Toshkent tuman davlat soliq inspektsiyasi


Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni hisoblash va to‘lash tartibi



Download 0,76 Mb.
bet12/14
Sana14.07.2022
Hajmi0,76 Mb.
#799295
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Солик хисобот

Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni hisoblash va to‘lash tartibi



Yuridik shaxslarni yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 apreldagi 320-son «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:


YUridik shaxslarni yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2018 yil 11 iyundagi 2018-52-son «Yuridik shaxslarni yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori (ro‘yxat raqami 3023, 2018 yil 18 iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2018 y., 25-son, 504-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 apreldagi 320-son «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq yuridik shaxslarni yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritish mezonlarini belgilaydi.
Mazkur Nizom soliq ma’muriyatchiligini amalga oshirish maqsadida ushbu Nizomning 4-bandida belgilangan mezonlar asosida aniqlanadigan yirik soliq to‘lovchi yuridik shaxslar toifasiga nisbatan tatbiq etiladi.
Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha mezonlar O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 222-moddasiga asosan soliq to‘lovchilarga soliq solish tartibini tanlash yoki o‘zgartirish huquqini bermaydi.
Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha soliq ma’muriyatchiligi O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Yuridik shaxslarni yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritishning mezonlari
Quyidagilar yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritiladi:
a) aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar;
b) tijorat banklari hamda ularning filiallari, tovar-xom ashyo, fond va valyuta birjalari;
v) «Navoiy KMK» DK, «Olmaliq KMK» AJ hamda ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar;
g) mahsulot taqsimotiga oid bitim bo‘yicha ishlarni bajarishda ishtirok etayotgan tashkilotlar;
d) o‘tgan kalendar yil yakuni bo‘yicha mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan olingan sof tushumi 100,0 milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslar.
Yirik soliq to‘lovchilar toifasini belgilashda, mazkur Nizomning 4-bandi «d» kichik bandida ko‘rsatib o‘tilgan mezonlar, yuridik shaxslarning o‘tgan kalendar yil yakuni bo‘yicha soliq organlariga taqdim etgan soliq va moliyaviy hisobotlaridagi ko‘rsatkichlariga asosan aniqlanadi.
Yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar kalendar yil yakuni bilan mazkur Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan mezonlarga javob bermasa, ushbu xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar navbatdagi uch yil mobaynida yirik soliq to‘lovchilar toifasida qoladi.
Mazkur Nizom talablari tatbiq etiladigan yirik soliq to‘lovchilar ro‘yxati har yili keyingi soliq davri boshlangunga qadar bir oydan kechikmay O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Yirik soliq to‘lovchilar ro‘yxatiga kiritilgan yoki ro‘yxatidan chiqarilgan yuridik shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tegishli qaror qabul qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida yozma ravishda, shu jumladan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali xabardor qilinadi.

Fuqarolarning mehnatga haq to‘lash turidagi daromadlaridan byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ushlab qolinadigan sug‘urta badallarini bekor qilinmoqda


Prezidentning 2018 yil 29 iyunda “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq 2019 yil 1 yanvardan boshlab:
a) mehnatga haq to‘lash fondiga soliq yuki quyidagilar orqali kamaytiriladi:
• barcha fuqarolar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yagona stavkasini 12 foiz miqdorida joriy etish, shundan 0,1 foizini shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisob varaqlariga yo‘naltirish. Bunda, fuqarolarning ayrim toifalari uchun eng kam oylik ish haqining 4 baravari miqdoridagi daromadlarini soliq solishdan ozod qilishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi;
• fuqarolarning mehnatga haq to‘lash turidagi daromadlaridan byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ushlab qolinadigan sug‘urta badallarini bekor qilish;
• byudjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav jamg‘armasida davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxslar hamda ularning tarkibiy tuzilmalari uchun yagona ijtimoiy to‘lov miqdori 25 foiz etib, qolgan yuridik shaxslar uchun 15 foizdan 12 foizgacha pasaytirilgan stavkada belgilash;
b) ikkinchidan, aylanmadan (yalpi tushumdan) soliqlarni optimallashtirish bilan umumbelgilangan va soddalashtirilgan soliqlar to‘lovchilarni soliqqa tortish, shuningdek, soliq solishning soddalashtirilgan tartibiga o‘tish mezonlari quyidagilar orqali takomillashtiriladi:
davlat maqsadli jamg‘armalariga yuridik shaxslarning aylanmasidan (yalpi tushumidan) undiriladigan majburiy ajratmalarni bekor qilish;
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasini 14 foizdan 12 foizgacha, tijorat banklari uchun – 22 foizdan 20 foizgacha pasaytirish, shuningdek, mobil aloqa xizmati ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) uchun, rentabellik darajasidan kelib chiqib ular uchun qo‘shimcha foyda solig‘i hisoblash tartibini bekor qilgan holda 14 foizdan 20 foizgacha oshirish;
dividendlar va foizlar ko‘rinishidagi daromadlar bo‘yicha to‘lov manbaidan ushlab qolinadigan foyda solig‘i stavkasini 10 foizdan 5 foizgacha pasaytirish;
o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik aylanmasi (yalpi tushumi) 1 milliard so‘mdan oshgan yoki joriy yil davomida ushbu belgilangan chegaraviy miqdorga etgan korxonalarni umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkazish. Bunda, yillik aylanmaning (yalpi tushumning) 1 milliard so‘m etib belgilangan chegaraviy miqdori har 3 yilda kamida bir marta qayta ko‘rib chiqiladi;
barcha tadbirkorlik sub’ektlari, shu jumladan, aylanmasi (yalpi tushumi) 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan yuridik shaxslar uchun yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i, er solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni joriy etish;
qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibini, shu jumladan, royalti to‘lashni joriy etish orqali takomillashtirish;
v) uchinchidan, soliq solishning soddalashtirilgan tartibi bo‘yicha soliq to‘lovchilarga soliq siyosatini takomillashtirishning salbiy ta’sirini kamaytirish choralari quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasini, bino va inshootlardan, shu jumladan, ilgari xususiylashtirilgan ob’ektlardan samarasiz foydalanayotgan yuridik shaxslar uchun yuqori stavkada soliq hisoblash tartibini saqlab qolgan holda 5 foizdan 2 foizga pasaytirish;
yillik aylanmasi (yalpi tushumi) 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan soliq to‘lovchilar uchun aylanmadan (yalpi tushumdan) soliqni 4 foiz miqdordagi bazaviy stavkadan kelib chiqib hisoblash va to‘lash tartibini hamda ixtiyoriy ravishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash imkoniyatini belgilash;
yagona er solig‘i to‘lovchilari uchun amaldagi soliq solish tartibini saqlab qolish.
g) to‘rtinchidan, qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi quyidagilar orqali takomillashtiriladi:

qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘liq hisobga olish tizimini joriy qilish, soliq solish bazasini aniqlashtirish va imtiyozlar sonini kamaytirish, shuningdek, 2019 yil yakuni bo‘yicha mazkur soliq stavkasini pasaytirish orqali qo‘shilgan qiymat solig‘ining 20 foiz miqdordagi amaldagi stavkasini saqlab qolish;


hozirgi vaqtda sotib olinadigan asosiy vositalar, qurilishi tugallanmagan ob’ektlar va nomoddiy aktivlar narxiga kiritiladigan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olish summalariga kiritish huquqini berish;
tegishli tadbirlarni moliyalashtirish uchun mablag‘larni respublika byudjetiga o‘tkazish yo‘li bilan alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarning har bir ishlab chiqariladigan mahsulot birligiga o‘rnatilgan aksiz va yig‘imlarni birlashtirish.
Farmon bilan, shuningdek, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish va samarasiz soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalarini bekor qilish bo‘yicha ishchi komissiya tarkibi tasdiqlandi.




  1. Download 0,76 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish