Bugungi bozor munosabatlari sharoitida korxonalarning moliyaviy natijalarini tahlil etishda moliyaviy tahlilning eng asosiy vazifalari bo‘lib qo’yidagilar hisoblanadi
Bugungi bozor munosabatlari sharoitida korxonalarning moliyaviy natijalarini tahlil etishda moliyaviy tahlilning eng asosiy vazifalari bo‘lib qo’yidagilar hisoblanadi:
korxonaning foydalilik darajasiga baxo berish;
korxonaning moliyaviy natijalarini tarkibi, tuzilishi va dinamik o‘zgarishlariga baxo berish;
biznes rejada belgilangan foydalilik darajasiga erishilganligi va unga ta’sir etgan omillarni o‘rganish hamda baxo berish;
foydaning shakllanishi va ishlatilishining asoslanganligini tekshirish;
foydaning ko‘paygan yoki kamayganligiga mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan va boshqa faoliyatlardan erishilgan natijaning ta’sir etishini aniqlash;
korxonaning yalpi foydasi va unga ta’sir etuvchi omillarga baxo berish;
soliqqa tortilgunga qadar bo‘lgan foydaning shakllanishiga va unga ta’sir etuvchi omillarga baxo berish;
korxonaning sof foydasi va unga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish hamda baxo berish;
sof foydani ko‘paytirish yunalishlarini belgilab berish;
korxonaning rentabellik kursatkichlarini o‘rganish va ularga ta’sir etuvchi omillarga baxo berish;
korxonaning umumiy rentabellik darajasini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chikish va haqozolar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning moliyaviy natijalarini Tahlil etishda asosiy axborot manbalari bulib qo’yidagilar hisoblanadi:
korxonaning biznes reja ma’lumotlari;
korxonaning «Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot (2-shakl) ma’lumotlari;
buxgalteriya hisobining moliyaviy natijalarni aks ettiruvchi tegishli schyot ma’lumotlari.
2. Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotni asosiy ko‘rsatkichlari, ular bilan shug‘ullanuvchilarning iqtisodiy manfaatlari Moliyaviy natijalar to’g’risidagi umumlashgan ma’lumotlar moliyaviy hisobotning muxim shakli 2-shaklda «Moliyaviy natijalar to’g’risidagi» hisobot shaklida ifodalanadi.
Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot choraklik hisobot shakliga kirib barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tamonidan tuziladi.
Moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot va uni tuldirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2002 yil 27-dekabrdagi 140- sonli Yuriknomasi asosida belgilanadi.
Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot shaklining asosiy ko‘rsatkichlariga qo’yidagilar kiritiladi: Mahsulot sotishdan olingan yalpi (sof) tushum.
Mahsulot sotishdan yalpi foyda
Asosiy faoliyatdan foyda (zarar)
Moliyaviy faoliyatdan foyda (zarar)
Umumxo‘jalik faoliyatidan foyda (zarar)
Favqulodda foyda (zarar)
Soliq to‘loviga qadar foyda (zarar)
Sof foyda (zarar)
Ushbu ko‘rsatkichlarni hisob kitob kilish yuzasidan albatta korxonaning qo’yidagi harajat qatorlarini ham tarkiblash va farqlash lozim.
1. Sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi.
2. Davr harajatlar.
3. Moliyaviy faoliyatdan harajatlar.
4. Favqulodda harajatlar.