O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIM VAZIRLIGI
|
|
TOSHKENT VILOYATI
XALQ TA`LIMI BOSHQARMASI
|
TOSHKENT VILOYATI
QIBRAY TUMANI 48-UMUMIY O`RTA
TA`LIM MAKTABINING ONA TILI VA ADABIYOT FANI O`QITUVCHISI
RUSTAMOVA SHAXNOZANING
ABDULLA ORIPOV TAVALLUDINING 80 YILLIGIGA BAG`ISHLAB TAYYORLAGAN “ONAJONIM, SHE`RIYAT” MAVZUSIDAGI TADBIR
A.Oripovning 80 yilligiga bag’ishlangan “Onajonim, she’riyat” mavzusidagi tadbir ssenariysi
Sahna bayramona bezatilgan. Shoir Abdulla Oripovning surati, kitoblari qo‘yilgan. Gullar bilan bezatilgan. Tadbir Abdulla Oripovga bag’ishlangan marsiya bilan boshlanadi.
1-Boshlovchi: Hamdam bo‘lding men bilan
Har qandayin kunlarda
Yulduz bo‘lding charag‘on
Eng qorongu tunlarda
Suhbat qildik goh shodon
Goho hazil unlarda
Eng oliy baxtim mening
Onajonim,she‘riyat
Topgan toj-taxtim mening
Jonajonim , she‘riyat.
2-Boshlovchi:
Hamdam bo‘lib sen bilan
" Hamsa "dan saboq oldim
Yiroq-yiroq yulduzlar
Sehrini dilga soldim
Mehmon emas,qasringda
Balki bir umr qoldim
Eng oliy baxtim mening
Onajonim, she‘riyat
Topgan toj-taxtim mening
Jonajonim, she‘riyat.
1-Boshlovchi:Assalomu alaykum, she‘riyat shaydolari, nazm ixlosmandlari.
2- Boshlovchi:Assalomu alaykum, aziz ustozlar va qadrli mehmonlar.
1-boshlovchi: O’zbek xalqining sevimli ijodkori, O’zbekiston Xalq shoiri, O’zbekiston Qahramoni Abdulla Oripovning 80 yillik tavalludiga bag’ishlab tayyorlangan adabiy – badiiy kechamizga xush kelibsiz. Ushbu tadbirimizni ochib berish uchun so’zni
ga beramiz. Marhamat
2-boshlovchi: Bugun O’zbekning o’z o’g’loni, she’riyat osmonida yo’lchi yulduz bo’lib porlagan, Vatanini jon-tanidek sevgan, o’zligini, xalqi, Vatanini faqat boyliklari uchun emas, beg’araz sidqidildan sevib ardoqlagan shoir, Abdulla Oripovni yodga olamiz va she’rlaridan bahramand bo’lamiz. Shuningdek, bugun biz kechamizga sevimli shoirimizning turmush o’rtoqlari ayani taklif etganmiz. Kechamiz davomida ularning suhbatlaridan ham bahramand bo’lamiz.
1-Boshlovchi: Davlatimiz madhiyasini bilasiz, albatta. Tantanali marosimlarda aytiladiganini ko‘p ko‘rgansiz. O‘zingiz ham yod olgansiz. Xalqaro musobaqalarda sportchilarimiz g‘olib bo‘lib kelib, bayrog‘imiz ko‘tarilganda madhiyamiz yangraganini g‘urur va iftixor bilan kuzatganmiz. Faqat tantanalarda emas, u bizga doim madadkor.
2-Boshlovchi: Radio va televideniyalar har bir kunini mana shu madhiyamiz bilan boshlaydi va u bilan tugatadi. Chunki u bizning davlatimiz ramzi, mustaqilligimizning ramzidir. U dunyodagi qanchadan-qancha mamlakatlar orasida tengma-teng yashab kelayotgan ramzimizdir. Mana shu madhiyamiz so‘zlari muallifi ham shoir Abdulla Oripovdir.
(Madhiya ijro etiladi)
1-Boshlovchi: Har qismatga har kimning
Davroni sabab bo‘lgay.
She‘r un cheksa shoirning.
Armoni sabab bo‘lgay
Men faxr etsam umrimning.
Har oni sabab bo‘lgay.
Eng oliy baxtim mening.
Onajonim, she‘riyat.
Topgan toj-taxtim mening.
Jonajonim she‘riyat.
2-Boshlovchi: Angladimki, olamda.
Yurt tanho, Vatan tanho.
Band etgan hayotimni.
Tengsiz shul chaman tanho.
Nokaslar emas, yo‘q, yo‘q.
Yolg‘iz sen baland, tanho.
Eng oliy baxtim mening.
Onajonim, she‘riyat.
Topgan toj-taxtim mening.
Jonajonim, she‘riyat.
Hozir navbatni Abdulla Oripov she’ri bilan ijro etiladigan “_____________________________” qo’shig’iga beramiz. Ijro etadi:
______________________________________________________________________________________________________________________
(Raqs ijro etiladi)
1-Boshlovchi: Hozir navbatni o’quvchilarimizga berib Abdulla Oripov haqida zamondoshlarimizning fikr mulohazalarini eshitamiz. Marhamat
(O’quvchilar chiqadi)
1-o’quvchi: Abdulla Oripovday shoir yuz yilda bir marta tug’iladi.
Islom Karimov
2-o’quvchi: She’riyatda kutilmagan yangi nafas paydo bo’ldi. Tomchini kuzatgan bo’lsangiz, to’lishgandan keyin tomadi. Abdullajonning she’rlari ham ana shunday. Oldin so’zma-so’z, satrma-satr yuragi qonida qaynab pishadi. Ana undan so’ng qog’ozga tushadi.
Abdulla Qahhor
3-o’quvchi: Abdulla Oripov. Shoir! Shoir bo’lganda ham anov-manovlardan emas. Xudo butun qilib berganlardan. Zo’r!
Mirtemir.
4-o’quvchi: Davlat madhiyasini yaratish kamdan-kam ijodkorga nasib etadigan baxtdir. Abdulla Oripovning har bir o’zbekistonlik qalbidan joy olgani shubhasiz.
Loyiq Sherali.
5-o’quvchi: Men tanqidchi emasman, tabiatshunosman. Shoirni – Abdulla Oripovni o’rganmoq uchun, tabiat menga yoshligimni qaytarib bergudek bo’lsa, albatta adabiyotshunos bo’lardim. Faqat Abdulla Oripovni o’rganish uchungina shu sohani dilimga, shuurimga jo qilib olgan bo’lardim.
Jo’ra Saidov, akademik
6-o’quvchi: Abdulla Oripov so’zining ifoda kuchini bexato sezadi, hayotni o’z bilishicha, uni o’ziga xos yangi nazar bilan ko’radi. O’zbek poeziyasini yangi, kata iete’dod bilan tabriklasa bo’ladi. Abdulla Oripov she’rlari bilan har bir uchrashuv she’riyat bayramiga aylanib ketadi.
Qaysin Quliyev
7-o’quvchi: Qoyilman, “Hakim va ajal” dostoni jonajon adabiyotimizning juda noyob mulki sifatida, poeziyamizning shoh asari sifatida o’qiladi. Bu ijodiy zafar bilan Sizni chin dildan tabrik qilaman. Ana shunday dostonni o’qishga muyassar bo’lganimdan baxtiyorman.
Sharof Rashidov
8-o’quvchi: Abdulla Oripov lirikasida qadimiy o’zbek she’riyatiga xos eng go’zal jihatlar mujassamlashgan. U o’zbekning ramzi bo’lgan ijodkor.
O’lmas Sulaymonov
9-o’quvchi: O’zbeklarga xos donishmandlik, bag’rikenglik, hokisorlik va andisha Abdulla Oripov poeziyasiga singib ketgan.
Evgeniy Evtushenko
10-o’quvchi: Eskirmas, to’zimas so’z sohiblaridan biri Abdulla Oripovdir. Uning ilik she’rlari xalq qalbida qanday aks-sado bergan bo’lsa, eng yangi satrlari ham shunday sehrli qudrat bilan jaranglab turadi .
Erkin Vohidov
Izzat Sulton akademik
1-boshlovchi: Abdulla Oripovning she’riyatimiz osmonida paydo bo’lishini chaqmoqqa o’xshatadilar. To’g’ri! Ammo chaqmoq o’chadi, qudratli iste’dod sochgan nur esa – umrboqiy! Abdulla Oripov she’riyatining dovrug’ini momoqaldiroqqa o’xshatadilar. Rost! Ammo momoqaldiroq guldurosi tinadi, qalblarni maftun etgan she’riyatning sadosi esa – abadiy!
2-boshlovchi: Navbatni yana o’quvchilarimizga berib, shoir to’rtliklaridan namunalar tinglaymiz.
(o’quvchilar tomonidan to’rtliklar ijro etiladi)
1-boshlovchi: Hozir __________________________________________
___________________________________________________________
ijrosida _________________ nomli qo’shiqni tinglaymiz. Marhmat.
1-Boshlovchi: Shoir ijodi rang-barang. U turli mavzularda ijod qiladi. Shoir she‘rlarida Vatan, tabiat, do‘stlik, muhabbat tuyg‘ulari o’zgacha bir latiflik o‘zgacha bir joziba bilan namoyon bo‘ladi.
2-Boshlovchi: To‘gri aytdingiz ...............(boshlovchining ismi aytib o‘tiladi). Shoir Abdulla Oripov qaysi mavzuga murojaat etmasin, xalq dardini birga qo‘shib kuylaydi, insonning dil torlarini chertib, yurakning tub-tubigacha yetib boradigan yoniq misralar bitadi.
(Bir o’quvchi tomonidan “Munojotni tinglab” she’ri aytib turiladi va “Munojot” kuyiga raqs ijro etiladi.
2-boshlovchi: Hozir so’z navbatini bugungi kechamizning sababchisi O’zbekiston xalq shoiri, O’zbekiston Qahramoni Abdulla Oripovning turmush o’rtoqlari _________________ ayaga beramiz. Marhamat.
(A.Oripovning rafiqasi bilan suhbat o’tkaziladi)
1-Boshlovchi: Ha she‘riyatni mazmuni deb bilgan shoir qaysi mavzuga qo‘l urmasin, nima haqida she‘r yozmasin, uning ko‘z oldida Vatan turadi, o‘sha ulug‘ Vatanning farzandi sifatida qo‘liga qalam oladi. Shu sababdan uning she‘rlari doim hayotbaxsh, ovozi dadil, ruhi tetik.
2-Boshlovchi:Keling, hozir yana shoir ijodidan namunalar tinglaymiz.
(O’quvchilar tomonidan shoir qalamiga mansub she’rlar ijo etiladi.)
1-Boshlovchi: Yana bahor keldi, yana olamda.
Ajib bir go‘zallik,ajib bir bayot.
Men seni qutlayman shu ulug‘ damda.
Ulug‘ yelkadoshim, muzaffar hayot.
2-Boshlovchi: Qizg‘aldoq bargiday,uchar dildan g‘am,
Toshqinlar kiradi, qalbimga manim.
Bahoring muborak, bo‘lsin ushbu dam,
Mening O‘zbekiston - dilbar Vatanim.
(“Sen bahorni sog’inmadinmi?”)
(Bahor mavzusidagi raqs ijro etiladi.)
1-Boshlovchi: Abdulla Oripovning onasi, Turdi Karim qizi, shoirtabiat, xalq adabiyotini nozik his qiluvchi odamlardan edi. Erta vafot etdi. Lekin suyukli o‘glining birinchi kitobini ko‘rib ketdi. Bu tuyg‘ular uning "Onajon" she‘rida juda samimiy ifodalangan.
(Onajon she’ri ijro etiladi)
2-boshlovchi: Yuksak she’riyati tufayli A.Oripovni xalqimiz ardoqladi, Yurtboshimiz va davlatimiz uning xizmatlarini munosib baholadi. Abdulla Oripov birinchilardan bo’lib O’zbekiston Qahramoni unvoniga loyiq deb topildi. O’zbekiston Xalq shoiri va Davlat mikofoti sovrindori bo’ldi.
1-Boshlovchi: Hozir navbatni Abdulla Oripov she’ri bilan ijro etiladigan
“O’zbekiston vatanim manim” qo’shig’iga tayyorlangan raqsga beramiz.
2-Boshlovchi: Yurtim, senga she’r bitdim bu kun
Qiyosingni topmadim aslo.
Shoirlar bor o’z yurtin butun
Olam aro atagan tanho
1-boshlovchi: Ular she’ri uchdi ko’p yiroq
Qanotida kumush diyori.
Bir o’lka bor dunyoda biroq,
Bitilmagan dostondir bari.
Faqat ojiz qalamim manim,
O’zbekiston – Vatanim manim!
( raqs )
2-Boshlovchi: Umid yorkim, yetkaymiz.
Sen bilan yiroqlarga.
Maqsudim yoqib turgan,
U nurli chiroqlarga.
Duch kelmasak bas endi,
Turfa xil firoqlarda.
Eng oliy baxtim mening,
Onajonim, she‘riyat.
Topgan toj-taxtim mening,
Jonajonim, she‘riyat.
1-Boshlovchi: Haq senga, murod o‘lsun.
Shavkating na zar tillo,
Haq deganing umri ham.
Haq kabi uzun, illo,
Boshin eggay hamisha,
Ostonangda Abdullo
Eng oliy baxtim mening.
Onajonim, she‘riyat.
Topgan toj-taxtim mening,
Jonajonim, she‘riyat.
2-Boshlovchi: Shuning bilan O‘zbekiston xalq shoiri,
1- Boshlovchi: O‘zbekiston qahramoni faxriy unvoni sohibi, shoir Abdulla Oripov ijodiga bag‘ishlangan ‘‘ONAJONIM, SHE‘RIYAT‘‘ nomli kechamiz poyoniga yetdi.
2-Boshlovchi: E‘tiboringiz uchun rahmat. Xayr, salomat bo‘ling.
Do'stlaringiz bilan baham: |