Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti “texnologik ta’lim” kafedrasi


Sakldor sirtlarga ishlov berish texnologiyasi



Download 10,39 Mb.
bet63/103
Sana01.01.2022
Hajmi10,39 Mb.
#294013
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   103
Bog'liq
ChDPI T-D Word

Sakldor sirtlarga ishlov berish texnologiyasi.

Reja:

1.Shakldor sirtlarga yo’nish va parmalash orqali ishlov berish.

2.Shakldor sirtlarga frezalash, randalash va sidirish usullari bilan ishlov berish

3.Shakldor sirtlarga jilvirlash usulida ishlov berish.

4.Dastur bilan boshqariladigan dastgohlarda shakldor sirtlarga ishlov berish.
Shakldor sirtlarga o’z shakli bilan tekislikdan, silindr va konusdan farq qiladigan sirtlar kiradi.

Aylanma sirt shaklidagi detallar(masalan, shakldor dasta) va to’g’ri chiziqli sirt shakldagi detallar (masalan,kulachokli shayba) eng ko’p uchraydi.

Fazoda egri chiziqli shakldor sirtga ega bo’lgan detallar ko’plab uchraydi( masalan,turbine kuraklari,samolyot propellerining parragi va boshqa).

Shakildor sirtlargaishlov berishning quyidagi usullari mavjud:



  1. Ishlov beriladigan sirt shakliga ega bo’lgan shakldor asbob yordamida ishlov berish;

  2. Nusxakash moslamada yoki ishlov beriladigan zagotovkaga nisbatan normal asbobga qo’l yordamida egri chiziqli harakat berish orqali ishlov berish;

  3. Sonly dastur bilan boshqariladigan dastgohlarda ishlov berish.

Shakildor sirtlarga yo’nish va parmalash orqali ishlov berish munkin.

Katta uzunlikka ega bo’lmagan shakildor sirtlar,odatda, tokarlik dastgohlarida shakildor keskichlar yordamida yo’niladi.Shakldor keskichlar sterjenli, prizmatik va dumaloq bo’ladi.Shakildor keskich qirindini kengoladi,bu esa ishlov berilayotgan detalning titrashiga sabab bo’ladi. Titrashni yo’qotish yoki kamaytirish uchun kichik surish va kichik kesish tezligi qo’llaniladi,bunda kesuvch asbob emul’siya va moy bilan sovitilib turiladi.

Detal diametriga( 10mm dan 100 mm gacha) va keskichning kengligiga ( 8 mm dan 100 mm gacha) qarab surish 0,01 –0,08 mm/ayl qiymatda olinishi mumkin.Detal diametri qancha kichik bo`lsa va keskich kengligi qancha katta bo`lsa, surish shuncha kichik qiymatda qabul qilinadi. Ko`rsatilgan surish bo`icha shakldor sirtlarni yo`nishda kesish tezligi tashqi tsilindrik sirtlarni yo`nishdagi kesish tezligidan past bo`ladi va taxminan 25 - 40 m/min ni tashkil etadi.

Shakldor sirtlarni yo`nish unumdorligini va aniqligini oshirish maqsadida andoza bo`icha yo`nish amalga oshiriladi.

Dastani nusxakash yordamida yo`nish. Tortqiga mahkamlangan rolik support bilan birgalikda bo`ylama harakatni amalga oshiradi. Shu bilan birgalikda rolik nusxakas ning plastinkalari orasida hosil bo`lgan ariqchalar ichida egri chiziq bo`icha harakatlanadi va ko`ndalang yo`nish bo`icha support salazkasini keskich bilan birgalikda harakatlantiradi. Keskich rolik harakati bo`icha ergashadi va shunday qilib, nusxakash shakliga to`g`ri keluvchi shaklni detal sirtiga ko`chiradi.

Detallarning shakldor sirtlari ba`zida bir tomonli nusxakash yordamida yo`niladi. Bunday hollarda dastgoh staninasining orqa tomondan tros yordamida osib qo`ilgan va karetka bilan birgalikda suriladigan rolikli yuk yordamida nusxakash tortiladi . Nusxakash plitaga mahkamlangan o`qda aylanadi.

Porshenning sferik sirtini nusxakash rolik va prujina qo`llab yo`nish.

Yangi konstruktsiyadagi tokarlik dastgohlarida shakldor sirtlarga maxsus (gidro nusxakash yoki elektro nusxakash) moslamalarda avtomatik ravishda ishlov beriladi.

Yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda konussimon sirtlarga 1721 va 1731 modelli ko`p keskichli dastgohlardaa ikkala supportidan foydalanib ishlov berish mumkin.

Vertikal parmalash dastgohlarida mahsus shakldor asbob yordamida shakldor sirtlarga ishlov beriladi. Detalda shakldor teshik hosil qilishda avval teshik parmalanib, keyin shakldor peroli parma yordamida teshikda kerakli shakl hosil qilishi mumkin.


Shakldor sirtlarga frezalash, randalash va sidirish usullari bilan ishlov berish
Frezalash. Disk turidagi detallarning yopiq sirtlari va yopiq bo`lmagan to`g`ri chiziqli – shakldor sirtlari belgi bo`icha yoki nusxakash yordamida frezalash orqali ishlov beriladi. Ishlov berish, odatda, ikki harakat yordamida amalga oshiriladi. Bu harakatlarning bittasini dastgohning tegishli texnik surilishidan olinadi; ikkinchisi – nusxakashdan; nusxakashga har doim rolik bosib turiladi (yoki uning o`rniga detal).

Nusxakash bo`icha frezalashda asosiy harakat bo`lib stolning bo`ylama surilishi yoki dumaloq stolning aylanishi hisoblanadi. Ohirgi usul bilan frezalash .

Bu usul ishlov beriladigan detalda teshik mavjud bo`lsa, oson bo`ladi. Bunday teshik bo`lmasa, avval detalning birinchi yarmi, keyin esa ikkinchi yarmiga ishlov beriladi.

Dumaloq stolda mahkamlangan detal va nusxakash . Ishlov berish jarayonida chervyakli uzatma yordamida stol asta-sekin aylanadi. Stol dastgohning stoliga o`rnatilgan bo`lib, u ko`rsatilgan strelka yo`nalishi bo`yicha harakatlanishi mumkin. Nusxakash roli ga yuk ta`sirida bosiladi.

Iizdan izdan boruvchi tizimning sxemasi. Bu shakldor sirtlarni ko`plab frezalash dastgohida frezalashda qo`llaniladi. Izdan boruvchi barmoq (yoki rolik) nushakash (yoki detal) bo`yicha harakatlanadi, u asosiy yo`nalishiga nisbatan perpendikulyar yo`nalishda qo`shimcha harakat oladi. Barmoqning qo`shimcha harakati nusxakash –o`lchovi mexanizm orqali kuchaytiruvchi moslamaga t a`sir qiladi (suyuqlik, havo yoki elektr ta`sirida), u elektron rele va boshqa maxsus qurilma yordamida ijro etuvchi moslamaga nusxakashning barmoqqa sezilarsiz ta`sirini etkazadi (gidravlik tsilindrlar, elektromehanik tizimlar va boshq.) Kengaytiruvchi moslama kesimdagi surish bosimini engib ishlov beriladigan detal stoli bilan birgalikda yoki asbob bilan birgalikda shpindel kallagini izidan boruvchi barmoqning qo`shimcha harakati kattaligida suradi. Bunday turdagi dastgohlar ko`p shpindelli qilib ham tayorlanadi.

Randalash. detalning yo`naltiruvchi sirtlaridagi moylovchi ariqchalarini bo`ylama randalash dastgohlarining stoliga o`rnatilgan nusxakash yordamida randalash .

Detallardagi bo`rtiq sirtlarini bo`ylama randalash dastgohning stoliga o`rnatilgan moslamaning kronshteyniga mahkamlangan randa yordamida randalash..

Sidirish. Yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda ba`zi bir shakldor sirtlar sidirgichlar yordamida ishlov beriladi.

Ommaviy ishlab chiqarishda mayda va o`rtacha kattalikdagi detallarning shakldor sirtlariga yuqori unumdorlikka ega bo`lgan karuselli va tonelli sidirish dastgohlarida ishlov berish mumkin.
Shakldor sirtlarga jilvirash usulida ishlov berish
Shakldor sirtlar shakldor dumaloq jilvirtosh doirasi hamda nusxakash yordamida jirvirlanadi.

Ko`ndalang surish orqali shakldor dumaloq jilvirtosh doirasining tegishli shakli maxsus moslamada aylanadigan olmos yordamida olinadi. Dumaloq jilvirtosh doirasini shakllantirishda yoyning markaziy burchagining kattaligi olmos mahkamlangan qisqich diametri bilan chegaralanadi.

Bo`rtiq sirtni nusxakash yoramida jilvirlash. Nusxakash detalni stolni bo`ylama surilishida ko`ndalang yo`nalish bo`yicha siljitadi.

Tebranish burchagi

Patronga mahkamlangan zoldirli podshipnikning tashqi halqasi ariqchasining markazi atrofida jilvirtosh doirasining dumalash harakati yordamida shakldor sirt jilvirlanadi, ya`ni dumalash radiusi ariqcha radiusiga teng bo`ladi. Shu usul bilan har qanday radiusli sferik sirtni ham jilvirlash mumkin.

Shakldor sirtlarni markazsiz jirvirlash dastgohlarida ham jilvirlash; etaklovchi jilvirtosh doirasi.

Shakldor sirtlarni abraziv tasmalar yordamida ham jilvirlash mumkin.
Dastur bilan boshqariladigan dastgohlarda shakldor sirtlarga ishlov berish
Metall kesuvchi dastgohlarni dastur bilan boshqarishning turli tizimlari dasgohning ijrochi organlarining harakatini berilgan dastur bo`icha ishlov berish jarayonini bajarishda zarur bo`lgan avtomatik sozlash uchun xizmat qiladi.

Eng oddiy tizim “to`g`ri burchakli” tsikl bo`icha boshqarish tizimidir. U umumiy maqsaddagi 6L 12P va 6L82T modeli frezalash dastgohlarida ishlatilgan. Bu tizimda asbob va ishlov beriladigan ketma-ketlikda to`g`ri burchakli koordinatalarda ro`y beradi, chunonchi har bir ishlov berish momenti bittadan koordinata bo`icha boradi. Ishlov beriladigan sirt shakliga qarab ijro etuvchi organlarning harakatlanish ketma-ketligi bilan aniqlanuvchi to`g`ri burchakli tsikllar variantlari turlicha bo`lishi mumkin. Shunday qilib, frezalash dasgohlarida turli hildagi shakldor sirtlarga ishlov berish mumkin.

Ishchi surish, tez yurish bir vaqtning o`zida asbobni olib ketish bilan tez yurish harakatlaridan tashkil topgan to`g`ri burchakli tsikllarning turli variantlari:. Detalning yassi sirtini ikki marta o`tishda ishlov berish uchun harakatlar sikli ;pog`onalarning balandligi bir xil bo`lgan pog`onali sirtga ishlov berish uchun; pog`onalarning balandligi har xil bo`lgan pog`onali sirtga ishlov berish uchun va chiqiqlarga ega bo`lgan silindrik sirtni ishlov berish uchun harakatlarning sikllari .

Yuqoridagi dastur bilan boshqariladigan frezalash dastgohlari richag, kronshteyn, qopqoq, asboblarning korpuslari va shunga o`hshash detallarning o`rta va mayda quymalariga ishlov berishda keng qo`llaniladi; ishlov berish jarayoni to`liq avtomatlashgan ishchi tsiklda amalga oshadi, dastgohda ishlovchi ishchi faqat zagotovkani o`rnatib, tayor detalni olib turadi. Bunday dastgohlarning unumdorligi oddiy frezalash dastgohlaridan 30-50 % yuqori bo`ladi.

Detal shaklining murakkabligi va talab qilingan ishlov berish aniqligiga qarab dasturni sozlash uchun 0,5-2 soat vaqt sarflanadi.

Nazorat uchun savollar:

1.Shakldor sirtga qanday sirtlar kiradi?

2.Nima uchun har qanday sirtlarga ishlov berishda shakldor keskichlardan foydalanib bo`lmaydi?

3.Shakldor keskich yordamida ishlov berishda kesish rejimi qanday tanlanadi?

4.Shakldor sirtlarga qaysi usulda ishlov berish maqsadga muvofiq bo`ladi?

5.Shakldor sirtlarni jilvirlash qanday amalga oshiriladi?

6.Dastur bilan boshqariladigan dastgohlarda shakldor sirtlarga ishlov berishning mohiyati nimadan iborat?

6.Dastur bilan boshqariladigan dastgohlarda shakldor sirtlarga ishlov berishda unumdorlik qancha oshadi?




Download 10,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish