Advokat qanday maslahat berishi mumkin. Masalaga huquqiy baho bering.
15-masala
Qoraboyeva 3 yoshga to‘lgan qizi Nargizaning ta’minoti uchun Mashhurovdan aliment undirib berishlarini so‘rab tuman fuqarolik ishlari bo‘yicha sudiga murojaat qiladi. Chunki Nargizaning otasi qizi uchun hech qanday moddiy yordam bermagan.
Tuman sudi da’vogarning da’vosini qanoatlantiradi va Qoraboyevaning qizi uchun har oyda Mashhurovdan oylik maoshining 1/4 qismi miqdorida aliment undirib berish haqida hal qiluv qarorini chiqaradi.
Mashhurov sudning chiqargan hal qiluv qaroridan norozi bo‘lib kassatsiya tartibida shikoyat yozadi va Oila kodeksining 105- moddasiga binoan aliment miqdorini o‘zgartirishni talab qiladi. Bunga sabab-ikkinchi nikohidan voyaga yetmagan uch nafar farzandi borligini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |