Yog‘ochning namligi. Namlik daraxtning xayoti va uning o‘sishi uchun kerak bo‘lgan asosiy omillaridan biridir. Namlik daraxtning o‘sish sharoitiga va turiga yangi kesilgan yoki eski kesilganiga, quritilgan yoki quritilmaganiga qarab oz yoki ko‘p bo‘ladi.
Yog‘ochning qurishi. Yog‘ochda erkin va bog‘langan suvlar bo‘ladi. Yog‘ochning ichki bo‘shliqlarini, ya’ni xujayralar ichidagi va xujayralar orasidagi fazoni to‘ldiruvchi suvlar erkin yoki kapillyar namlik, xujayra pardalari tomonidan shimilgan suvlar bog‘langan yoki gigraskopik namlik deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |