Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika inistituti gumanitar fanlarfakulteti


II BOB. INTELEKTUAL FAOLIYAT NATIJALARI, XIZMAT VA TIJORAT SIRINING FUQAROLIK HUQUQIY AMALIYOTIDA QO‘LLANILISHI



Download 293,5 Kb.
bet6/8
Sana12.07.2022
Hajmi293,5 Kb.
#780445
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
R.D.sh

II BOB. INTELEKTUAL FAOLIYAT NATIJALARI, XIZMAT VA TIJORAT SIRINING FUQAROLIK HUQUQIY AMALIYOTIDA QO‘LLANILISHI.
2.1. Intelektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish.
Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish ularning yaratilganligi tufayli yoxud ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda va tartibda vakolat berilgan davlat organi tomonidan huquqiy muhofaza berilishi natijasida yuzaga keladi.
Oshkor etilmagan axborotga huquqiy muhofaza berish shartlari qonun bilan belgilanadi. Ushbu normada intellektual mulkning turli obʼektlarini huquqiy muhofaza qilishni vujudga kelish xususiyatlari belgilab qo ‘yilgan.
Intellektual mulk obʼektlarini huquqiy muhofaza qilish deganda huquq egalari subʼektiv huquqlarini huquqiy ximoya qilish tushuniladi.
Intellektual mulk obʼektlari o ‘z-o ‘zicha huquqiy muhofaza qilinmaydi balki amalda ushbu obʼektlarga nisbatan subʼektiv huquqlarga ega bo ‘lgan shaxslarning huquqlari (mualliflarning shaxsiy huquqlari, mutloq huquqlar egalarini huquqlari, litsenziya bo ‘yicha foydalanuvchilar huquqlari, avvaldan foydalanuvchilarning huquqlari va sh.k.) huquqiy muhofaza qilinadi.
Intellektual mulk obʼektlarini quyidagi turlarini huquqiy muhofaza qilish ularni yaratilish faktlari asosida vujudga keladi:fan, adabiyot, sanʼat asarlari; EHM uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalari;eshittirish tashkilotlarinining ijrolari,fonogrammalari,eshittirish va ko ‘rsatuvlari; integral mikrosxemalar topologiyalari.
Ushbu obʼektlar, agarda ularni yaratgan shaxs (ijodkor) obʼektni ogʼzaki, yozma yoki uni boshqa shaxslar tomonidan qabul qilishga imkon372 beradigan boshqa obʼektiv shaklida mujassamlantirgan paytdan boshlab yaratilgan xisoblanadi. Xuddi shu paytdan boshlab ijodkor shaxsda subʼektiv huquq vujudga keladi va u huquqiy muhofaza ostiga olinadi. Bunda obʼektni ro ‘yxatdan o ‘tkazdirish, boshqa qandaydir rasmiyatchiliklarga rioya qilish talab etilmaydi. Xatto obʼektdan uchinchi shaxslarni foydalanishi boshlanganligi fakti ham ahamiyatga ega emas. Shuni unutmaslik lozimki, garchi obʼektni keyinchalik ro ‘yxatdan o ‘tkazdirish qoidasi mavjud bo ‘lsa ham (masalan, EHM uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalarini, integral mikrosxemalar topologiyalarini ro ‘yxatdan o ‘tkazdirish taomili mavjud) bu holat ko ‘proq texnik xarakterga ega va ularga rioya qilmaslik subʼektiv huquqlarni huquqiy himoyasini vujudga kelishiga to ‘sqinlik qilmaydi.
Intellektual mulkni qator obʼektlarini huquqiy muhofaza qilish Fuqarolik Kodeksida yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda
vakolatli davlat organi tomonidan huquqiy muhofaza yorligʼi berilishi asosida vujudga keladi (“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to ‘gʼrisidagi Qonun” , “Selektsiya yutuqlari to ‘gʼrisidagi Qonun7” va boshqalar). Buning uchun intellektual mulk obʼektiga nisbatan subʼektiv huquqlarini eʼtirof etilishiga bo ‘lgan huquqqa ega manfaatdor shaxs vakolatli davlat organiga tegishli talabnoma va o ‘z talablarini asoslantiruvchi xujjatlarni taqdim etishi lozim. Talabnoma qanoatlantirilgan hollarda vakolatli davlat organi fuqarolar yoki yuridik shaxslarga intellektual mulk obʼektlariga nisbatan subʼektiv huquqlarni huquqiy muhofaza qilish hujjatini (patent, guvohnoma, ro ‘yxatdan o ‘tkazganlik to ‘g ‘risida dalolatnoma va sh.k.) beriladi.
Intellektual mulk obʼktlarini quyidagi turlarini huquqiy muhofaza
qilish huquqiy muhofaza yorligʼi berilganligi asosida vujudga keladi:

  • ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari (patent beriladi);

  • selektsiya yutuqlari (patent beriladi);

  • tovar belgilari (guvoxnoma beriladi);

  • tovarni kelib chiqish joyi nomi (guvoxnoma beriladi);

  • firma nomi (firma nomlari reestriga kiritiladi).

Yuqorida ko ‘rsatilgan obʼektlarni deyarli barchasi uchun muhofaza yorligʼi O ‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk davlat agentligi tomonidan beriladi. Firma nomlarini rasmiylashtirishga nisbatan vakolatli davlat organi bo ‘lib davlat statistika qo ‘mitasi hisoblanadi.
Intellektual mulk obʼektlarini huquqiy muhofaza yorligʼida obʼektning nomi, uni xususiyatlari, obʼekt muallifi (ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga nisbatan), mutloq huquq egasining nomi, huquqiy muhofazani boshlanish va amal qilish muddati, vakolatli davlat idorasining nomi va sh.k. ko ‘rsatiladi8.
Oshkor etilmagan axborotlarni huquqiy muhofaza qilish shartlari qonun hujjatlarida o ‘rnatilgan asoslar bo ‘yicha belgilanadi (FKning 98-moddasi va 64-bobi, Davlat sirlari to ‘gʼrisidagi qonunning 1–3-moddalari). Ushbu shartlarga ko ‘ra ko ‘p hollarda oshkor etilmagan axborot egasini faktik monopol holati namoyon bo ‘ladi. Faktik monopol holat bir paytning o ‘zida quyidagi shartlarni mavjud bo ‘lishini anglatadi:

  1. oshkor etilmagan axborotni uchinchi shaxslar uchun nomalumligi;

  2. uchinchi shaxslarga nomalumligi sababli oshkor etilmagan axborotlarni real yoki potentsial tijorat qiymatiga ega ekanligi;

  3. uchinchi shaxslarni ushbu oshkor etilmagan axborotlar bilan tanishish yoki ulardan foydalanish huquqiy asoslarini yo ‘qligi (axborotegasidan ruxsatsiz);

  4. oshkor etilmagan axborot egasi tomonidan axborotni maxfiyligini saqlash uchun barcha choralarni ko ‘rganligi. Oshkor etilmagan axborotlardan gʼayriqonuniy foydalanishdan himoyalanish huquqi FKning 64-bobida nazarda tutilgan asoslar bo ‘yicha vujudga keladi(FKning 64-bobi sharhlariga qaralsin).

Fuqarolik kodeksining 1033-moddasida Intellektual mulk obʼektlariga shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlar belgilab berilgan bo`lib, Intellektual faoliyat natijalarining mualliflari ana shu natijalarga nisbatan shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlarga ega bo ‘ladilar.9
Shaxsiy nomulkiy huquqlar muallifga uning mulkiy huquqlaridan qatʼi nazar tegishli bo ‘ladi va uning intellektual faoliyat natijalariga bo ‘lgan mulkiy huquqlari boshqa shaxsga o ‘tgan taqdirda uning o ‘zida saqlanib qoladi.
Fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar, ishlar yoki xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar (bundan buyon matnda — xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositalar)ga nisbatan huquq egalariga bu vositalar borasida mulkiy huquqlar tegishli bo ‘ladi.
Mualliflik huquqi (intellektual faoliyat natijasining muallifi deb eʼtirof etilish huquqi) shaxsiy nomulkiy huquq hisoblanadi va ijodiy mehnati bilan intellektual faoliyat natijasini yaratgan shaxsgagina tegishli bo ‘ladi.
Mualliflik huquqi boshqa shaxsga o ‘tkazilmaydi va berilmaydi. Аgar natija ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikdagi ijodiy mehnati bilan yaratilgan bo ‘lsa, ular hammualliflar hisoblanadilar.
Intellektual mulkning ayrim obʼektlariga nisbatan qonunda asarning to ‘laligicha ham mualliflari deb hisoblanadigan shaxslar doirasi cheklab qo ‘yilishi mumkin.
1. Ushbu sharhlanayotgan normada intellektual mulk obʼektlari subʼektlarining huquqlari turlari belgilab qo ‘yilgan.
2.Intellektual faoliyat natijalari mualliflari ushbu faoliyat natijasida yaratilgan obʼektlarga nisbatan shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlarga egadirlar.10
Intellektual faoliyat natijasi muallifining shaxsiy nomulkiy huquqi — bu mulkiy mazmunga ega bo ‘lmagan, obʼekt yaratuvchisini ijodiy maqomini belgilovchi va ushbu maqomdan kelib chiqadigan huquqlarni mustaxkamlashga va himoya qilishga qaratilgan mutloq huquqlari bo ‘lib, u faqat huquq egasiga tegishli va huquq egasidan begonalashtirilishi mumkin emas. Shaxsiy huquqlar mazmuni va xajmlari har bir intellektual faoliyat natijasi bo ‘yicha alohida belgilab qo ‘yiladi. Masalan, mualliflik huquqi obʼektlarga nisbatan muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari doirasi xajmi nisbatan keng va chuqur xarakterga ega (muallif sifatida eʼtirof etilish huquqi, muallifning nomga bo ‘lgan huquqi, muallif nufuzini himoya qilishga bo ‘lgan huquq, asarni muomaladan qaytarib olish huquqi va x.k.). Baʼzi obʼektlarga nisbatan muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari (masalan, selektsiya yutuqlariga nisbatan) ushbu obʼektga nisbatan muallif ekanligini eʼtirof etish bilan cheklanadi.
Muallifni mulkiy huquqlari mazmuni intellektual faoliyat natijalaridan uning o ‘zi tomondan foydalanishi, foydalanish huquqini xaq asosida o ‘tkazish yoki xaq asosida foydalanishga ruxsat berish yoki o ‘z huquqlarini boshqa shaxslarga xaq asosida berish vakolatlarida namoyon bo ‘ladi. Muallif mulkiy huquqlari doirasi to ‘liq cheklangan yoki qisman bo ‘lishi mumkin. Аgarda intellektual faoliyat natijasiga nisbatan mutlaq huquq muallifga emas, boshqa shaxsga tegishli bo ‘lsa (FKning 1034-moddasi) intellektual faoliyat natijasiga bo ‘lgan mualliflik huquqlari cheklangan xisoblanadi. Bunday cheklangan mulkiy huquqlar mazmuni har doim qonun hujjatlarida belgilab qo ‘yiladi (masalan, mualliflik va turdosh huquqlar to ‘gʼrisidagi qonunning 23-moddasida nazarda tutilgan ergashma huquq, selektsiya yutuqlari to ‘gʼrisidagi qonunning 7-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan mukofot olish huquqi, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari to ‘gʼrisidagi qonunning 1-moddasida nazarda tutilgan ixtirolardan ilmiy maqsadlarda foydalanish huquqi).
3.Muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari uning mulkiy huquqlari turlari, mazmuni va xajmlaridan qatʼiy nazar unga tegishli bo ‘ladi va xatto mulkiy huquqlar boshqa shaxslarga o ‘tkazilgandan keyin ham mualliflik saqlanib qoladi. Intellektual faoliyat natijalariga nisbatan shaxsiy huquqlar faqat uning ijodkor yaratuvchisiga (muallifiga) tegishli bo ‘ladi. Mulkiy huquqlar esa xar qanday uchinchi shaxslarga tegishli bo ‘lishi mumkin (masalan, obʼekt buyurtma asosida yaratilgan bo ‘lsa). Mulkiy huquqlar fuqarolik muomalasida faol harakatda bo ‘ladi. Xaq evaziga yoki tekin boshqa shaxslarga o ‘tkazilishi mumkin, garovga qo ‘yilishi, meros sifatida o ‘tishi mumkin. Shaxsiy huquqlar ijodkor muallifning shaxsi bilan uzviy bogʼliq bo ‘lganligi sababli undan begonalashtirilishi va boshqa shaxslarga o ‘tkazilishi mumkin emas. Intellektual faoliyat natijalariga nisbatan mulkiy huquqlarni fuqarolik muomalasidagi huquqiy rejimi holatidan qatʼiy nazar shaxsiy nomulkiy huquqlar xar doim ijodkor muallifda qolaveradi va mulkiy huquqlardan foydalanuvchilar ijodkor yaratuvchi (muallifning) shaxsiy huquqlariga rioya qilishlari shart. Masalan, asarga nisbatan mutlaq huquqlarni sotib olgan nashriyot uni chop etishda muallif nomini ko ‘rsatishi, muallif nufuzini, shaʼni, qadr-qiymatini himoya qilishga bo ‘lgan huquqlarga rioya etishi lozim.
Fuqarolik muomalasi ishtirokchilari, ularning tovarlari, ishlari va xizmatlarini individuallashtirish vositalariga nisbatan faqat mulkiy huquqlar amal qiladi. Individuallashtirish vosositalarigi nisbatan huquqlar mazmuni intellektual faoliyat natijalariga nisbatan huquqlar mazmunidan farqlanadi. Individuallashtirish vositasi egasi huquqlari qatʼiy mulkiy xarakterga ega. Binobarin, bu huquqlar qonunda belgilangan tartibga rioya qilingan holda vaqtinchalik boshqa shaxslarga xaq evaziga yoki tekin o ‘tkazilishi mumkin (firma nomiga bo ‘lgan huquqdan tashqari).
Mualliflilik huquqi (intellektual faoliyat natijasining muallifi sifatida eʼtirof etilish huquqi) shaxsiy nomulkiy huquq xisoblanadi va faqat intellektual faoliyat natijasini o ‘z ijodiy mehnati bilan yaratgan ijodkor shaxsgagina tegishli bo ‘lishi mumkin.
O ‘zini aqliy ijodiy mehnati bilan ixtironi yoki asarni yaratgan shaxs intellektual faoliyat natijasini muallifi xisoblanadi. Bu huquq ijodiy faoliyat natijasiga nisbatan mualliflilik huquqi deb atalib boshqa barcha shaxsiy huquqlarni negizini tashkil etadi. Boshqa barcha shaxsiy huquqlar ushbu huquq asosida vujudga keladi, undan xosila, unga nisbatan ikkilamchi xisoblanadi. Mualliflik huquqi o ‘z mohiyatiga ko ‘ra shaxsiy nomulkiy huquq xisoblanadi. Yaʼni birinchidan, ijodkor shaxsi bilan uzviy bogʼliq, ikkinchidan mulkiy iqtisodiy mazmunga ega emas, uchinchidan huquq egasidan ajratilishi, begonalashtirilishiga yo ‘l qo ‘yilmaydi. Ushbu huquq intellektual faoliyat natijasini o ‘zining ijodiy, ilmiy-ijodiy yoki ilmiy-badiiy mehnati asosida yaratgan shaxsga tegishli bo ‘ladi. Intellektual faoliyat natijasini yaratishda odatdagi mexanik mehnati bilan qatnashgan shaxs (masalan, ixtirochini chizmalari asosida ixtiro qurilmasi detallarini yasagan tokar va sh.k.) mualliflik huquqiga ega bo ‘lmaydi.
Mualliflik huquqi boshqa shaxslarga o ‘tkazilmaydi. Intellektual faoliyat natijalariga nisbatan mualliflik huquqi faqat uni yaratuvchisiga tegishli bo ‘ladi, undan begonalashtirish yoki qandaydir tarzda boshqa shaxslarga o ‘tkazish mumkin emas. Shu sababli mualliflik huquqini boshqa shaxslarga o ‘tkazish, xatto muallif o ‘z erki va xoxishiga ko ‘ra bu huquqdan voz kechib, uni bitim yoki shartnoma asosida (oldi-sotdi, xadya) boshqa shaxslarga berishi xaqiqiy xisoblanmaydi. Masalan, bir shaxs tomonidan ikkinchi shaxs uchun dissertatsiya yozib berish xaqidagi bitim qonunga zid va shu sababli o ‘z-o ‘zidan xaqiqiy xisoblanmaydi. O ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 149-moddasida intellektual mulk obʼektlariga nisbatan mualliflikni o ‘zlashtirish, hammualliflikka majbur qilish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.11
Аgarda ijodiy faoliyat natijasi (ixtiro, asar) ikki va undan ortiq shaxs tomonidan yaratilgan bo ‘lsa xammualliflikda yaratilgan xisoblanadi. Umumiy qoidaga ko ‘ra xammualliflarni shaxsiy huquqlari teng xisoblanadi. Mulkiy huquqlar xajmi xammualliflar o ‘rtasidagi kelishuv asosida belgilanadi va teng bo ‘lmasligi mumkin. Intellektual mulkni baʼzi obʼektlarga nisbatan xammualliflar doirasi qonun hujjatlari bo ‘yicha cheklanishi mumkin. Ushbu qoida ijodiy jamoani umumiy saʼyi-harakatlari asosida yaratiladigan baʼzi intellectual faoliyat obʼektlariga nisbatan taʼluqlidir. Masalan, audiovizual asar xuddi shunday obʼekt xisoblanadi va u jamoani katta ko ‘pchiligini ijodiy mehnati asosida yaratiladi. Biroq uning mualliflari sifatida cheklangan doiradagi shaxslar: stsenariy muallifi, sahnalashtiruvchi rejissyor, sahnalashtiruvchi operator, sahnalashtiruvchi rassom va sh.k. xisoblanadi.
Yaratilish fakti asosida huquqiy muhofaza qilinadigan intellectual faoliyat obʼektlariga nisbatan mualliflik huquqini yuridik rasmiylashtirish talab etilmaydi (asarni o ‘zida muallifning nomi ko ‘rsatilgan yoki ko ‘rsatilmaganidan qatʼiy nazar). Аgarda obʼektga huquqiy himoya maxsus muhofaza yorligʼi (patent, guvoxonma va sh.k.) asosida beriladigan bo ‘lsa, obʼektga nisbatan mualliflik huquqi vakolatli davlat idorasi tomonidan berilgan hujjatda qayd etiladi.
Mualliflik huquqidan tashqari intellektual faoliyatni ayrim obʼektlariga nisbatan boshqa shaxsiy nomulkiy huquqlar ham nazarda tutilgan bo ‘lishi mumkin(FKning 1085–1092-moddalari sharhiga qarang). Barcha shaxsiy nomulkiy huquqlar bemuddat himoya qilinadi.
Intellektual faoliyat natijasiga yoki xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositaga nisbatan mulkiy huquqlar egasiga ana shu intellektual mulk obʼektidan o ‘z xohishiga ko ‘ra har qanday shaklda va har qanday usulda mutlaq qonuniy foydalanish huquqi tegishli bo ‘ladi.
Huquq egasiga mutlaq huquq asosida tegishli bo ‘lgan intellectual mulk obʼektlaridan boshqa shaxslarning foydalanishiga faqat huquq egasining ruxsati bilan yo ‘l qo ‘yiladi. (O ‘zR 16.01.2007 y. O ‘RQ-79-son Qonuni tahriridagi qism) Intellektual mulk obʼektiga nisbatan mutlaq huquq egasi bu huquqni boshqa shaxsga to ‘liq yoki qisman o ‘tkazishga, intellectual mulk obʼektidan boshqa shaxs foydalanishiga ruxsat berishga haqli va, agar bu ushbu Kodeks va boshqa qonunlarning qoidalariga zid bo ‘lmasa, ularni boshqacha tarzda tasarruf etishga haqli.
Mutlaq huquqlarni cheklashga, shu jumladan intellektual mulk obʼektidan boshqa shaxslar foydalanishiga imkoniyat berish yo ‘li bilan cheklashga, bu huquqlarni haqiqiy emas deb topishga va ularni tugatishga (bekor qilishga) ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan hollarda, doiralarda va tartibda yo ‘l qo ‘yiladi.
Mutlaq huquqlarni cheklash bunday cheklash intellektual mulk obʼektidan normal foydalanilishiga o ‘rinsiz ziyon yetkazmagan va huquq egalarining qonuniy manfaatlarini asossiz kamsitmagan taqdirdagina tatbiq etiladi. (O ‘zR 16.01.2007 y. O ‘RQ-79-son Qonuni tahriridagi qism), (Oldingi tahririga qarang)
1.Ushbu sharhlanayotgan moddada intellektual mulk obʼektiga nisbatan mutlaq huquqlar egasi huquqlari mazmuni belgilab qo ‘yilgan.
2. Yuqorida taʼkidlanganidek intellektual mulk obʼektlariga nisbatan subʼektlarni shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlari amal qiladi.
Intellektual mulk obʼektlarini juda katta ko ‘pchiligiga nisbatan huquq egasini mutlaq huquqlari amal qilib, unda uning barcha vakolatlari mujassamlanadi. Mutloq huquqlar intellektual mulk obʼektlariga nisbatan mulkiy huquqlarni asosi, negizini tashkil etadi. Intellektual mulk obʼektiga nisbatan boshqa subʼektlarni mulkiy huquqlari yoxud mutloq huquqni xosilasi xisoblanadi va undan kelib chiqadi yoki ularni amalga oshirishda mutloq huquqlarga zid bo ‘lmasligi shart.
Moddiy obʼektlarga nisbatan mulkiy huquqlar tizimida mulk huquqi qanday asosiy rol o ‘ynasa, intellektual mulk obʼektlariga nisbatan mulkiy huquqlar tizimida mutloq huquqlar xam xuddi shunday funktsiyani bajaradi.
Mulk huquqi konstruktsiyasi va mutloq huquqlar konstruktsiyalari muayyan umumiyliklarga ega (masalan, xar ikkalasida xam foydalanish huquqi va tasarruf qilish huquqi vakolatlari mavjud). Biroq bu umumiyliklar xal qiluvchi ahamiyatga ega emas. Chunki intellektual mulk obʼektlarini jiddiy tafovvutlari ularga nisbatan mulk huquqi konstruktsiyasini qo ‘llashga imkon bermaydi va shu sababli ham qonun chiqaruvchi tomonidan ular uchun maxsus konstruktsiya - mutloq huquqlar konstruktsiyasi yaratilgan.
Shuni nazarda tutish kerakki, oshkor etilmagan axborot egasiga va tovarni kelib chiqish joyi nomiga bo ‘lgan huquq egasiga ushbu obʼektlarga nisbatan mutloq huquqlar tegishli bo ‘lmaydi. Shu sababli sharhlanayotgan ushbu normalar ularga nisbatan taʼluqli emas.
Intellektual faoliyat natijasiga nisbatan mulkiy huquqlar egalariga (yaʼni patent huquqi obʼektlariga nisbatan patent egasiga, mualliflik huquqi obʼektlariga nisbatan muallifga, buyurtmachiga yoki ish beruvchiga va sh.k.) yoki individuallashtirish vositalari egalariga (yaʼni tovar belgisi egasiga, firma nomi egasiga) intellektual mulkni ushbu obʼektida qonunga muvofiq ravishda o ‘z xoxishiga ko ‘ra xar qanday shaklda va xar qanday usulda foydalanishga nisbatan mutloq huquq tegishli bo ‘ladi.
Obʼektdan qonunga muvofiq foydalanish deyilganda mutloq huquqlar soxibi huquqiy maydon doirasida harakat qilishi tushuniladi. Yaʼni u qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha shartlar va talablarga rioya qilishi, boshqa shaxslarni qonuniy va huquq manfaatlarini buzmasligi lozim.
Mutlaq huquqlar egasi obʼektdan o ‘z xoxishiga ko ‘ra, o ‘z erki ixtiyori bilan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holda boshqalarni majburlovisiz foydalanishga xaqli. Qonunda masalan, obʼektdan foydalanish bo ‘yicha majburiy litsenziya berish tartibi va asoslari belgilab qo ‘yilgan.
Intellektual mulk obʼektlaridan foydalanish shakllari qonun hujjatlarida qatʼiy va tugal tarzda belgilab qo ‘yilmagan. Bu esa huquq egasiga muayyan vaziyatlardan o ‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda, obʼektdan xar qanday shaklda foydalanishga imkon beradi. Masalan, asar muallifi uni kitob shaklida nashr etishi, ogʼzaki o ‘qishi, kino stsenariy, radio pьesa sifatida qayta ishlashi, fono yozuvlariga kiritishi va boshqa shakllarda foydalanishga xaqli.
Intellektual mulk obʼektlari usullaridan foydalanish xam cheklanmagan. Foydalanishni texnik usullari, yuridik usullari va shu kabilar bilan farqlanadi.
Foydalanishni keng qo ‘llaniladigan usullari bo ‘lib tijorat muomalasida foydalanish, shaxsiy maqsadlarda foydalanish va ilmiy tadqiqotlarda foydalanish xisoblanadi.
Yuqorida aytilganidek, intellektual mulk obʼektlari asosida ularni gʼoyaviy negizga tayanishi yotadi. Yaʼni ushbu obʼektni jismoniy jihatdan mutlaq egallash mumkin emas va obʼekt bir vaqtning o ‘zida nomuayyan doiradagi shaxslar foydalanishida bo ‘lishi mumkin. Shu sababli ham mulk huquqidan farqli ravishda mutlaq huquqlar konstruktsiyasida egallash huquqiga urgʼu berilmagan. Buning o ‘rniga intellectual mulk obʼektini muayyan subʼektga mutlaq huquqlar tegishli bo ‘lgan asosda, undan boshqa shaxslarni foydalanishiga mutlaq huquqlarni egasi roziligi bilangina yo ‘l qo ‘yiladi deb belgilab qo ‘yilgan. Bunday rozilikni eng keng tarqalgan shakli bo ‘lib litsenziya shartnomalari tuzish xisoblanadi (FKning 1036-moddasi sharhlariga qarang). Rozilik olishning boshqa holatlarida u aniq va qatʼiy ifodalangan bo ‘lishi va iloji boricha yozma ravishda tuzilgan bo ‘lishi lozim. Sukut, indamaslik bunda rozilik alomati xisoblanmaydi.
Qonun hujjatlarida intellektual mulk obʼektidan mutlaq huquqlar egasi roziligini olmasdan foydalanish asoslari ham belgilab qo ‘yilgan (masalan, FKning 1065-moddasi sharhlariga qarang). Uchinchi shaxslar tomonidan intellektual mulk obʼektidan mutlaq huquqlar egasi roziligini olmagan holda foydalanishning qolgan barcha holatlari qo ‘pol, jiddiy huquqbuzarlik xisoblanadi va huquqbuzarlik xarakter va oqibatlariga qarab jinoyat huquqiy, maʼmuriy huquqiy va fuqarolik huquqiy javobgarliik choralari qo ‘llaniladi.
Intellektual mulk obʼektlariga nisbatan mutlaq huquqlar fuqarolik muomalasida erkin harakatda bo ‘ladi. Shu sababli intellectual mulk obʼektlariga nisbatan mutlaq huquq egasi ushbu huquqni boshqa shaxslarga to ‘liq o ‘tkazishga xaqli (huquqdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish, sotish, hadya qilish, tijorat yuridik shaxslar ustav fondiga kiritish va sh.k.). Mutlaq huquq egasi ushbu huquqlarni qisman boshqa shaxslarga o ‘tkazishga (masalan, o ‘zini foydalanish vakolatini cheklamagan holda obʼektdan boshqa shaxsga foydalanishga ruxsat berishi mumkin) yoxud FKning va boshqa qonun hujjatlariga zid bo ‘lmagan xar qanday tarzda tasarruf qilishga (masalan, barcha shaxslarni obʼektdan erkin foydalanish maqsadida mutlaq huquqlardan voz kechishga xaqli).
Mutlaq huquq to ‘liq boshqa shaxsga o ‘tkazilganda avvalgi huquq egasi uni o ‘zidan begonalashtiradi va mutlaq huquq uni qabul qiluvchi tomonda vujudga keladi. Mutlaq huquqlarni tasarruf qilish usullari tizimida ularni sotish, tijorat yuridik shaxslari ustav fondiga kiritish bilan bir qatorda majburiyat ijrosini taʼminlash maqsadida garovga qo ‘yish xam mumkin.
FKning 1034-moddasi 4–5-qismlarida mutlaq huquqlarni cheklash shartlari belgilab qo ‘yilgan. Ular quyidagilardan iborat:
Birinchidan, Fuqarolik Kodeksida va qonunda nazarda tutilgan hollardagina yo ‘l qo ‘yiladi (demak qonun osti hujjatlari bilan bunday cheklashlar mumkin emas.);
Ikkinchidan, bunday cheklashlar intellektual mulk obʼektidan huquq egalarini normal foydalanishiga ziyon yetmasligi shart (yaʼni ularni imkoniyatini cheklamasligi, ular uchun turli to ‘siqlar vujudga keltirmasligi lozim.);12
Uchinchidan, huquq egalarini qonuniy manfaatlarini buzmasligi lozim (yaʼni ularni mukofot va foydadan mahrum etmasligi shaxsiy huquqlarni buzmasligi va sh.k.). Bunda shuni yodda tutish lozimki, mutlaq huquq egasi iborasi emas huquq egalari iborasi qo ‘llanilgan, binobarin obʼektdan normal foydalanishga ziyon yetgan va huquq egalari qonuniy manfaatlari buzilgan taqdirda barcha huquq egalari (shu jumladan mulkiy huquq subʼektlari ham, shaxsiy huquq subʼektlari ham) o ‘z huquqlarini talab qilishga xaqlidirlar.


Download 293,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish