Yog‘ochning nam tortib bo‘kishi. Agar quruq yog‘ochni zax xonalarda yoki ochiq xavoda saqlasa, u nam tortib bo‘kadi va o‘lchamlari, xajmi, og‘irligi ortadi, shakli o‘zgaradi.
Yog‘ochning zichligi. Yog‘ochning bu xossasi uning og‘irligiga aloqador bo‘lib yog‘ochdagi nam bilan xavo miqdoriga bog‘liq. Yog‘ochda nam va xavo qanchalik kam bo‘lsa u shunchalik zich bo‘ladi.
Tovush o‘tkazuvchanlik deb yog‘och materiallarning tovushnio‘tkazish qobiliyatiga aytiladi. Yog‘ochning tovush o‘tkazish qobiliyati yuqori. Yog‘och tolalari yo‘nalishi bo‘yicha tovush xavoga nisbatan 15-18 marta, eni bo‘yicha 3-6 marta tez o‘tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |