Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti



Download 15,71 Mb.
bet44/87
Sana26.02.2022
Hajmi15,71 Mb.
#471259
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   87
Bog'liq
PED NAZ UMK 1

Vatan ravnaqi.
Vatan insonning kindik qoni to`kilgan tuproq, uni kamol toptiradigan tabarruk maskandir. U ajdodlardan avlodlarga qoladigan buyuk meros, eng aziz xotira. Vatan ota-bobolarimizning hoki-poklari jo bo`lgan zamindir.Vatan insonning g`ururi timsoli. Har kim Vatani misolida o`zining, xalqining baxtini ko`radi, uning tabiati, havosi, odamlari yoshligimizdan har birimizni ma`naviyatimiz, fazilatlarimizni shakllantirishga xizmat qiladi. Vatan ozod bo`lsa, xalq ham ozod. Vatan ravnaq topsa, xalq ham farovon bo`ladi.Vatan inson uchun eng muqaddas maskan hisoblanadi. Shuning uchun Prezident Islom Karimov: “Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir”,- degan. Shoirlarimiz Vatanni inson hayotining ma`no - mazmunini belgilaydigan qadriyat deb bilgan. Chunonchi, buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy “Vatan tarkini bir nafas aylama, yana ranji g`urbat xavas aylama” deb nasixat qilganlar, ya`ni shoir Vatandan tashqarida baxt ham, tole ham yo`q, Inson faqat o`z yurtida murodga yetadi, demoqda.
Vatan haqidagi hikmatli so`zlar, maqollar, ta`rifu tavsiflar ko`p.
Odamlar o`z yurtini faqat boyliklari uchun sevmaydi.Har bir yurtdoshimiz “ Men nechun sevaman O`zbekistonni?” degan teran ma`noli savoliga o`zi javob topishi, ona tuprog`i xosiyatini qalban his etishi kerak.Vatanning ravnaqi deganda, mamlakatimiz hayotining hamma sohalari bo`yicha rivojlanish va yuksalishini, mamlakatimizning jahondagi obro`-e`tibori yanada ortishini tushunamiz. Bugungi kunda Vatanimizning ravnaq topishi uchun yurtimizda tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Birinchi galda, iqtisodiyot rivojiga muhim ahamiyat berilmoqda. Chunki har qanday yuksalishning asosi iqtisodiy taraqqiyot bilan belgilanadi, Mamlakatimizning mustaqillik yillarida neft mustaqilligi va g`alla mustaqilligini qo`lga kiritgani, avtomobilsozlik sanoatiga ega bo`lgani, iqtisodiyotning boshqa ustuvor tarmoqlarida ham salmoqli natijalarga erishgani, Ozodlik Vatan ravnaqining muhum sharti ekanligini yaqqol tasdig`idir.
Shuningdek, bugungi kunda mamlakatimiz ta`lim tizimi kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida takomillashtirilayotgani ko`plab litsey va kollejlar barpo etilayotgani, barcha o`quv yurtlarida ta`lim sifati ortayotgani, iqtidorli yoshlarning jahondagi nufuzi universitetlarga o`qishga yuborilayotgani, sog`lom va barkamol avlod tarbiyasiga, xalqning ma`naviy yuksalishiga katta e`tibor berilayotgani kelajakda yurtimiz taraqqiyotini ta`minlashda muhum ahamiyat kasb etadi. Vatanni ravnaq topdirish uchun asosiy shartlari quyudagilardan iborat: mamlakat mustaqilligi va tinchligi; davlatning yer osti va yer usti boyliklaridan samarali foydalanish, ajdodlarimizning boy me`rosini kelajak taraqqiyoti uchun xizmat qildirish, jamiyatning moddiy va intellektual salohiyatini, mehnatkash va bunyodkor xalqning ijodkorlik dahosini yanada oshirish va hokazo.
Bizning mamalakatimizda shartlarning hammasiga to`liq javob beradigan imkoniyatlar mavjud.Shuning uchun vatanimiz taraqqiyoti o`z qo`limizda. Biz fidoiy bo`lsak Vatanimiz chaqirig`iga “labbay” deb javob beradigan farzandlar sifatida voyaga yetsak, yurtimiz yanada taraqqiy etadi. O`quvchi yoshlarga o`zbek urf-odatlarimiz va fazilatlarimizni singdirish zarur. Fazilatlardan biri - Milliy g`urur hisoblanadi. Vatanparvarlik tarbiyasi oiladan, ona sutidan boshlanadi. Bu tarbiya insonni tug`ilganidan boshlab uzoq davom etadigan jarayondir. Vatanparvarlik bugungi talabga javob bermayapti. Vatan bu ruhiy tushunchadir, Vatan bu - tilimizda, urf-odatlarimizda namoyon bo`ladi. Yoshlarni tarbiyalash bilan birga kattalarni ham qanday tarbiyalaymiz, biz birinchi navbatda o`z -o`zimizni tarbiyalashimiz kerak.

Download 15,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish