2-masala yuzasidan “Pedagogika va menejment” kafedrasi mudiri Jumanova Fatima Uralovna so’zga chiqib 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi doktori (Dsc) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertasiyasi “Yangi uyg‘onish davrida (Yangi O‘zbekiston sharoitida) bo‘lajak o‘qituvchilarda innovasion kompetensiyalarni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusining dolzarbligi, zarurati, maqsad vazifalari va ilmiy yangiligi haqida tushuncha berdi. prof U.I.Mahkamov. p.f.n, dos R.Musurmonov, pedagogika fanlari doktori D.Ximmatalievlar Jumanova Fatima Uralovnaning ilmiy tadqiqot ishi mavzusi ilmiy yangiligi yuzasidan o’zlarining fikrlarini bildirdi va bir ovozdan kafedra professor-o’qituvchilari ilmiy tadqiqot ishi mavzusini maqulladilar.
“Pedagogika va menejment” kafedrasi mustaqil izlanuvchisi Qodirov Ikrom Davronovichning falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi mavzusi: “Ta’lim klasteri doirasida talabalarning kasbiy kompetentligini shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari asosida rivojlantirish metodikasi” (tarix fani misolida) 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun olib borilgan tajriba-sinov ishlari dasturi bilan kafedra professor-o’qituvchilarini tanishtirdi. Ilmiy rahbari p.f.d, prof. J.E.Usarov mustaqil izlanuvchi Qodirov Ikrom Davronovich ilmiy ishining tajriba-sinov ishini o’tkazilganligini tasdiqladi va o’z takliflarini berdi.
“Pedagogika va menejment” kafedrasi mustaqil izlanuvchisi A.K Sharaxmatovaning ilmiy tadqiqot ishi bo’yicha muhokamasi bo’lib o’tdi va ilmiy ish mavzusi: “Talabalarni kredit-modul tizimi asosida pedagogik-psixologik adaptatsiya mexanizmlarini takomillashtirish” etib tayinlandi va ilmiy rahbarlikka R.Musurmonov tavsiya qilindi.
“Pedagogika va menejment” kafedrasi mustaqil izlanuvchisi J.F Ravshanov falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertasiyasi mavzusi “Tarix fanini o’qitish jarayonida o’quvchilarda tahliliy kompetensiyalarni shakllantirish metodikasini takomillashtirish(9-10 sinflar misolida) Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Tarix fani) pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun olib borilgan tajriba-sinov ishlari dasturi bilan kafedra professor-o’qituvchilariga ma’lumot berdi va dastur yuzasidan prof U.I.Mahkamov, pedagogika fanlari doktori D.Ximmatalievlar o’z fikr mulohazalarini bildirdi. Kafedra professor-o’qituvchilari tajriba-sinov ishlari dasturini bir ovozdan maqulladilar.
“Pedagogika va menejment” kafedrasi mustaqil izlanuvchisi A.M Suyarovning ilmiy tadqiqot ishi mavzusining muhokamasi bo’lib o’tdi. “Pedagogik ta’lim yo‘nalishi talabalarida bo‘lajak o‘qituvchilarning iqtisodiy tafakkurini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish texnologiyalari (ta’lim menejmenti fani misolida)” mavzusi tavsiya qilinib, ilmiy raxbar Shadmanov Baxodir Sherqulovich tayinlanishini kafedra mudiri Jumanova Fatima Uralovna tavsiya berildi va kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan maqullandi.