Trening maqsadi: Treningni yakunlash, ijobiy ustanovkalarni mustahkamlash.
Ishtirokchilar uchun topshiriqlar:
1. Trening mavzusidan kelib chiqib stress va stressogen vaziyatlarning ijobiy va salbiy jihatlarini baholang.
2. Trening mashg‘ulotlani yakuniga tayyorgarlik ko‘ring va fikrlaringizni havola eting.
Mashqlar.
1. Eksperimentlarning birida bir guruh o‘quvchilarga beshta arifmetik vazifani bajarish topshiriqi berildi. Boshqa bir eksperimentada shu o‘quvchilarga topshiriq berilgach, 15 daqiqa o‘tgach analogik vazifani o‘ylab topish vazifasi ham berildi. Eksperiment tugagach, ikkala guruhdan ham berilgan topshiriqlarni esga tushirish so‘raldi. Qaysi guruh yaxshi eslab qoladi va nima uchun?
2. O‘tgan materilni xotirada yaxshi saqlab qolish uchun o‘qituvchilar sizlarga qanday maslahatlar berishgan? Ulardan tashqari sizning o‘zingizning individual esda saqlash va esga tushirish usulingiz bormi?
Do'stlaringiz bilan baham: |