Ishning borishi.
Uzunligi 10-12 sm, diametrik 0.7 sm bo’lgan shisha nayning
bir tomonini sellofan bilan berkitiladi. Shisha naychaga 5-6 tomchi oqsil eritmasidan
va 2-3 tomchi osh tuzi eritmasidan quyiladi. Keyin shisha naycha 2-3 ml suvi bo’lgan
probirkaga tushuriladi. 10-15 minut o’tgach shisha naycha olinadi va distillangan
suvda xloridlar va oqsil bor yoki yo’qligi tekshiriladi.
Xloridlarni aniqlash uchun distillangan suvda 0.5 ml probirkaga solib, ustiga
kumush nitratning 1% li eritmasidan 0.2 ml qo’shiladi. Bunda kumush xlorid
cho’kmaga tushadi.
Oqsillarni aniqlash uchun biuret reaksiyasidan foydalaniladi. Buning uchun
distillangan suvdan 0.5 ml olib, uning ustiga natriy gidroksidning 20% li eritmasidan
0.5 ml va mis sul’fatning 2% li eritmasidan 5-10 tomchi qo’shiladi. Binafsha rang
hosil bo’lmaganligi oqsil yo’qligidan darak beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |