Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti 3-bosqich boʻM 19/2 guruh talabasi muxtorova madina bahodirjon qizining biologiyadan masala va mashqlar yechish fanidan mustaqil ishi mavzu


Bir xil miqdorda uglevod va yog‘dan tashkil topgan 50 gr ovqatning energiya miqdori qancha?



Download 68,5 Kb.
bet2/5
Sana07.07.2022
Hajmi68,5 Kb.
#752485
1   2   3   4   5
Bog'liq
masalalar

1. Bir xil miqdorda uglevod va yog‘dan tashkil topgan 50 gr ovqatning energiya miqdori qancha?
Yechilishi:
Oksidlanish natijasida hosil bo‘lgan uglevod va yog‘ning miqdori deyarli bir xil ya’ni 4,862 kkal,
4,862 kkal/g • 50 g = 243,1 kkal. Javob: 243.1 kkal


2.Agar ajralgan siydik tarkibida 8 g azot bo‘lsa, iste’mol qilingan ovqat tarkibida qancha oqsil bo‘lgan?
Yechilishi:
Buning uchun proporsiya tuzamiz
16 g azot - 100 g oqsil
8 g azot - x
x - 100* 8 : 16 = 50 g. . Javob: 50 g


3.Bunyodjonning bir sutkadagi oziq ratsionidagi moddalar parcihalanishidan hosil bo‘lgan eregiyadan 1200 kkal. si uning asosiy moddalar almashinuviga sarlanganligi ma’lum bo‘Isa:
a) uning tana massasi necha kg ekanligi;
h) uning ovqat hazm qilishga qancha energiya sarflaganini aniqlang.
Yechilishi:
a) Bir soatda 1 kg tana massasi uchun 1 kkal energiya sarf boiishini hisobga olgan holda quyidagi amallami bajaramiz:
1200 kkal: 24 s = 50 kg.
b) asosiy moddalar almashinuviga sarflangan energiyaning 10 % i ovqat hazm qilishga sarflanadi. Shunga asosan proporsiya tuzamiz.
1200 kkal -100 %
x =kkal - 10 %
x = 120 - kkal
Javob: a - tana massasi 50 kg; b - 120 kkal energiya sarflangan


4.Agar Agar odam bir kunlik ovqati tarkibida 120 g oqsil, 110 g yog1 va 400 g uglevod iste’mol qilgan bo‘lsa, bu oziq moddalardan jami qancha (kJ) energiya hosil bo‘ladi (a), o‘rtacha qancha (kJ) energiya tana haroratining doimiyligini saqlash uchun (b), oqsil va uglevodlar hisobiga qancha energiya hosil bo‘lishini (c) aniqlang?
Yechilishi:
Ushbu masalani yechish jarayonida darslikdagi oqsillar, yogiar va uglevodlar mavzusidan o‘rgangan bilimlarimiz asos boiadi.
1) Dastlab masala shartida berilgan har bir organik moddalar parchalanishidan hosil boiadigan energiya miqdorini (kJ) aniqlab olamiz. (Eslatma: oqsil va uglevodlaming lg parchalanganida 17,6 kJ va yog‘ning lg dan esa 38,9 kJ energiya hosil qiladi)
120 g oqsil* 17,6 kJ = 2112 kJ
110 g yog‘ • 38.9 kJ = 4279 kJ
400 g uglevod • 17,6 = 7040 kJ
2) Har bir organik moddadan hosil boigan energiya miqdorini aniqlab olganimizdan so‘ng, ulaming hosil qilgan energiyaning yig‘indisini topamiz.
2112 kJ+4279 kJ+7040 kJ = 13431 kJ ekanligi ma’lum boidi.
3) Umumiy energiyaning yig‘indisini anqlab olgandan keyin esa qancha (kJ) energiya tana haroratining doimiyligini saqlash uchun sarflanishini hisoblab topamiz. Bu uchun esa moddalar almashinuvidan hosil bo‘lgan energiyaning 1/3 qismi tana haroratining doimiyligini saqlash uchun sarflanishini eslashimiz lozim.13431 kJ : 3 = 4477 kJ bu miqdor umumiy energiyaning uchdan bir qismini tashkil etadi.
4) Endi oqsil va ulevodning qancha energiya hosil qilganligini aniqlash uchun umu-miy energiyadan yog‘lar hosil qilgan energiya miqdorini ayirish orqali topamiz.
13431 kJ dan - 4279 kJ = 9152 kJ ni taskil etishi ma’lum bo'ladi.
Javob: a) oziq moddalardan jami 13431 kJ energiya hosil bo‘lgan. b) tana haroratining doimiyligini saqlash uchun 4477 kJ energiya zarur. c)oqsil va uglevodlar hisobiga 9152 kJ energiya hosil bo‘lar ekan.


5.Rustam bir kecha-kunduzgi ovqati tarkibida 480 g uglevod, 120 g oqsil, 100 g yog' va 5-6 g tuz iste'mol qilishi kerak. Agar u rejim qoidasining quyi foiziga amal qilib iste’mol qilgan bo’lsa, kechki ovqatida ajralgan energiya miqdorini kkal da hisoblang.
Yechilishi.
Nazariy ma’lumotlardan ma’lumki (8-sinf «Odam va uning salomatligi» darsligi 27-paragrafini o’qing) ovqat tarkibidagi uch mahsulot: oqsil, yog’ va uglevod energiya beradi; uch mahsulot: suv, vitamin, mineral tuzlar energiya bermaydi. Har bir energiya beruvchi organik moddaning bir grami ma’lum miqdorda energiya ajratadi va bu ma’lumotlar darsliklarda kkal yoki kj ko’rinishida ifodalangan.

Energiya ajratuvchi organik modda

kkal koʻrsatkichda

KJ koʻrsatkichda

Oqsil

4.1

17.6

Yogʻ

9.3

38.9

Uglevod

4.1

17.6

Shu ma’lumotlardan foydalangan holda Rustamning bir kecha-kun￾duzgi ovqatdan ajralgan jami energiya miqdorini aniqlab olamiz:
480 g uglevod x 4,1 kkal = 1968
120 g oqsil x 4,1 kkal = 492 }1968 + 492 + 930 = 3390 kkal
100 g yog' x 9,3 kkal = 930
Demak, Rustam bir kecha-kunduz davomida iste’mol qilgan ovqatdan jami 3390 kkal energiya ajralib chiqadi. Endi masalaning ikkinchi qismida soYalayotgan jihatga e'tibor qaratamiz, bunda Rustam rejim qoidasining quyi foizi asosida ovqatlanishi aytilmoqda. Ovqatlanishning rejim qoidasi 8-sinf «Odam va uning salomatligi» darsligining 29-paragrafida berilgan:

Ertalabki nonushta

25-30%

Kechki ovqat

15-20%

Tushki ovqat

30-40%

Qoʻshimcha ovqat

10-15%

Jadvaldan foydalanib Rustamning kechki ovqatdan qancha energiya olganini aniqlab olish mumkin:
3390 kkal-------------- 100%
x -------------- 15%
x = 508,5 kkal Javob: 508,5 kkal


6. Temurning tana massasi 70 kg bo'lib, bir kunlik iste'mol qilgan uglevodidan hosil bo'lgan jami energiya 2050 kkalga teng. Ozuqadagi kunlik oqsil va yog' miqdori teng bo'lib, uglevod miqdori ulardan 2,5 martta ko'p. Biopolimerlardan ajralgan energiya miqdorini (kkal) aniqlang.
Yechilishi:
2050 / 4,1 = 500 g uglevod
500 / 2,5 = 200 g oqsil va yog'
Oqsil va yoʻgʻ miqdori teng.
200 / 2 = 100
100 • 4,1 = 410 kkal oqsil
100 • 9,3 = 930 kkal yog
2050 + 930 + 410 = 3390 jami energiya
Biopolimerlarga oqsil va uglevod kiradi. Yogʻ esa biomolekula
2050 + 410 = 2460

Download 68,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish