II.2 Sosoniylar madaniyati , urf-odatlari, Zardushtiylik , Mazdakiylik harakati.
Sosoniylar davri madaniyati. Sosoniylar davrida madaniyat ancha rivoj topgan. Bu madaniyatning ravnaqida Qadimgi Eron, Parfiya, Bobil, Ellin va boshqa xalqlar madaniyatining taʻsiri kuchli boʻlgan. Sosoniylar davlati kuchaygan davrda meʻmorchilik va boʻrtma naqshli rasm-tasvirlar ishlash birmuncha rivojlangan. Ustalar sosoniy shohlari, nufuzli kishilar, sarkardalar uchun ajoyib saroylar, muhtasham binolar qurganlar. Sosoniylar davrida zardushtiylik ibodatxonalari qurilishiga ham katta eʻtibor berilgan, chunki zardushtiylik davlat dini sifatida qabul qilingan edi.
Sosoniylar davrida xalq ogʻzaki ijodiyoti va badiiy adabiyot ancha rivoj topgan. Bu jihatdan Abulqosim Firdavsiyning «Shohnoma» asari diqqatga sazovordir. Doston Qadimgi Eron afsonalari, ertaklari va tarixiy voqealari asosida yaratilgan. Unda Eron va Turon xalqlarining toʻrt-besh mingyillik tarixi haqida hikoya qilinadi. Dostonning juda katta qismi bevosita sosoniylar davri tarixiga bagʻishlanib, ularning taxtga chiqishidan Yazdigird podsholigigacha boʻlgan tarixiy voqealar sheʻriy yoʻl bilan juda qiziqarli ravishda ifoda etilgan.
«Avesto» ham oʻsha davrning eng nodir asarlaridan biri hisoblanadi. U zardushtiylik dinining muqaddas kitobidir. «Avesto» faqat muqaddas diniy kitob boʻlibgina qolmay, tarixiy kitob hamdir. Bu kitobda Oʻrta Osiyo, Eron va qoʻshni mamlakatlarning tabiati, aholisi, geografiyasi, tarixi va madaniyati haqida koʻp maʻlumotlar bor. «Avesto»da sosoniylar hukmronlik qilgan davrda yashagan turli qabilalarning diniy eʻtiqodi haqida ham qiziqarli maʻlumotlar berilgan.
osoniylar musiqa madaniyati va umuman, Eron musiqasi tarixi xususida taniqli musiqashunos olim M.Barkeshli o’zining "Eron dastgohlari" kitobida batafsil fikr yuritgan. Ushbu kitobda bu o’lkaning klassik musiqasi (maqomlari) bo’lmish 7 ta dastgohlarning nota yozuvlari ular haqidagi tarixiy va ilmiy-nazariy izohlar bilan berilgan. Bu izohlar fors va fransuz tillarida bayon qilingan. Ayni paytda kitob M.Ashrafiy muzeyida saqlanmoqda. Muso Ma’rufiy va mohir sozanda va musiqashunos olim Darvesh Safvutalar "Ustodoni musiqiy Eron va alhoni musiqiy Eron", (fors tilida Tehronda nashr etilgan) Eron musiqasi tarixini keng bayon etadilar. Eron musiqa san’ati shu davrga kelib gullab yashnagan. Musiqa namunalari bilan birga turli adabiy, falsafiy, tarixiy va ilmiy risolalar yuzaga kelgan. Musiqa shunchalik keng rivoj topdiki, u boshqa xalqlar musiqa madaniyatiga, ham o’z ta’sirini ko’rsatgan edi.
Tarixiy manbalarda bayon etishlaricha, bu davrning alohida shaxslari tarixiy asarlar yaratishga, o’z ijrolari, musiqiy ohanglariga yangilik kiritishga muyassar bo’lib, avlodlar tomonidan doim esga olib kelinadi. Shulardan biri Darvesh Ali Changiyning musiqiy risolasida keltirilgan Bahromdir. U og’zaki ijodiyotda, doston va rivoyatlarda Bahrom Go’r (420-475 yillar) nomi bilan mashhur bo’lgan. Risolada yozishlaricha, u mislsiz iste’dod sohibi bo’lgan. Shu davrda 6 ta yangi usullar yaratilgan edi. Shulardan ikkitasi Bahrom Go’r tomonidan ijod qilingan. “Du-yak”usuli ham mohir chang ijrochisi Ozodvorga mansubdir.
Sosoniylar davri musiqa san’ati, Eron musiqa madaniyatiga katta o’zgarishlar olib keldi. Ijrochilar ham, ijod ham o’ziga xos murakkab “kasbiy” deb ataluvchi yo’nalishga xos burilish yasadi. Ya’ni kasbiy musiqa an’analari ijod jarayoniga kiritildi. Natijada, mohir va bilimli san’atkorlar, o’z kasbining ustalari mohir sozandalar ajralib chiqdi. Ular yaratgan musiqiy namunalar ham tarixga muhrlanib qolgan. Shu davrning mohir musiqachilaridan biz Romtin, Bamshod, Noqissa, Ozodvor, Sarkash va Borbad kabilarni misol qilishimiz mumkin. Ular orasida bo’lgan ijrochilik raqobati yoki ijodiy musobaqa negizida juda ko’p musiqiy namunalar yaratilgan. Musiqaning qadimiy "lahn", "parda", "doston", "roh", "xusravoniy" kabi nomlar bilan ataladigan musiqiy shakllari mavjud bo’lgan. Bu asarlar ana shunday sozandalarning ijodlarida shakllangan. Hattoki, ilk bor mumtoz musiqaning namunalari ham shu davrga kelib shakllana boshlangan.Qadimiy musiqaning mashhur turlaridan yana biri lahnlar turkumidir. Bu kuylarning nomlari va tartibi manbalarda turlicha keltiriladi. Firdavsiy "Shohnoma"da Borbad nomi bilan bog’liq 30 ta lahnning nomini keltiradi. Shuni ta’kidlash joizki, Borbad Marviy nafaqat eron musiqasi asoschisi, balki o’zbek-tojik mumtoz musiqasining bobokaloni hamdir.
Tarixiy manbalarda musiqiy cholg’ular xususida ham alohida ma’lumotlar keltirilgan. Ularga ko’ra Eronda qadimdan naysimon saffara, qo’shnayga o’xshashdunay, tanbursifat- pandora, urma cholg’ular - tabla va durrang kabi sozlar mavjud bo’lib, ud esa asosiy va mukammal cholg’ulardan biriga aylangan.
Keyinchalik esa eroniylarning rud, rubob, tor, barbat, tanbur, chang, nuzxa, mugna, shohrud, qonun, nay, mizmar, va surnay kabi cholg’ulari amaliyotda mashhur bo’lganligi borasidagi fikrlar manbalarda zikr etiladi. Bularning hammasi Sosoniylar davridagi musiqa madaniyatining ma’lum darajada rivoj topgani va bu jarayon o’z oqimida va shu o’lkalarga xos tarzda davom etganligini ko’rsatadi.
Eronda ham barcha xalqlar qatori, xalq musiqasi ikki ulkan yo’nalishga ega. Ya’ni, xalq hayoti tizimiga oid va urf-odatlariga asoslangan, asrlar osha qadriyatlarga aylangan folklor musiqasi va maqomot tizimiga kiruvchi kasbiy musiqa namunasi -dastgohlardir. Dastgohlargacha kasbiy musiqa va musiqa ijodiyoti ham o’z mezonida shakllanib rivojlangan.
Mazdakiylar harakati - Sosoniylar davlapptagi xalq harakati (5-asr 90-yillari 6-asr 20-yillari).
Gʻoyaviy rahbari —Mazdak. MazdakiSiik taʼsirida vujudga kelgan. Mazdakiylar harakati jamoa huquklarini qayta tiklash, yersuv va mol-mulkka barobar egalik qilish, hammaning teng huquqli boʻlishini taʼminlash uchun kurash shiori ostida boshlangan edi. Mazdakiylar harakatining boshlangich davrida sosoniylar podshosi Qubod 1 (488—531) bu harakatdan oʻz manfaatlari maqsadlarida foydalanishga intilgan va mazdakiylar yordamida yirik yer egalari, zodagonlar va zardusht kohinlari (mubodlar)ning mustaqilliklarini tugatmoqchi boʻlgan. Lekin Mazdakiylar harakati kuchayib ketishi, zodagonlar va ko-hinlarning mol-mulklarini tortib olinishi shohni choʻchitib qoʻygan. 528/ 529 y .Kubod I ning o'g'li Xusrav I Anushirvon Mazdakiylar harakatini shafqatsiz bostirgan va Mazdakni qatl ettirgan. Mazdakiylik ham Turonda keng tarqalgan. Uning asoschisi Mazdak (470-529) zardushtiylik koxinlari va zodagonlariga qarshi kurashga boshchilik qilgan. Uning ta’limotiga ko‘ra, olamda ezgulik, yorug‘lik manba’i bilan qorong‘ulik (johillik) o‘rtasidagi kurashda «yaxshilik» «yomonlik» ustidan g‘alaba qozonadi.Mazdakiylik g‘oyalari Eron va Turonda keng yoyilib, saltanat hamda boy-zodagonlar uchun xavf soladi. CHunki bu ta’limotga ko‘ra, o‘ziga tinch, boy odamlar nochor kishilarga yordam qo‘llarini cho‘zishlari kerak edi. Aks holda ular mulkining bir qismi zo‘rlik bilan qashshoqlarga olib berilardi. Mazdakiylik harakati bostirilib, Mazdak qatl etilgan bo‘lsa-da, ammo uning ta’limoti Eron, Turon, Ozarbayjon xalqlarini zulmga, adolatsizlikka qarshi kurashida qo‘l keldi. Moniy va Mazdak ta'limoti va uning mohiyati. III asrda Sosoniylar davlatida yangi din-moniylik vujudga keldi.
Moniylikning asoschisi Moniy Fatak (216-276) dir. U 216-yilda Taysafun (Ktesifon) yaqinida tavallud topgan. U onasi tomondan kelib chiqish aslzoda Eron urug‘idan bо‘lgan. Moniy 230-yilda Eron, О‘rta Osiyo, Hindiston bо‘ylab safar qilib, zardо‘shtiylik, buddaviylik, braxmanlik dinlari bilan va turli diniy ta’limotlar bilan tanishadi. 240-yildan boshlab Moniy о‘zining mustaqil ta’limotini targ‘ib qila boshlaydi. О‘z ichiga zardо‘shtiylik, buddaviylik, braxmanlik, xristianlik dinlarining ba’zi tomonlarini olgan bu ta’limot boshqa mamlakatlarda ham qiziqish uyg‘ota boshlaydi. Jumladan, sosoniylar sulolasidan bо‘lgan Eron shohi Shopur I bu ta’limotni quvvatlab, Moniyni Eronga taklif etadi. Moniy 242-yilda Shopur I ning taxtga о‘tirib toj kiyish paytida birinchi marta о‘z ta’limotini bayon etib va’z о‘qiydi. Shopur I ushbu moniylik ta’limotini xristianlik va mahalliy dinlarga qarshi qо‘ymoqchi bо‘ladi. Biroq zardо‘sht kohinlari bu diniy ta’limotga shubha bilan qarab, unga keskin qarshi chiqadilar. Zardо‘sht kohinlarining kuchayishi tufayli Moniy muvaffaqiyatsizlikka uchrab, Erondan qochishga majbur bо‘ladi. Shundan sо‘ng Moniy О‘rta Osiyo yerlarida, shu jumladan, О‘zbekiston hududida faoliyat kо‘rsatadi.
Moniy samo nuri elchisi hisoblangan. Uning ta’limotida borliqning 2 asosi: yorug‘lik-yaxshilik ruh olami bilan zulmat-yovuzlik materiya olamining о‘zaro kurashini e’tirof etuvchi zardо‘shtiylik dualizmi yotadi.
Moniy tarafdorlarining shiori: “Kimki boy bо‘lsa, keyin qashshoq bо‘lib sadaqa sо‘raydi va abadiy azob chekadi”. Moniylik keng tarqaldi. U О‘zbekiston hududidan tashqari Sharqiy Turkiston, Italiyadan to Xitoygacha yoyildi. Keyinchalik bu ta’limot Misr va Ispaniyagacha yoyildi.
Moniy 273-yilda Eronga qaytadi va shoh Bahrom I ning topshirig‘i bilan 275-yilda hibsga olinib, zindonband qilinadi va 277-yilda qatl etiladi.
Moniylik qisqa muddatda nafaqat Mesopotamiya va Eronda, balki Rim imperiyasida (Shimoliy Afrika va Ispaniyagacha), О‘rta Osiyo sо‘ngra esa uyg‘urlar orasida ham keng tarqaldi. Moniylik mavjud ijtimoiy tuzumni inkor etgan va batamom tarkidunyo qilishga da’vat qilgan, norozilikni passiv, bо‘shang holda bо‘lsa ham hukmron jamiyat va davlatga qarshi qaratilganini tasavvur etgani tufayli, moniylar ham Eronda, ham Rim imperiyasida doimiy ta’qib va tayziqlarga duchor bо‘lishgan.
Moniylik ta’limoti Moniy о‘limidan keyin ham keng tarqaldi. U VIII asrda Uyg‘ur xonligida hukmron dinga aylandi. Buddaparastlik kabi moniylik ham Turkiston orqali Xitoyga kirib borgan. Ammo keyinchalik moniylik islom dini ta’qibiga uchraydi va asta-sekin Yevropa va Osiyo mamlakatlarida barham topadi. XIV asrga kelib bu diniy ta’limot Xitoyda ham ta’qiqlandi. Biroq moniylikdagi yaxshilik va yomonlik kurashi haqidagi dualistik ta’limot keyinchalik Yevropa mamlakatlarida pavlikanchilik, Sharq mamlakatlarida esa mazdakiychilik harakatlarini keltirib chiqardi.
Zardushtiylikdan keyin Markaziy Osiyoda II-III asrlarda rivojlangan ta’limot Monizm hisoblanadi. Bu ta’limotning asoschisi Moniy (216-276 yillar) bo’lib, u insonlar turmushi, hayoti va ijtimoiy masalalarga bag’ishlangan bir qancha risolalar hamda kitoblar yozib qoldirgan. Lekin ular bizgacha yetib kelmagan. Hatto u insonlar bilim olishi uchun «Moniylik yozuvi» alifbosini ham tuzgan. O’zining ijtimoiy qarashlarida jamiyatdagi adolat, erkinlik, mehnatsevarlik kabi tushunchalarni ulug’laydi. Uning ta’limoticha, insonlar hayotiga nur dunyosi – yaxshilik va zulmat dunyosi – yovuzlik hukmronlik qiladi. Ammo inson o’z hayoti davomida yaxshilikni yomonlik ustidan hukmronlik qilishini ta’minlaydi, deydi. Monizm ta’limoti o’zida asosan oddiy xalq ommasi manfaatlarini himoya qilgan bo’lib, jamiyatdagi barcha mol mulkka ega bo’lgan boylarga qarshi edi. Shu sababdan uning ta’limoti o’sha davrdagi hukmron mafkura tomonidan tazyiqqa uchradi.V-VI asrlarda Markaziy Osiyoda zardo’shtiylikka qarshi qaratilgan ta’limot Mazdak (470-529 yillar) boshchiligidagi Mazdakizm ta’limoti edi. Bu ta’limotning asosiy negizini ijtimoiy masalalar tashkil etadi. Uningcha, dunyodagi yovuzlik insonlarni boy va kambag’al bo’lishidir. Shu tarzda jamiyatda ijtimoiy adovatlarga qarshi kurash insonlar o’rtasida turli urushlar, bir-birlarini ko’ra olmasliklar yuzaga keladi. Bunday hayotni bartaraf etib, barchani jamiyatdagi tengligini ta’min etish lozim. Hamma insonlar tenglik mafkurasiga amal qilsinlar. Bu tenglik insonlar barcha moddiy boyliklarga bir xilda egaligini ta’minlashi zarur, deydi. Bu ta’limotning asosiy negizini «tenglik» g’oyasi tashkil etgan. Shu boisdan Mazdak ta’limotida ijtimoiy zulmga qarshi kurashish birinchi o’rinda turgan.
Qadimgi dunyoning so'nggi eng ulkan va zabardast davlatlari - Kushon va Parfiya inqirozga yuz tutdi, ularning sobiq yerlari yangi, qudratli Sosoniylar davlatiga qo'shilib ketdi. Sosoniy davlati eram izning birinchi asri va VII asmning o'rtalarigacha davom etgan bu Sosoniy davlati. Eramizning V asr o'rtalaridan bu yerda Sosoniy sulolasiga mansub shox Varahman Utangalarga o'xshatib kumush drahmalari (Buxorxudotlarning tangalari) zarb etish yo'lga qo'yildi. Ularning ungida boshida hukmdor toji, sosoniylar shahonshohlarining yon tomondan olingan ta'svirl, tersida esa mukaddas olov quriqchilari mobedlaming tasviri tushirilgan.
Tangalardagi yozuv sug'd xatining Buhoro shakli bulib," Buhoro shohi" ma'nosini anglatadi. Hozirgi Shimoliy Afg'oniston, O'zbekiston va Tajikistonning Janubiy rayonlarida joylashgan bu ilk urta asr ulkasida tangalar, hususan, kumush tangalar zarb qilish Sosonlilarning kuchli ta'siri ostiada edi. Bu erda Sosoniilarning turli-tuman tangalari tarqalishi Peroz (Feruz) va Husravlar Ashushirvanlarning mahalliy tangalari paydo bo'lishiga olib keldi. Bu hil tangalarda qisqa qisqa baktriya, ba'zan sog'd yozuvlaridan iborat nadche-kachlar - tavki (yani tamga ramzi, raqamlar va harflar) hilma - hil bosh kiyimi kiygan hukmdorlarning yon tomonidan olingan miniatyura suratlari, hatto hayavonlar tasvirlari diqqatga sazovordir. Tahminan shu davrning o'zida CHag'niyonga qo'shni bo'lgan Termiz shohlarining chog'roq saltanatida g'aroyib shaklli tangalar zarb qilina boshlagan. Ularning ba'zi birlari o'ta sifatli bo'lib, yong'oq puchog'i shaklida bolib, boshqalari yassiroq, o'ngida kanotli chambar kiygan hukmdor siymosi, tersida tamg'a tasviri, yozuvlari yo'q tangalar edi. Hurosonda bu davrda hali tangalar zarb etilmagan edi. Marg'lyon aning bosh shahri Marvda Sosoniylar tangalariga taqlidan zarb etilgan tangalar chiqarishardi.
Mana shunday qilib Sosoniylar sulolasi tomonidan chiqarilgan oltin tangadinor, kumush tanga.chrahma mis tanga-tetradrahmadir. Sosonlar tangalaridagi Ardasher I, Shopur I, Shopur II, Vrahran II, Feruz tangalari misol bo'ladi. Ardasher I tangasi eramizning 227-243 yillarini o'z ichiga oladi
Varahran II tangalari eramizning 275-296 yillarini o'z ichiga oladi. Shopur II tangalari esa eramizning 309-379 yillami uz ichiga oladi. Feruz tangalari esa eram izning V-asr ohiri va VI-asr boshlarida zarb etilgan va muomilaga yurgan. Bundan tashqari Sosoniylar sulolasiga mansub Hisrav I Anushervonnning tangasi bu eramizning VI asrining ikkinchi yarmida kumush tangasini zarb qildirgan. Eramizning III asrlarida Eronda Sosoniylar sulolasi o'z hukmronligini o'rnatgan edilalar. Ular o'sha paytlarda zarb etgan kumush tangalari SHarqiy Turkistonda tez-tez topilib turigan. Eron tangalarining bu joylardan topilishi Sharqiy Turkiston halklarining O'rta Osiyo va Eron bilan o'zaro savdo madaniy aloqalarning kuchli bo'lganligini kursatuvchi jonli fakt hisoblanadi. Sosoniylar pullarini Xitoy shaharlarida ham ko'plab topilishi Eron pullarining bu davrda Xitoy mis pullariga nisbatan obru etiborining kuchli bo'lganlididan dalolat berib turadi. Eramizning IV-VI asrlarining birinchi yarmida Osiyoda va sharqiy Turkistonning bir qismini o'ziga birlashtirgan Eftalitlar davlati ham o'z pullarini Eron Sosoniylar sulolasining pullariga taqlid qilib, zarb qila boshlaganlar.
Sosoniylar davlatining Vizantiya bilan olib borgan urushlari Xusrav II davrida muvaffaqiyatsiz yakunlandi va 628 yilda Xusrav II ning о‘zi Eron zodagonlari tomonidan taxtdan tushirildi. Xusrav II davrida olib borilgan uzoq davom etgan urushlar oqibatida Sosoniylar davlatining siyosiy va iqtisodiy qudrati yemirildi. 628 – 632 yillar oralig‘ida Sosoniylar davlatida 10 ga yaqin hukmdorlar almashdi. Yazdigard III davrida Sosoniylar davlati arab bosqiniga yetarli tarzda qarshilik kо‘rsata olmadi va Sosoniylar davlati arab xalifaligi tomonidan tugatildi.
Oxirgi Sosoniy Yazdigard III ning (632-652) mamlakatda hech qanday obrо‘si yо‘q edi. Bir qancha viloyatlar unga nomigagina bо‘ysunar edi. Bu vaqtda kuchli harbiy davlat bо‘lib birlashib olgan arablar Fors davlati yerlariga hujum boshladi va forslarning hech qanday jiddiy qarshiligiga uchramay, tez orada g‘alaba qozonishdi. Eron davlatining g‘arbiy chegarasi, ichki Arabiston tomondan bо‘ladigan kо‘chmanchi arablar – badaviylarning hujumlaridan himoyasiz bо‘lib qoldi. Eronliklar qо‘shinini mag‘lubiyatga uchrashiga olib kelgan, 604 va 611 yillar oralig‘idagi badaviylarni bosqinlari, keyinchalik Eronni arablar tomonidan bosib olinishini va VII asrning о‘rtalarida sosoniylar imperiyasi о‘zaro ichki kurashlar, tobe xalqlarning mustaqillik uchun olib borgan kurashlari hamda jabr-zulmdan qiynalgan dehqonlar va hunarmandlarning g‘alayonlari natijasida zaiflashib qoladi. Bu hol arab istilochilari uchun qulay sharoit tug‘dirgan edi. Natijada VII asrda sosoniylar imperiyasi arablarning zarbasiga bardosh qila olmasdan qulaydi.
XULOSA
Eron bu old Osiyodagi qadimgi tarixga ega davlat Sosoniylar davlati ilk orta asrlarda Eron xududida xukm surgan ulkan davlat.Bu davlat 3-7 asrlarda xukmronlik qilgan Sosoniylar kup davlatlar Vizantiya,Eftalar,turklar bilan muvafaqiyatli urushlar olib borgan.Uz davrining ulkan rivojlangan davlati bulgan sosoniylar 7 asrda barham topadi.
Eroda Sosoniylar sulolasi Shohonshohlari hukmronligi davri (3-7asrlar), garchi bu Eron davlatchiligi va madaniyati rivojlanishining yorqin davri bo'lib tuyulsa-da, ma'lum bir tarixiy asar haqida gap ketganda, xususan, bu III - IV asr boshlariga to'g'ri keladi.
Sosoniylar davrida zardushtiylik davlat diniga aylandi.Dastlabki Sosoniylar davridagi zardushtiylik Parfiya davridagi shakllariga o'xshash edi. Unda, shubhasiz, nafaqat Axuramazdaning, balki Anaxitaning kulti, o'sha paytda asosan urush va g'alaba ma'budasi va Mitra xudosi kultlari muhim rol o'ynagan.
Sosoniylar davrida xalqaro savdo katta ahamiyatga ega edi. Eronni kesib o'tadigan eng muhim yo'nalishlar asosan 1-asrning boshlarida shakllandi. Hirotdan (hozirgi Afg'onistonda) "qirollik yo'li" ning bir qismi shimolga - Mervga, so'ngra Samarqandga yo'l oldi, bu erda bu yo'l Sharqiy Turkiston vohalari bo'ylab Xitoydan Ipak yo'li bilan birlashdi.Bu esa Sosoniylarning Buyuk ipak yo'lidagi faoliyatini ta'minlab bergan edi.
Sosoniylar davrida xalq ogʻzaki ijodiyoti va badiiy adabiyot ancha rivoj topgan. Bu jihatdan Abulqosim Firdavsiyning «Shohnoma» asari diqqatga sazovordir. Doston Qadimgi Eron afsonalari, ertaklari va tarixiy voqealari asosida yaratilgan. Unda Eron va Turon xalqlarining toʻrt-besh mingyillik tarixi haqida hikoya qilinadi. Dostonning juda katta qismi bevosita sosoniylar davri tarixiga bagʻishlanib, ularning taxtga chiqishidan Yazdigird podsholigigacha boʻlgan tarixiy voqealar sheʻriy yoʻl bilan juda qiziqarli ravishda ifoda etilgan.
«Avesto» ham oʻsha davrning eng nodir asarlaridan biri hisoblanadi. U zardushtiylik dinining muqaddas kitobidir. «Avesto» faqat muqaddas diniy kitob boʻlibgina qolmay, tarixiy kitob hamdir. Bu kitobda Oʻrta Osiyo, Eron va qoʻshni mamlakatlarning tabiati, aholisi, geografiyasi, tarixi va madaniyati haqida koʻp maʻlumotlar bor. «Avesto»da sosoniylar hukmronlik qilgan davrda yashagan turli qabilalarning diniy eʻtiqodi haqida ham qiziqarli maʻlumotlar berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |