Masalaga huquqiy baho bering.
Fuqarolarga qanday maslahat bergan bo`lar edingiz.
19-masala
Abdurahmon ismli shaxs 6 oy avval oilasi bilan ajrashgan edi. Bu vaqt oralig`ida sobiq turmush o`rtog`i boshqa turmushga chiqqan edi. Turmush o`rtog`i bir necha kun avval farzandli bo`ldi. Yangi nikohidagi eri bolani o`ziniki deb tan oldi va unga o`z familiyasini berdi. Abdurahmon esa bu farzandni o`zining farzandi deb e’tirof etish talabi bilan sudga murojaat qildi.
Masalaga huquqiy baho bering.
20-masala
12 yoshli Nafisa tasviriy san’at musobaqasida ishtirok etish uchun boshqa viloyatga borishi talab qilinib qoldi. Uning vasiysi esa bunga ketadigan mablag`lar sababli buni istamayabdi. Nafisa o`z huquqini qanday himoya qila oladi.
Masalaga huquqiy baho bering.
21-masala
Farruh o`zining 4 nafar farzandi uchun aliment to`lar edi. Uning oilaviy ahvoli yomonlashgach o`zi yashash hududidagi sudga borib aliment miqdorini kamaytirishni so`radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |