Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti psixologiya kafedrasi pedagogika va psixologiya kafedrasi



Download 6,47 Mb.
bet177/181
Sana30.05.2022
Hajmi6,47 Mb.
#619950
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   181
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Trening maqsadi: Ishtiroqchilarda ijobiy ustanovkalarni tarkib toptirish, shakllangan ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash.
5-mashg‘ulot.
«So‘nggi uchrashuv» mashqi
Mashqning borishi: trener tomonidan ishtirokchilarga quyidagicha ko‘rsatma beriladi; “Tasavvur qilingki, bizning mashg‘ulotlarimiz tugadi va siz xayrlashdingiz. Lekin gaplaringizni bir-biringizga ayta oldingizmi? O‘zingizning tashvishlaringizni guruh bilan bo‘lishishingizni unutgandirsiz? YOki shunday bir aniq qatnashuvchi bormiki, o‘zingiz haqingizdagi fikrini bilishni xohlardingiz? Sizning yana bir imkoniyatingiz bor, o‘tilgan mashg‘ulotlarda qila olmagan ishlaringizni qilishingiz mumkin. Bugungi qarorlaringizni ertaga qoldirmang, hozir va shu erda qiling”.
SHarh: Bu etyudni to‘laligicha tasavvur qilish uchun qorong‘u xonada mo‘zikani asta qo‘ying, qatnashuvchilarning bo‘shashiga, ko‘zlarini yumishga va o‘tgan mashg‘ulotlarni eslashga imkon bering.
Trening maqsadi: Treningni yakunlash, ijobiy ustanovkalarni mustahkamlash.
Ishtirokchilar uchun topshiriqlar:
1. Trening mavzusidan kelib chiqib stress va stressogen vaziyatlarning ijobiy va salbiy jihatlarini baholang.
2. Trening mashg‘ulotlani yakuniga tayyorgarlik ko‘ring va fikrlaringizni havola eting.
Mashqlar.
1. Eksperimentlarning birida bir guruh o‘quvchilarga beshta arifmetik vazifani bajarish topshiriqi berildi. Boshqa bir eksperimentada shu o‘quvchilarga topshiriq berilgach, 15 daqiqa o‘tgach analogik vazifani o‘ylab topish vazifasi ham berildi. Eksperiment tugagach, ikkala guruhdan ham berilgan topshiriqlarni esga tushirish so‘raldi. Qaysi guruh yaxshi eslab qoladi va nima uchun?
2. O‘tgan materilni xotirada yaxshi saqlab qolish uchun o‘qituvchilar sizlarga qanday maslahatlar berishgan? Ulardan tashqari sizning o‘zingizning individual esda saqlash va esga tushirish usulingiz bormi?

SHAXS VA PSIXOLOGIK VAZIYATLAR
(Siz qanday odamsiz?)
Quyidagi savollarga javob berib ko‘ringchi, qanday odam ekansiz.
1. Tasavvur qiling siz o‘rmondasiz. Atrof-muhitni tasvirlab bering. (fasl, ob-havo, kunning qaysi payti: ertalab, kunduz, kechqurun)
2. Manzilingizga etishingiz uchun sizda 2 yo‘l bor. Birinchisi-uzoq vaqt ketsa ham tekis, ravon yo‘ldan borasiz yoki qisqa, lekin so‘qmoq yo‘lni tanlaysiz.
3. Yo‘lda ketayotganingizda oldingizdan zanjirband, yaralangan ayiq chiqib qoldi. U sizga yalinuvchan ko‘zlar bilan “qutqar” degandek tikila boshladi. Sizning unga juda rahmingiz keldi, ammo shuni yaxshi bilasizki, qutulgach ayiq sizga hamla qilishi mumkin. Harakatingiz:
a) xavfli bo‘lishiga qaramay uni albatta qutqaraman;
b) juda achinaman, lekin yordam berolmayman, nima bo‘lganda ham “jon shirin”.
4. Yo‘lingizda davom etayapsiz, birdaniga qonxo‘r, badjahl, och bo‘ri sizga tashlanmoqchi bo‘ldi. Siz:
a) orqa-oldimga qaramay vaqt borligida qochib qolaman, axir bo‘ri bilan teng kelib bo‘ladimi;
b) bo‘rini ko‘ziga tik boqib, dadil ko‘rashaman.
5. Judayam qorningiz ochdi, afsuski yoningizda yoyishga hech vaqo yo‘q. Atrofga qaragan edingiz daraxtda judayam chiroyli, qip-qizil, g‘arq pishgan olmani ko‘rib qoldingiz. Lekin o‘rmonga ishonib bo‘ladimi, olma zaharli bo‘lsachi?! Nima qilgan bo‘lardingiz?
6. Endi tasavvur qiling, cho‘lda yurgandek chanqadingiz, oldingizdan ko‘lmak suv chiqib qoldi. Suvni ichasizmi yoki yo‘qmi?
7. Yo‘lda ketayotib chiroyli otlar to‘dasiga duch keldingiz, ular bemalol ovqatlanib, o‘ynab yurishibdi. Sizning harakatingiz...
8. O‘rmon ichida ajoyib kulbaga ko‘zingiz tushdi. U sizni juda qiziqtirib qoldi, ammo uning ichida kimlar yoki nimalar borligini bilmaysiz. Nima qilasiz?
9. Oldingizdan osmondek musaffo, zilol suv chiqib qoldi. Siz qanday harakat qilgan bo‘lardingiz?
10. Manzilingizga yaqinlashib qoldingiz, yo‘lda devorga duch keldingiz. U unchalik baland emas, ya’ni sakrab o‘tsa bo‘ladi, uzun ham emas, aylanib o‘tsa bo‘ladi. Siz nima qilgan bo‘lardingiz?
Javoblar:
1. O‘rmon - bu inson hayoti: fasl-o‘tmishi, kunning payti esa hozirgi davri.
Masalan, “Kuz. Havo bo‘lut, lekin quyosh chiqmoqchi bo‘lib turibdi, Atrofda mayin shamol esib, qushlarning sayrashi eshitilmoqda, hozir peshin xavo juda yoqimli...” desa, demak uning o‘tmishida biroz ko‘ngilsizliklar bo‘lgan, ammo hozirga kelib ular unut bo‘lib bormoqda, hayoti qiziqarli va mazmunli tus olib bormokda.
2.“Tekis” yo‘lni tanlagan inson qiynalib bo‘lsada, o‘z maqsadi tomon halol yo‘llar bilan borishga intiladi, undaylar hayotda unchalik tavakkalchi bo‘lavermaydilar, shuning uchun ham ba’zida o‘ylagan maqsadlarini amalga oshirolmay qoladilar.
“So‘qmok” yo‘lni avzal ko‘ruvchilar esa maqsadga etish yo‘lida hech narsadan tap totmaydilar. Unday insonlardan xavfli raqib chiqadi, lekin bu degani ular yomon odamlar toifasidan degani emas.
3. Ayiq - sizning yordamga muhtoj do‘stingiz;
4. Bo‘ri - dushmaningiz;
5. Olma - o‘zga jins vakillariga bo‘lgan ishonchingiz yoki qisman munosabatingiz;
6. Ko‘lmakdagi suv - sabru-toqat belgisi;
7. Otlar - bu qarama - qarshi jins vakillari. Masalan, siz otlar ichidan eng chiroylisini tanlab olsangizu, lekin oldiga borishdan qo‘rqsangiz, demak siz bu borada ikkilanuvchansiz. Qachon o‘zi kelarkan, deb kutib o‘tiraverasiz, olma pish og‘zimga tush qabilida ish ko‘rasiz va shu “ikkilanuvchanligingiz” oqibatida baxtingizni qo‘ldan chiqarib yuborishga ham tayyorsiz...
8. Kulba - bo‘lajak oilangizga bo‘lgan munosabatingiz...
9. Zilol suv – boylikka qay darajada qiziquvchanligingiz...
10. Devor – hayotda yuz berishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar. Agar siz aylanib o‘tsangiz, demak bir burchakda qo‘l qovushtirib, ushbu noxushlik o‘tib ketishini kutasiz. Agar sakrab o‘tsangiz, siz “temirni issig‘ida bos” deydiganlar toifasidansiz. Noxushliklarga dadil, yuzma-yuz javob bera olasiz. Ushbu qat’iyatliligingiz albatta sizga omad keltiradi.

UMUMIY PSIXOLOGIYA ”FANIDAN TALABALAR BILIMINI REYTING TIZIMI






Download 6,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish