Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika



Download 5,49 Mb.
bet35/89
Sana01.01.2022
Hajmi5,49 Mb.
#288451
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   89
Bog'liq
logopedik texnologiya kompleks

Uchinchi usul-oldingi ikkita usulni birga olib borilishiga asoslanadi. Taqlid va tushuntirish bunda asosiy rolni о‘ynaydi. Mexanik usuldan qо‘shimcha ravishda foydalaniladi.

Logoped bolaga kerakli tovush hosil bо‘lishi uchun nima qilish kerakligini tushuntiradi: masalan til uchini kо‘tarish (agarda bu holat bola tomonidan normal ravishda bajarilmasa).

Bu usulda bola faollashadi, logoped tomonidan kо‘rsatilgan yordam natijasida kerakli vaziyat uning xotirasida qoladi va keyinchalik ham mexanik yordamsiz bemalol bajara oladi.

Tovush nutqga qо‘yilgandan sо‘ng uni nutqqa kiritish ustida ish olib boriladi, ya’ni avtomatizatsiya qilinadi. Tovushni avtomatizatsiya qilish jarayoni maxsus tanlangan, fonetik tarkibi oddiy va buzilgan tovushlar ishtirok etmagan sо‘zlarni mashq qilish asosida olib boriladi. Tovushning sо‘zdagi о‘rni aniqlanadi: boshida, о‘rtasida yoki oxirida. Birinchi bо‘lib sо‘zning boshida kelgan tovush ustida ishlanadi, keyin sо‘zning oxirida kelgan, sо‘ngra sо‘zning о‘rtasida kelgan tovush ustida ishlanadi.

Tovushni analizi va sintezi ustida ishlash katta yordam beradi.

Kо‘pincha bola avtomatizatsiya jarayonidayoq qо‘yilgan tovushni mustaqil ravishda о‘z nutqiga kirgiza boshlaydi. Agar bola tovushni boshqasi bilan almashtirmasa, keyingi ishni keragi yо‘q. Logopedik amaliyotda bir tovushni avtomatizatsiya qilib bо‘lgandan keyin ham uning ustida ishlashni talab etadigan hollar ham uchraydi, ya’ni tovushlarni differensiatsiyasi ustida ish olib boriladi.



Eshitish diqqati, eshitish xotirasi va fonematik idrokni rivojlantirish

Bolalarda tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni tо‘g‘rilash tovushlarni tо‘g‘ri yо‘lga qо‘yish va ularni g‘ayri ixtiyoriy ravishda tо‘g‘ri aytadigan bо‘lish va ayni vaqtda fonematik idrokni ham rivojlantirishdan iboratdir. Chunki fonemalarni tо‘liq idrok etmay, ularni aniq farq qilmay turib ularni tо‘g‘ri talaffuz qilish ham mumkin emas.

Fonematik idrokni rivojlantirish logopedik ishning dastlabki davrlaridanoq olib boriladi va frontal, yakka tartibda hamda guruh mashg‘ulotlarida о‘yin formasida о‘tkaziladi.

Bu ish avval nutqsiz tovush materiallaridan boshlanadi va sekin asta nutqdagi hamma tovushlarni о‘z ichiga oladi.

Birinchi mashg‘ulotlardanoq fonematik idrokni rivojlantirish bilan parallel ravishda eshitish diqqati va eshitish xotiralari ustida ish olib boriladi. Bu esa fonematik idrokni rivojlantirishda eng samarali va jadallashtirilgan natijalarga erishishga imkon beradi. Bu juda muhimdir, chunki atrofdagilar nutqini eshita bilmaslik tovushlarni tо‘g‘ri talaffuz eta olmaslik sabablaridan biridir.

Logopedik mashg‘ulotlar jarayonida bola о‘z talaffuzini nazorat qila olishi va о‘z nutqini atrofdagilar nutqiga taqqoslash asosida talaffuzidagi kamchiliklarni tо‘g‘rilay olish malakasiga ega bо‘lishi kerak.

Bolalarda fonemalarni farqlay olish qobiliyatini rivojlantirish yuzasidan olib boriladigan hamma logopedik ishlar tizimini shartli ravishda olti davrga bо‘lish mumkin:

I davr-nutqsiz tovushlarni bilish.

II davr-bir xil tovush, sо‘z birikmasi va iboralarda ovozning balandligi, kuchi, tembrini ajratish.

III davr-tovush tarkibi bо‘yicha о‘xshash sо‘zlarni ajratish.

IV davr-bо‘g‘inlarni farqlash.

V davr-fonemalarni farqlash.

VI davr-tovushlarni oddiy tahlil qilish malakalarini rivojlantirish

Tovushlarni nutqqa qо‘yishda uchta usuldan foydalanib kelinadi:

Mexanik usulda, taqlid usulda va aralash usulda tovushlar nutqqa qо‘yiladi.

Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etishda ularning turlariga qarab korreksion logopedik ishlar tashkil qilinadi. Bular, sigmatizmda, shovqinli tovushlarda, rotatsizmda, lambdatsizmda, til orqa va chuqur til orqa tovushlaridagi kamchiliklar.




  1. Download 5,49 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish