Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika inistituti gumanitar fanlarfakulteti


Intellektual faoliyat natijalarining tushunchasi va turlari



Download 293,5 Kb.
bet5/8
Sana12.07.2022
Hajmi293,5 Kb.
#780445
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
R.D.sh

1.2. Intellektual faoliyat natijalarining tushunchasi va turlari.
Odamzot o‘z tabiatiga ko‘ra jismoniy jihatdan eng mukammal mavjudot emas. U kuch, tezlik va epchillikda ko‘plab hayvonlardan ortda qoladi. Lekin insonda eng kuchli imtiyoz – uning intellekti mavjud.
Intellekt so‘zi lotincha intellectus so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, insonning aqli, ongi, fikrlash qobiliyatini bildiradi.
Intеllеkt – insоnni hayvоnоt dunyosidan ajratib turadigan asоsiy bеlgi bo‘lib, rivоjlanishni sifat  jihatidan yangi pоg‘оnaga ko‘taradi. Eng avvalо intеllеktual mulk intеllеktual faоliyat natijasidir. 3Barcha intеllеktual faоliyat ham intеllеktual mulk bo`la оlmasligi aniq. Insоn fikrlaydi, uning хayolida bеhisоb g`оyalar, lоyihalar tug`iladi, lеkin ularning hammasi ham hayotda amalga оshmay, qоlib kеtadi. Faqat bоshqalar tоmоnidan оbyеktiv ravishda qabul qilinadigan, ya`ni o`zining muayyan chеgaralariga ega bo`lgan g`оya va fikrlargina mulk bo`la оlishi ravshandir.
Yaratilgan yangilik va iхtirоlar ilmiy tadqiqоt ishlari bu - aqliy mехnat bo`lib uning natijalari ishlab chiqarishga qo`llanilsa, u Intellektual mulk hisоblanadi va quyidagi ko`rinishlariga ega bo`lishi mumkin:4
1. Yangilik
2. Iхtirо
3. Fоydali mоdеllar
4. Sanоat namunalari (prоm.оbraztsu)
5. Tоvarlik bеlgilari.
6. Yangi nоmlar.
Shulardan fоydali mоdеlda birоr bir tехnik vazifani yеchishda kiritilgan ma`lum bir fоrmula va yеchimlar kiritiladi.
Sanоat namunalari - qilingan yangilikni qurilgan namunasi va ularning har tоmоnlama estеtik ko`rinishlari hisоbga оlinadi.
Tоvarlik bеlgisi - tоvarga qo`yilgan tamg`a bo`lib bu bоshqa tashkilotlarning tоvarlaridan farq qilishi uchun bеriladi.Qilingan yangilik va iхtirоlar uchun mualliflik guvохnоmasi yoki patеnt bеriladi. Mualliflik guvохnоmasi umrbоd bеrilib, patеnt esa ma`lum vaqtgacha saqlanadi.
Inson faqat intellektga ega bo ‘lgandagina oqilona ishlar qilishi, ijod bilan shug ‘ullanishi va ma’naviy jihatdan to ‘laqonli hayot kechirishi mumkin. Inson o ‘z oldiga vazifalar qo ‘ya oladi va ularni hal qilish yo ‘llarini izlaydi, fan va san’at asarlarini yaratadi, texnikaning yangi namunalarini ixtiro qiladi, tobora takomillashgan har tomonlama mukammal tovarlar ishlab chiqaradi, bino va sanoat korxonalari quradi.
Intеllеktual faоliyatning kеyinchalik qandaydir birоr-bir оbyеktiv (mоddiy) shaklda ifоdalana оladigan natijalarigina intеllеktual mulk bo`ladi dеb aytish mumkin. Insoniyat dahosi, uning intellekti bizni o‘rab turgan tabiatni, olamni o ‘zgartirishga qodir5.
Inson hayotining maqsadi – eng yaxshi narsalarga intilishdir. Ibtidoiy tuzumdan, ya’ni ilk mehnat qurollari yaratilgandan boshlab inson har doim o ‘zining turmush tarzini yaxshilash, o‘z ijodiy salohiyatini amalga oshirish yo ‘llarini tinimsiz izlab kelgan. Shuning uchun ham qadim zamonlardan insoniyat jamiyatida birinchi olimlar, ixtirochilar, rassomlar va musiqachilar paydo bo ‘lgan. Ular insonlar hayoti va turmushini yengillashtiruvchi asbob–uskunalar ixtiro qilishgan, chorvachilik va qishloq xo ‘jaligini o‘zlashtirib, atrof muhitdan himoyalanish uchun uylar qurishgan, yuklarni tashish vositalarini o ‘ylab topib, dengizda suzish uchun kemasozlik bilan shug ‘ullanishgan va bu bilan texnik, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotni ta’minlab kelishgan.
G ‘ildirak, kamon va uning o ‘qi, eshkak va qayiq, kulolchilik uskunasiva boshqalarning ixtiro qilinishi insoniyatning eng buyuk yutuqlari qatoriga kiradi.
Bugungi kunda bizni o ‘rab turgan borliq va barcha narsalar, kundalik ust–bosh va ro ‘zg ‘or buyumlaridan tortib koinotdagi yo ‘ldoshlargacha qachonlardir inson tomonidan ixtiro qilingan va uning intellektual faoliyati natijasi hisoblanadi. 
Intellektual faoliyat insoniyat jamiyati rivojlanishining asosiy sababidir.
Intellektual faoliyatning eng muhim turlari fan, san’at va texnik ijodiyot xalqlar va millatlar, davlat va sivilizatsiyalar rivojining doimiy yo ‘ldoshidir. Lekin fan va texnika taraqqiyoti ko ‘p asrlar mobaynida faqat insoniyat jamiyatining ehtiyojlarini qondirish vositasi bo ‘libgina xizmat qilib qolmadi. Aksincha, tarixdan ma’lumki, fan va texnikaning rivojlanishi, adabiyot va san’at asarlari aksariyat hollarda teskari ta’sir ko ‘rsatib, insoniyat munosabatlarining rivojlanishida asos bo ‘lgan va nafaqat ayrim kishilar, balki butun bir davlatlar va sivilizatsiyalar taqdiriga ta’sir etgan. Bunday ta’sir ayniqsa XX asrda, ilmiy–texnika inqilobi iqtisodiy va industrial rivojlanishda katta o ‘zgarishlarga olib kelgan vaqtda yorqin namoyon bo ‘ldi va bugungi kunda jahonda shakllangan iqtisodiy va siyosiy tizimni belgilab berdi.
Insoniyat jamiyati o ‘z boshidan quldorlik, feodalizm, kapitalizm, sotsializmni kechirdi. XXI asrning boshida, asosiy rivojlantiruvchi kuchi raqobat bo ‘lgan bozor iqtisodiyoti eng samarali iqtisodiy tizim ekanligi tan olindi. Ma’lumki, raqobatsiz rivojlanish bo ‘lmaydi, shu bois hozirgi zamonda raqobat kurashi barcha sohalarda, davlatlar, butun bir mintaqalar va iqtisodiy ittifoqlar o ‘rtasida yuz bermoqda. Raqobat har doim jamiyatning harakatlantiruvchi kuchi bo ‘lgan, shuning uchun insoniyat rivojlanishini hech bir mubolag ‘asiz raqobat kurashi tarixi, deyish mumkin.
Aynan raqobat texnikani rivojlantirish, texnologiyalarni takomillashtirish, yangi buyumlar yaratish va bozorga xaridorgir tovarlar taklif etish, doimo ularning sifatini yaxshilab borish, mahsulot tannarxini pasaytirish, jami imkoniyatlarni amalga oshiriga undovchi ob’ektiv iqtisodiy omildir.
Hamma vaqt ham raqobat kurashida kim intellektual imkoniyatlar va intellektual faoliyat natijalaridan unumli foydala olsa faqat o ‘sha muvaffaqiyatga erishishi mumkin.Shuning uchun yetakchi industrial davlatlar oldida butun jamiyat farovonligi yo ‘lida yaratilayotgan ixtirolar, yangi texnologiyalarning uzluksiz oqib kirishi, yangi tovarlarning bozorga chiqarilishi uchun qanday sharoit yaratish zarur degan vazifa turibdi.Inson muayyan narsaga xo ‘jayinlik yoki mulkka egalik huquqini qo ‘lga kiritgan taqdirdagina undan samarali va oqilona foydalanish yo ‘llarini izlaydi.Bundan shunday mantiqiy xulosa kelib chiqadiki, insonning bilim olish, ixtiro qilishga tabiiy intilishi va ijodi mahsulidan iqtisodiy samara olinishi bir–biriga mos kelgandagina u o ‘zining ijodiy salohiyatidan oqilona foydalana oladi, shu bois doimiy izlanishdan manfaatdor bo ‘ladi.Faqat mulk egasigina o ‘z mulkidan yuqori darajada samarali va oqilona foydalanib, uni boshqara oladi.Bunday iqtisodiy rag ‘batlantirishning eng maqbul usuli shundan iboratki, inson o ‘z intellektual salohiyati natijalariga mulkchilik huquqiga ega bo ‘lishi, ya’ni, intellektual mulkka egalik qilishi kerak. Zero undan boshqa hech kim bu natijalarga xo ‘jayinlik qila olmasin. Faqat uning o ‘zigina intellektual ijodi natijalaridan o ‘z istagicha foydalanish va boshqa shaxslarga sotish borasida mutlaq huquqqa ega bo ‘ladi.Shu yerda biz hozirgi vaqtda jahondagi eng muhim tushunchalardan biri hisoblagan intellektual mulk tushunchasiga duch kelamiz.Eng avvalo intellektual mulk intellektual faoliyat natijasidir.
Barcha intellektual faoliyat ham intellektual mulk bo ‘la olmasligi aniq. Inson fikrlaydi, uning hayolida behisob g ‘oyalar, loyihalar tug ‘iladi, lekin ularning hammasi ham hayotda amalga oshmay, qolib ketadi. Faqat boshqalar tomonidan ob’ektiv ravishda qabul qilinadigan, ya’ni o ‘zining muayyan chegaralariga ega bo ‘lgan g ‘oya va fikrlargina mulk bo ‘la olishi ravshandir. Intellektual faoliyatning keyinchalik qandaydir biror–bir ob’ektiv (moddiy) shaklda ifodalana oladigan natijalarigina intellektual mulk bo ‘ladi deb aytish mumkin.
Intellektual faoliyat odatda juda ko ‘p qirrali bo ‘lib, keng miqyosda o ‘zgarib turishi mumkin. Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) quyidagilarni haqli ravishda o ‘zining shiori deb e’lon qildi:
-insoniyat dahosi jami san’at asarlari va ixtirolarning manbaidir.
-bu asarlar insonga munosib hayot kafolatidir.
-barcha turdagi san’at asarlari va ixtirolarni ishonchli himoyalash har bir davlatning burchidir.
Intellektual faoliyat tushunchasi - intellektual (aqliy) faoliyat natijasiga tegishli huquq. Mulk egasi ana shu intellektual mulk obʼyektlaridan oʻz xohishiga koʻra, har qanday shaklda va har qanday usulda mutlaq qonuniy foydalanish huquqiga egadir.
Huquq egasiga mutlaq xuquq asosida tegishli boʻlgan intellektual mulk obʼyektlaridan boshqa shaxslarning foydalanishiga faqat huquq egasining roziligi bilangina yoʻl qoʻyiladi (Oʻzbekiston Respublikasi FK, 1034-modda).
Baʼzi obʼyektlarga nisbatan (ixtiro, sanoat namunasi, foydali model, tovar (xizmat) belgisi, firma nomi va sh. k.) mutlaq huquq davlatning vakolatli organi tomonidan beriladigan maxsus hujjat – patent, guvohnoma asosida vujudga keladi va huquqiy muhofaza qilinadi.
Intellektual mulk obyektlari fuqarolik huquqining boshqa obyektlari — ashyolar, qimmatbaho qogʻozlardan quyidagi xususiyatlari boʻyicha farq qiladi:

  1. koʻp hollarda ular moddiy koʻrinishda emas, balki gʻoya, bilim, axborot shaklida namoyon boʻladi;

  2. gʻoya, bilim shaklidagi intellektual mulk obyektiga odatdagi moddiy ashyoga egalik qilganday egalik qilish mumkin emas;

  3. shaxslar bunday obyektlardan ayni bir vaqtning oʻzida cheksiz doirada foydalana olishi mumkin;

  4. mulk huquqining muddatsiz ekanligi haqidagi qoida (FK, 164-modda) Intellektual mulk huquqi obyektlariga nisbatan qoʻllanilmaydi, binobarin aksariyat hollarda (nou-xauga nisbatan istisnoni nazarga olmaganda) Intellektual mulk huquqi.ning amal qilishi qonunlarda belgilangan muddatlar bilan chegaralangan boʻladi;

  5. qonunlarda belgilangan muddatlar utishi bilan Intellektual mulk huquqi egasining maʼlum intellektual mulk obyektiga nisbatan huquqlari bekor boʻladi va u umuminsoniy boylikka aylanib, har kim undan maʼlum shartlar asosida (muallifining shaxsiy huquklariga rioya qilgan holda) tekin va ruxsatsiz foydalanishga haqli boʻladi;

  6. Intellektual mulk huquqi obyektlariga nisbatan mulk huquqini himoya qilishda vindikatsiya daʼvosini qoʻllab (FK, 228-modda) boʻlmaydi; yo) Intellektual mulk huquqi obyektlariga nisbatan odatdagi mulk huquqiy emas, balki mutlaq huquklar haqidagi qoidalar qoʻllaniladi;

  7. Intellektual mulk huquqining amal qilishi ayni vaqtda maʼlum hudud bilan chegaralangan boʻladi. Mas, ixtiroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Patent idorasi tomonidan berilgan patent Oʻzbekiston Respublikasi hududida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qoʻshilgan xalqaro konvensiyalar, u bilan xorijiy davlatlar oʻrtasida tuzilgan ikki tomonlama shartnomalar asosida belgilangan xududlardagina amal qilag di;

  8. koʻpgina intellektual mulk obʼyektlarining mualliflariga taalluqli shaxsiy huquqlar ham mavjud boʻlib, bu obʼyektlardan foydalanuvchilar mazkur huquqlarga rioya qilishi shart.

Intellektual mulk obʼyektlari kanday faoliyat mahsuli ekanligi, huquqiy rejimi va sh.k. xususiyatlariga qarab, quyidagi turlarga boʻlinadi:

  1. intellektual faoliyat natijalari: fan, adabiyot, sanʼat asarlari; eshittirish tashkilotlarining ijrolari, fonogramma va eshittirishlari; elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va maʼlumot bazalari; ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari; seleksiya yutuqlari; oshkor etilmagan axborot, shu jumladan, ishlab chiqarish sirlari (nou-xau)dan iborat;

  2. fukarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar, ishlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar (firma nomlari; tovar (xizmat) belgilari; tovar chiqarilgan joy nomi; ) FK da va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda intellektual faoliyatning boshqa na-tijalari hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining , tovarlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi boshqa vositalar (FK 1031-modda).

Mazkur faoliyatning yangi mahsullariga, firmalar, tovarlar, ishlar, xizmatlarning yangi nomlari va alomatlariga nisbatan ham FK (4-boʻlim) da va b. qonunlarda intellektual mulkka oid belgilangan qoidalar qoʻllanadi.
FK 1031-moddasiga muvofiq, Intellektual mulk obʼektlari jumlasiga quyidagilar kiradi.
1) intellektual faoliyat natijalari:fan, adabiyot va sanʼat asarlari;ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabelь orqali ko ‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlarning ko ‘rsatuvlari yoki eshittirishlari;elektron hisoblash mashinalari (bundan buyon matnda EHM deb yuritiladi) uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalari;ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari;selektsiya yutuqlari;oshkor etilmagan axborot, shu jumladan ishlab chiqarish sirlari (nou-xau);
2) fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar, ishlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar:firma nomlari;tovar belgilari (xizmat ko ‘rsatish belgilari);tovarlar chiqarilgan joy nomi;
3) ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda intellektual faoliyatning boshqa natijalari hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar. Ushbu sharhlanayotgan moddada intellektual mulk obʼektlari tizimi, guruxlari va turlari ko ‘rsatilgan.Intellektual mulk obʼektlari fuqarolik huquqining alohida maxsus obʼektlari bo ‘lib xisoblanadi.
Аshyolar, qimmatbaxo qogʼozlar va boshqa fuqarolik huquqlaridan farqli ravishda intellektual mulk obʼektlari quyidagi xususiyatlarga ega:

  1. ko ‘p xollarda intellektual mulk obʼektlari moddiy ashyoviy xolatda emas, gʼoyaviy ko ‘rinishda — bilimlar, gʼoyalar va axborotlar holatida mavjud bo ‘ladi. Аlbatta, muyyan gʼoyalar, bilimlar tizimi moddiy eltuvchida, masalan, kitoblarda, elektron disklarda, maketlarda, qurilmalarda ifodalanishi mumkin, biroq biribir, gʼoyalar, bilimlar birlamchi, ularning moddiy tashuvchisi ikkinchi darajali bo ‘ladi va shu sababli huquqiy munosabatlar mohiyatiga jiddiy taʼsir ko ‘rsata olmaydi;

  2. bilimlar, g‘oyalar ko ‘rinishidagi intellektual mulk obʼektlariga nisbatan odatdagi moddiy ashyolarga bo ‘lganday egalik qilish va xukmronlik qilish mumkin emas;

  3. ko ‘p hollarda ushbu obʼektlardan bir vaqtning o ‘zida cheksiz, nomuayyan darajadagi shaxslar foydalanishlari mumkin;

  4. deyarli barcha intellektual mulk obʼektlariga nisbatan Fuqarolik Kodeksining 164-moddasida nazarda tutilgan mulk huquqining muddatsizligi to ‘gʼrisidagi qoidasi taʼluqli emas (oshkor etilmagan axborotlarga nisbatan huquqlar bundan mustasno);

  5. qonun hujjatlarida belgilab qo ‘yilgan muayyan muddat o ‘tishi bilan intellektual mulk obʼektlari subʼektlarining muayyan intellectual mulk obʼektiga nisbatan mulkiy (mutloq) huquqlari bekor bo ‘ladi;ye) intellektual mulk obʼektiga nisbatan huquq egasining huquqlarini vindikatsiyaviy daʼvo qo ‘zgʼatish orqali ximoya qilish samarli emas;

  6. intellektual mulk obʼektiga nisbatan huquq egasining vakolatlari mazmuni mul-mulk huquqi bilan emas, balki mutloq huquq bilan belgilanadi;

  7. intellektual mulk huquqining amal qilishi xudud bo ‘yicha chegaralangan;

  8. ijodiy faoliyat natijasi bo ‘lgan intellektual mulk obʼektlariga nisbatan shaxsiy huquqlar tizimi amal qiladi va boshqa huquq sohiblari va obʼektdan foydalanuvchilar ularga rioya qilishlari shart.

3. Sharhlanayotgan ushbu moddada intellektual mulk obʼektlari muayyan belgilariga qarab uch guruxga bo ‘lingan.
Obʼektlarni katta guruxini intellektual faoliyat natijalari tashkil etadi. “Intellekt” lotincha so ‘z bo ‘lib, aql degan maʼnoni anglatadi6. Intellektual faoliyat o ‘zining xarakteri bo ‘yicha insonning eng oliy ijodiy faoliyati xisoblanadi. Insonning ijodiy faoliyati uning kundalik odatdagi ongli faoliyatidan tubdan farq qiladi. Insonning odatdagi kundalik ongli faoliyati ko ‘nikmalar asosida, takror-takror ravishda (uy qurish, ovqat pishirish, o ‘tin yorish va x.k.) amalga oshiriladigan va yakuniy natijasi avvaldan maʼlum bo ‘lgan faoliyatdir. Bunday kundalik faoliyat reproduktiv (takroriy mahsulli) faoliyat xisoblanadi, chunki bunda formal mantiq va boshqa qoidalar, ko ‘nikmalar asosida tayyor gʼoyalar, mahsulotlar qayta-qayta, takroriy amalga oshiriladi. Bunda avvaldan maʼlum natijalar vujudga keladi, yangi natijaga olib kelmaydi. Аgarda xar bir xayotiy muammoni yechishda ijodiy yondashuv bo ‘lmaganda edi, insoniyat yaratilgan davrida qotib qolgan, xamon gʼorlarda yashagan bo ‘lar edi.
Tevarak atrofimizni qurshagan barcha predmetlar ijodiy faoliyat, ilmiy-texnika taraqqiyoti natijasi bo ‘lib xisoblanadi. Аslini olganda xozirgi zamon kishisi, uning maʼnaviyati, kasb-kor ko ‘nikmasi, mahorati, madaniy va bilim saviyasi intellektual faoliyat orqali shakllangan. Boshqacha aytganda, tahlil, fikrlash, mulohaza qilishga asoslangan ijodiy faoliyat natijasida fan, texnika, adabiyot va sanʼat soxasida yangi, original (ohariy), unikal (beqiyos) mahsulotlar yaratiladi.
Intellektual faoliyat natijalarining quyidagi turlari mavjud:

  • fan, adabiyot va sanʼat asarlari (FKning 60-bobiga sharhlar);

  • ijrolar, fonogrammalar, eshittirish-ko ‘rsatish tashkilotlarining eshittirishlari va ko ‘rsatuvlari (FKning 61-bobi sharhiga qarang);

  • elektron xisoblash mashinalari uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalari (FKning1042-moddasi sharhiga qarang);

  • ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari (FKning 62-bobi sharhiga qarang);

  • selektsiya yutuqlari (FKning 63-bobi sharhiga qarang);

  • oshkor etilmagan axborotlar, shu jumladan ishlab chiqarish sirlari (nou-xau)FKning 64-bobi sharhiga qarang.Ushbu obʼektlar xar birining huquqiy rejimi (oshkor etilmagan axborotlardan tashqari) maxsus qonunlar bilan belgilangan.

Keyingi guruxga mansub obʼektlar fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar, ishlar va xizmatlarining xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar degan umumlashma nomga birlashtirilgan. Bu obʼektlar har doim ijodiy faoliyat natijasi bo ‘lavermaydi. Аniqrogʼi, intellektual mulk obʼekti huquqiy rejimini olish uchun ular intellektual faoliyat natijasi bo ‘lishi talab etilmaydi. Intellektual faoliyat natijalari va individuallashtirish vositalarini birlashtiruvchi holat shuki, har ikkalasiga nisbatan ham huquq sohiblarining mutloq huquqlari to ‘gʼrisidagi qoidalar amal qiladi.
Fuqarolik muomalasida millionlab turli subʼektlar ishtirok etadilar va bir vaqtning o ‘zida milliardlab turli tovarlar va xizmatlar realizatsiya qilinadilar. Shu sababli ham subʼektlarni, ham ularning tovarlari va xizmatlarini identifikatsiyalashtirish (farqlash, ajratish) zarurati mavjud, bu esa boshqalar uchun mo ‘ljal vazifasini o ‘taydi, aks holda subʼektlar o ‘rtasida normal munosabatlarni o ‘rnatib bo ‘lmaydi.
Ushbu farqlash belgilari fuqarolik muomalasi ishtirokchilarini, ular ishlab chiqargan tovarlar, bajargan ishlar va ko ‘rsatgan xizmatlarini individuallashtirish vositalari bo ‘lib xisoblanadi. Ushbu obʼektlar guruxi quyidagi turlarga bo ‘linadi:
B firma nomlari (FKning 1098–1101-m.);
B tovar belgilari (xizmat ko ‘rsatish belgilari) — FKning 1102–1107-moddalari;
B tovar chiqarilgan joy nomi (FKning 1108–1111-m.).
Maʼlumki fan va texnikaning doimiy va shiddatli rivojlanishi natijasida yangidan yangi intellektual mulk obʼektlari vujudga kelmoqda. Masalan, 2001 yil 12 mayda «Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to ‘gʼrisida»gi Qonun qabul qilingan. Topologiyalar o ‘z mohiyatiga ko ‘ra intellektual faoliyat natijasi xisoblanadi.
Internet tarmogʼi vujudga kelishi va rivojlanishi oqibatida individuallashtirish vositalarining yangi turi-domen nomlari paydo bo ‘ldi.
Domen nomlari — virtual makonda isteʼmolchilarga va foydalanuvchilarga xo ‘jalik muomalasida o ‘zlariga maʼlum bo ‘lgan nomlarni qulay va oddiy topishga imkon beruvchi individuallashtirish vositasidir. Internet tarmogʼini tijoratlashuvi shunga olib keldiki, bunda u yoki bu tovarlarni yoki xizmatlarni reklama qiluvchi saytlar uchun domen nomlarini to ‘gʼri va muvofaqqiyatli tanlash bo ‘yicha raqobat masalasi keskin bo ‘lib turibdi, maʼlum va mashxur nomlarni domen nomlariga aylantirish talash bo ‘lmoqda. Domen nomlari raqamli manzilgoh o ‘rnida qo ‘llaniladigan qulay belgigina bo ‘lib qolmasdan, balki tovarlarni va xizmatlarni va ularni taklif etuvchi subʼektlarni individuallashtirish vositasi bo ‘lib qoldi.
Butun dunyo bo ‘yicha shunday tajriba vujudga keldiki, bunga ko ‘ra Tovar belgisining egasi o ‘ziga qarashli tovar belgisidan internet tarmogʼidagi o ‘z saytida o ‘zini va tovarlarini individuallashtiruvchi domen nomi sifatida foydalanilmoqda. Fuqarolik huquqida tan olingan boshqa individuallashtirish vositalaridan farqli ravishda domen nomlari ikki yoqlama tabiatga ega bo ‘lib, ko ‘pincha bir vaqtning o ‘zida ikki funktsiyani bajaradilar: ham tarmoqdagi axborot resursini, ham uning egasini individuallashtiradi.


Download 293,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish