#275852
  1   2   3   4
Bog'liq
PQ-4343-сон 29.05.2019. Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari kuch va vositalarini boshqarishning sifat jihatdan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING

QARORI


TOSHKENT VILOYATIDA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI VA JINOYATCHILIKKA

QARSHI KURASHISH SOHASIDA ICHKI ISHLAR ORGANLARI KUCH VA VOSITALARINI

BOSHQARISHNING SIFAT JIHATDAN YANGI TIZIMINI JORIY ETISH TO‘G‘RISIDA

[Ko‘chirma]

O‘tgan  davr  mobaynida  respublikamizda  jamoat  tartibini  saqlash,  huquqbuzarliklar

profilaktikasi  va  jinoyatchilikka  qarshi  kurashishning  samarali  tizimini  joriy  etish,  Toshkent

shahrida  ichki  ishlar  organlarining  fuqarolik  jamiyati  institutlari  bilan  yaqin  hamkorligi

asosida  amalga  oshirilayotgan  “Xavfsiz  poytaxt”  konsepsiyasining  ijobiy  tajribasini

ommalashtirish borasida salmoqli ishlar qilindi.

Shu  bilan  birga,  Toshkent  viloyatida  jamoat  xavfsizligini  ta’minlashda  huquqni

muhofaza  qiluvchi  organlar  faoliyati  alohida  ahamiyat  kasb  etib,  undagi  kriminogen

vaziyatning xususiyatiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatmoqda:

bir-biridan  ancha  olisda  va  tarqoq  holda  joylashgan  yettita  shahar  va  o‘n  beshta

tumanni qamrab olgan viloyat ma’muriy-hududiy tuzilishining murakkabligi;

bir vaqtning o‘zida hududida chegara oldi hududlar, tog‘li uchastkalar, turistik, qishloq

xo‘jaligi va yirik ishlab chiqarish obyektlari mavjudligini hisobga olgan holda viloyat geografik

joylashuvining o‘ziga xosligi;

Toshkent  shahriga  barcha  kirish  va  chiqish  yo‘llarining  viloyat  hududidan  o‘tishi,

respublikaning  boshqa  hududlaridan,  ayniqsa  poytaxtdan  keladigan  aholining  ommaviy  dam

olish joylari mavjudligi.

Toshkent  viloyatida  jamoat  tartibini  saqlash,  huquqbuzarliklar  profilaktikasi  va

jinoyatchilikka  qarshi  kurashishning  sifat  jihatdan  yangi  bosqichiga  o‘tish,  shuningdek,  ichki

ishlar  organlari  kuch  va  vositalarini  nazorat  qilish  va  boshqarishning  samarali  tizimini  joriy

etish maqsadida:

1.  O‘zbekiston  Respublikasi  Ichki  ishlar  vazirligining  2019-yil  20-iyundan  boshlab

quyidagilarni  nazarda  tutuvchi  Toshkent  viloyati  ichki  ishlar  organlari  kuch  va  vositalarini

boshqarish tizimini eksperiment tariqasida joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin:

kuch  va  vositalarni  aholiga  bevosita  yaqin  hududlarda  yanada  samarali  joylashtirish

maqsadida  viloyat  va  tuman  (shahar)  darajasidagi  ichki  ishlar  organlarining  tuzilmalarini

yanada maqbullashtirish;

viloyat  tuman  (shahar)larini  ichki  ishlar  organlari  kuch  va  vositalarining  to‘rtta

mintaqaviy boshqarish hududlari (keyingi o‘rinlarda — mintaqalar) bo‘yicha 1-ilovaga muvofiq

taqsimlash;

huquqbuzarliklarni  o‘z  vaqtida  oldini  olish  va  bartaraf  etish  maqsadida  ichki  ishlar

organlari  bo‘linmalarining  tezkorligini  oshirish  va  maksimal  darajadagi  harakatchanligini

ta’minlash.

2.  Toshkent  viloyati  Ichki  ishlar  boshqarmasi  Toshkent  viloyati  Ichki  ishlar  bosh

boshqarmasi  (keyingi  o‘rinlarda  —  Bosh  boshqarma)  etib  qayta  tashkil  etilsin  va  uning

boshlig‘iga quyidagilar uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin:

viloyat  ichki  ishlar  organlari  kuch  va  vositalarini  mintaqaviy  boshqarish

mexanizmlarini  samarali  va  to‘laqonli  ravishda  amalga  oshirish,  ularni  doimiy  ravishda

takomillashtirib borish bo‘yicha manzilli choralarni ko‘rish;

viloyat  ichki  ishlar  organlarining  boshqa,  shu  jumladan  poytaxt  huquqni  muhofaza

qiluvchi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan

yaqin hamkorligini tashkil etish;

mintaqalar  darajasida  amaliy  boshqaruv  qarorlarini  qabul  qilish,  tahliliy  faoliyatni

hamda 


huquqbuzarliklar 

profilaktikasi 

va 

jinoyatchilikka 



qarshi 

kurashishning

samaradorligini tizimli baholashni sifatli tashkil etish.

3. Belgilansinki:




mintaqalar  ichki  ishlar  organlari  faoliyatini  kundalik  nazorat  qilish  va

muvofiqlashtirishni tashkil etish Bosh boshqarma boshlig‘ining vakillari (keyingi o‘rinlarda —

mintaqaviy hududlar rahbarlari) tomonidan amalga oshiriladi;

mintaqaviy  hududlar  rahbarlarining  faoliyatini  ta’minlash  uchun  shtab  sifatida  Bosh

boshqarmaning  tegishlicha  mintaqaviy  markazlardagi  ichki  ishlar  organlarining  binolarida

bevosita joylashadigan mintaqaviy muvofiqlashtirish markazlari tashkil etiladi;

Toshkent  viloyati  ichki  ishlar  organlari  patrul-post  va  yo‘l-patrul  xizmatlarining  saf

bo‘linmalari  kundalik  xizmatni  ularning  hududlarida  o‘tash  uchun  bevosita  mintaqalar

bo‘yicha taqsimlanadi;

Toshkent  viloyati  tuman  (shahar)  ichki  ishlar  organlarining  kinologiya  bo‘linmalari

ularga  yuklatilgan  vazifalarni  bajarishni  hududlararo  tamoyili  bo‘yicha  tashkil  etish  uchun

mintaqaviy hududlar rahbarlarining bo‘ysunuviga o‘tkaziladi;

tuman  (shahar)  ichki  ishlar  organlari  huzurida  Toshkent  shahar  Ichki  ishlar  bosh

boshqarmasi  tajribasi  asosida  tumanlarni  kompleks  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  bo‘yicha

sektorlarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi

kurashish vazifalari yuklatilgan holda ichki ishlar bo‘limlari tashkil etilishi mumkin.

4. Mintaqaviy hududlar rahbarlariga:

mintaqa  hududi  doirasida  biriktirilgan  tuman  (shahar,  sohaviy)  ichki  ishlar  organlari

(keyingi o‘rinlarda — biriktirilgan bo‘linmalar)ga yuklatilgan vazifalarning kundalik bajarilishi

bo‘yicha mustaqil ravishda qarorlar qabul qilish;

biriktirilgan  bo‘linmalarning  ish  samaradorligini  oshirish  bo‘yicha  ta’sirchan  chora-

tadbirlarni  ishlab  chiqish,  patrul-post  va  yo‘l-patrul  xizmatlari  naryadlarining  kundalik

joylashuvini belgilash;

mintaqa hududidagi kriminogen vaziyatni inobatga olgan holda va favqulodda holatlar

vujudga  kelganda  biriktirilgan  bo‘linmalarning  kuch  va  vositalarining  taqsimotini

muvofiqlashtirish;

biriktirilgan  bo‘linmalar  boshliqlarini  lavozimga  tayinlash  va  lavozimidan  ozod  qilish

bo‘yicha  Bosh  boshqarma  boshlig‘iga  takliflar  kiritish,  mintaqa  va  sohaviy  xizmati  doirasida

safdorlar va serjantlar tarkibi xodimlarini lavozimdan lavozimga tayinlash;

biriktirilgan  bo‘linmalarning  xodimlari  tomonidan  xizmat  intizomi  buzilishi  holatlari

bo‘yicha Bosh boshqarma boshlig‘ining topshirig‘i asosida xizmat tekshiruvlarini o‘tkazish;

o‘z  vakolatlari  doirasida  biriktirilgan  bo‘linmalarning  xodimlarini  rag‘batlantirish  va

ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash huquqi berilsin.

Belgilansinki,  mintaqaviy  hududlar  rahbarlari  biriktirilgan  bo‘linmalarga  yuklatilgan

vazifalar  va  funksiyalarning  bajarilishi  uchun  ularning  bevosita  rahbariyati  bilan  baravar

shaxsan javobgar hisoblanadi.

5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:

Bosh  boshqarma  boshlig‘i  va  mintaqaviy  hududlar  rahbarlari  tomonidan  joylarda

jamoat  tartibini  saqlash,  huquqbuzarliklar  profilaktikasi  va  jinoyatchilikka  qarshi  kurashish

sohasidagi  muammolar,  shuningdek  ushbu  faoliyatning  samaradorligini  oshirish  bo‘yicha

taqdim etiladigan takliflar Toshkent viloyati hokimi tomonidan har oyda ko‘rib chiqiladi va o‘z

vakolatlari hamda moliyaviy imkoniyatlari doirasida manzilli chora-tadbirlarni belgilaydi;

Bosh  boshqarma  har  chorakda  mintaqalarning  jamoat  tartibini  saqlash,

huquqbuzarliklar  profilaktikasi  va  jinoyatchilikka  qarshi  kurashish  sohasidagi  faoliyatining

samaradorligini  reyting  tizimida  baholaydi,  natijalariga  ko‘ra,  ilg‘or  mintaqalarning

biriktirilgan bo‘linmalari rahbarlariga pul mukofotini berish va aksincha, past ko‘rsatkichlarga

ega bo‘lganlaridan pul ushlab qolish choralarini ko‘radi;

mintaqaviy  muvofiqlashtirish  markazlari  kriminogen  vaziyatning  tahlili  asosida  har

chorakda  tuman  (shahar)lar  kesimida  biriktirilgan  bo‘linmalarning  ish  samaradorligini

oshirish  bo‘yicha  batafsil  “yo‘l  xarita”larini  ishlab  chiqib,  ularning  natijalari  bo‘yicha  Bosh

boshqarma boshlig‘iga har o‘n kunda axborot berib boradilar;

2019-yil  1-sentabrdan  boshlab  Toshkent  shahar  va  Toshkent  viloyati  ichki  ishlar

organlarining patrul-post va yo‘l-patrul xizmatlari, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish



bo‘linmalarining  serjantlar  tarkibi  lavozimlari  ushbu  bo‘linmalarning  oliy  ma’lumotga  ega

bo‘lmagan  amaldagi  xodimlarining  o‘rniga  2021-yil  1-dekabrgacha  bosqichma-bosqich

tayinlashni  nazarda  tutgan  holda  faqat  oliy  ma’lumotga  ega  yoki  sirtqi  shaklda  o‘qiyotgan

shaxslar bilan jamlanadi.

6.  Bosh  boshqarma  faoliyatiga  Toshkent  shahar  tajribasi  bo‘yicha  jamoat  tartibini

ta’minlash  kuchlarini  muvofiqlashtirish  va  aloqa  mobil  markazlari  amaliyoti  tatbiq  etilib,

mintaqalarga biriktirilsin hamda ularga quyidagi vazifalar yuklansin:

ommaviy  tadbirlarni  o‘tkazishda  kuch  va  vositalarning  samarali  hamkorligini  tashkil

etish,  muvofiqlashtirish  va  nazoratni  amalga  oshirishda  biriktirilgan  bo‘linmalarga

ko‘maklashish;

odamlar  gavjum  bo‘ladigan  joylarda  tezkor  va  kriminogen  vaziyatni  axborot

texnologiyalaridan  foydalangan  holda  bevosita  kuzatish  hamda  vizual  baholashni  amalga

oshirish;

jamoat  tartibini  ta’minlash  kuchlarini  muvofiqlashtirish  va  harakatini  boshqarish

maqsadida,  shu  jumladan  bevosita  voqea  joyiga  chiqqan  holda  mobil  shtab  funksiyalarini

bajarish.

7.  Toshkent  viloyati  ichki  ishlar  organlari  kuch  va  vositalarini  boshqarishning  yangi

tizimini joriy etish yuzasidan eksperimentni amalga oshirish bo‘yicha idoralararo komissiya 2-

ilovaga muvofiq tuzilsin.

Idoralararo komissiya (P.R. Bobojonov):

har  bir  mintaqa  kesimida  manfaatdor  vazirlik  va  idoralarning  vakolatli

mutaxassislaridan  iborat  ekspert  guruhlarini  shakllantirsin  va  ularning  eksperimentni

bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xarita”larini tasdiqlasin;

ichki  ishlar  organlari  kuch  va  vositalarini  boshqarishning  joriy  etilayotgan  tizimi

samaradorligining tizimli monitoringini tashkil etsin va 2019-yilning yakuni bo‘yicha shu kabi

amaliyotni  respublikaning  boshqa  viloyatlariga  ham  tatbiq  etishning  maqsadga  muvofiqligi

to‘g‘risida takliflarni kiritsin.


Download 62,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish