Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti psixologiya kafedrasi pedagogika va psixologiya kafedrasi


Xayol jarayonlarining nerv fiziologik asoslari



Download 6,52 Mb.
bet66/285
Sana31.01.2022
Hajmi6,52 Mb.
#419732
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   285
Bog'liq
УП УМК мажмуаси 2020

9.2.Xayol jarayonlarining nerv fiziologik asoslari
Xayol qilish jarayoni juda ham murakkab aks ettirish jarayoni bo‘lishiga qaramay, uning asosida yotgan fiziologik mexanizmlarni akademik
I.P. Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi ta’limoti asosida ma’lum darajada tushuntirib o‘tish mumkin. Xayolning nerv fiziologik asosida ham miyaning po‘stida ilgari hosil qilingan vaqtli aloqalarning (assostiastiyalarning) yana qayta tiklanib, bir-biri bilan yangicha qo‘shilish jarayoni yotadi. SHuni ham aytish kerakki, bosh miya yarim sharlarida ilgari hosil qilingan vaqtli aloqalar birin-ketin tiklanadilar va binobarin ularning qo‘shilishlari ham asta-sekin yuzaga keladi. Ana shuning natijasida bosh miyaning po‘stida inson o‘z shaxsiy hayotida hech qachon idrok qilmagan narsalarning obrazlari paydo bo‘ladi. Bu obrazlarning ko‘pi voqelikka mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi va natijada tormozlanib qoladilar. Boshqa birlari esa voqelikka to‘g‘ri kelganligi hamda inson faoliyati uchun miyadan yangi imkoniyatlar ochib bergani tufayli amaliy faoliyat natijalari bilan mustahkamlanadilar. Xayol qilish jarayoni hamisha nutq orqali amalga oshirilishi tufayli nutqning nerv-fiziologik asosida ikkinchi signallar tizimining faoliyati ham faol qatnashadi. Bundan tashqari xayol qilish jarayonida diqqat, xotira, tafakkur va iroda jarayonlari ham ishtirok qiladi. Ana shu nuqtai nazardan olganda xayolning (xususan ijodiy xayolning) nerv fiziologik mexanizmlarni to‘la tushuntirib berish uchun etarli ilmiy ma’lumotlar yo‘q. Hozirgi kunda fan va texnikaning juda tez temp bilan rivojlanishi ijodiy xayol jarayonining oldiga katta vazifalar qo‘ymoqda. Masalan, kosmik fazoni zabt etish, insonning oyga chiqishi, murakkab aqlli mashinalarning yaratilishi va shu kabilar inson tafakkuri hamda ijodiy xayolning yuksak taraqqiyoti natijasida qo‘lga kiritilmoqda.
Odamning uyg‘oq paytida yuzaga keladigan xayol jarayoni ma’lum darajada tartibot va ixtiyoriy xarakterga ega bo‘ladi. SHuning uchun odam o‘zining xayol qilish jarayonini oldidagi maqsad va vazifalarga bo‘ysindira oladi. Odam o‘zining bilimlari, tushunchalariga asoslangan holda xayoliy obrazlarning paydo bo‘lishini idora qila oladi.
Bosh miya katta yarim sharlarining barcha tomonlari tormozlanib, odam uxlagan paytida ham xayol tush ko‘rish shaklida yuzaga keladi. Odatda odam uxlay boshlagan paytida ikkinchi signallar tizimining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan nerv hujayralari hammadan oldin tormozlanadi. Uyqu bilan bog‘liq bo‘lgan tormozlanish jarayoni miyaning hamma joyiga baravar ravishda tarqalmaydi. Natijada ayrim joylar tormozlanmasdan qoladi va kutilmagan darajada ajoyib munosabatlarga kirisha boshlaydi. Ana shuning uchun tush ko‘rish ikkinchi signallar tizimining nazoratisiz juda betartib, pala-partish ravishda yuzaga keladigan assostiastiyalardan iborat bo‘ladi.

Download 6,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish