Yog‘ochning tovlanishi. Yog‘och o‘zak nurlari tufayli, ularning yo‘nalishi va zichligiga bog‘liq holda tovlanadi.Yog‘ochning tovlanishini sun’iy ravishda orttirish uchun laklash, politurlash va mumlash ishlari bajariladi.
Yog‘ochning tabiiy guli (teksturasi). Randalash vaqtida yog‘och tolalari, o‘zak nurlari va yillik xalqalarining kesilishi natijasida yog‘ochning tabiiy guli namoyonbo‘ladi.
Yog‘ochning xidi.Yog‘och undagi smalalari, efir moylari, oshlash kislotalaridan qaysi birining mavjudligiga va miqdoriga bog‘liq holda xar-xil xidli bo‘ladi. Yog‘ochning o‘zak qismi o‘tkir xidli bo‘lib unda yuqoridagi moddalar ko‘p bo‘ladi. Yangi kesilgan, shuningdek, igna bargli daraxtlar yanada o‘tkir xidli bo‘ladi. Yog‘och qurigan sayin xidsizlanib boradi, ba’zan xidi o‘zgarib ketadi. hidning o‘zgarishiyog‘ochning buzulishiga xam bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |