Usulning qo‘llanilishi va uning imkoniyatlari
REA qattiq namunalarda bir vaqtda ko‘p elementli sifat va miqdor analizlari o‘tkazish imkoniyatini beradi. Energiya bo‘yicha spektrga ajratuvchi spektrometrlar orqali Na dan to urangacha bo‘lgan ixtiyoriy elementni aniqlash mumkin, to‘lqin uzunligiga qarab ajratadigan spektrometr orqali esa bordan to urangacha bo‘lgan ixtiyoriy elementni aniqlash mumkin. Engil matritsadagi element qancha og‘ir bo‘lsa, uning aniqlash mumkin bo‘lgan konsentratsiyasini shuncha kamaytirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |