Masalaga huquqiy baho bering.
26-Masala.
Ota onasidan ajralgan 2 nafar farzand(10 va 13 yoshda)larning ta’minoti uchun Vasiylik va Homiylik organlari moddiy ahvoli yaxshi bo`lgan Amakisiga murojaat qildi. Rad javobini olishgach sudga da’vo qo`zg`atadi.
Masalaga huquqiy baho bering.
27-Masala.
Fuqaro Oydin turmushdan ajralgach sog`ligining holati bo`yich 7 oy o`tar o`tmas muomalaga layoqatsiz bo`lib qoldi. Unga sudda ukasi vasiy qilib tayinlandi. Vasiy sifatida ukasi opasining sobiq eridan aliment talab qila oladimi?
Masalaga huquqiy baho bering.
28-masala
Fuqaro Homidov J. Xomidova N. bilan turmush qurish maqsadida tuman FHDY organiga 2020-yilning 10-fevral sanasida ariza berdilar. Arizada J.Homidov o`zining mart oyining boshida harbiy xizmatga chaqirilganligini, shuning uchun ularning nikohlarini mumkin bo`lsa 10 kun ichida rasmiyashtirib berishlarini, so`radilar. FHDY organi ariza beruvchilarning obyevtikalarini ko`rib , ular o`zaro qarindosh ekanliklarini, o`rtasida nikoh mumkin emasligini aytadi. Asos qilib OK ning 16 moddasi ikkinchi bandini ko`rsatdi. O`gay aka ukalar nikohlari qayd etilmasligi belgilanganligini tushuntiradi. Homidov J. FHDY rahbari ustidan prokuratuga ariza berdi. Arizasida ular bir oilada katta bolishmaganliklarini, ularning nikohlariga qarindoshlari ham rozi ekanliklarini ko`rsatib o`tdi.
Masalaga huquqiy baho bering.
29-masala
Furqat ismli shaxs har oyda 3700 ming so`m oylik va boshqa daromadlardan 500 ming so`m daromadga ega. Uning birinchi nikohida 2 nafar voyaga yetmagan bolalari, shuningdek hozirgi nikohida 1 nafar yosh qizalog`i bor. U sobiq rafiqasi bilan aliment kelishuvini tuzish maqsadida maslahat uchun Advokaturaga borishdi.
Ularga huquqiy mslahat bering
30-masala
Jamshid Rossiyadan qaytib kelgach o`zining bedarak yo`qolgan deb topilganligini, turmush o`rtog`ining boshqa shaxs bilan turmush qurganligini, 2 nafar farzandlari bobolari bilan birga yashayotganliklarini, o`zlarining turar joylarini o`gay ukasi tortib olib sotib yuborganligini aniqladi. Qaynotasinikiga borib farzandlarini o`zi tarbiya qilishini so`raganda oradan 8 yil vaqt o`tganini, ota sifatida bunga haqli emasligini aytib farzandlarini unga bermadi. O`gay ukasi esa bundan 1 yil avval avtohalokat natijasida halok bo`lganini, uyni sotib olgan shaxs esa barcha hujjatlarni ko`rsatib uyni qaytarmasligini aytadi.
Sudga da’voni o`gay ukasi qo`zg`atganligini bilgach sudning hukmini haqiqiy emas deb topishni so`rab sudga murojaat qiladi.
Masalaga huquqiy baho bering.
Shaxsni bedarak yo`qolgan eb topish uchun da’voni qo`zg`atishga kimlar haqli?
Jamshid farzandlarini qay tarzda qaytaib olsa bo`ladi.
O`zining uyiga yana egalik qila oladimi?
31-masala
Nargiza Jasur bilan nikohiga 8 yil bo`lganini, ular o`rtasida tez-tez mol-mulk tasarrufi masalasida nizo chiqayotganligi sababli umumiy mulkini bo`lib berishni so`rab Fuqarolik ishlari bo`yicha suda ariza berdi. Jasur esa agar bu da’voni qaytib olmasa u bilan ajrashishini ma’luim qildi. Ularning nikoh davomida ortirgan 1 ta hovli uylari, shaxar markazida 2 xonali uylari, bitta avtomashina, shuningdek chorva mollari(300 bosh) boqiladigan fermalari bore di.
Nargiza maslahat so`rab advokatga murojaat qildi.
Ularga huquqiy mslahat bering
Qo`shimcha ravishda Konstitutsiya normalarini ham takroran o`rganib olishingiz so`raladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |