Oqsillarni organik erituvchilar bilan cho’ktirish.
Organic erituvchilar (spirt, efir,aseton va boshqalar) ta’sirida oqsil
makromolekulasining suvli qobig’i (gidrosferalari) buziladi, ya’ni denaturatsiyaga
uchraydi, natijada eritmadagi oqsillarning eruvchanligi kamayadi va oqsil cho’kmaga
tushadi. Oqsil eritmasida tuz ishtirok etsa (
NaCl
), kalloid zarachalarning zaryadini
o’zgarishiga olib keladi, bu hol oqsil eritmalarning chidamligini yanada kamaytiradi.
Cho’ktirish spirt (xloroform) bilan sovuq sharoitda olib borilsa, hosil bo’lgan oqsil
cho’kmasi suvda eriydi, ya’ni bunda oqsil xossalari o’zgarmaydi, denaturatsiyaga
uchrashga ulgurmaydi. Agar oqsil uzoq vaqt spirtda tursa, denaturatsiyaga uchraydi v
hosil bo’lgancho’kma suvda, neytral tuzlar eritmasida erimaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |