Toshkent tibbiyot akademiyasi. I ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi. Iqtisodiyot nazariyasi fani Mavzu: 3- tovar ishlab chiqarish va pul Mavzu: Tovar ishlab chiqarish va pul


I.Natural va tovar ishlab chiqarish ijtimoiy xo‘jalik shakllari ekanligi



Download 77,5 Kb.
bet2/7
Sana12.01.2017
Hajmi77,5 Kb.
#341
1   2   3   4   5   6   7
I.Natural va tovar ishlab chiqarish ijtimoiy xo‘jalik shakllari ekanligi.

Ijtimoiy xo‘jalik — insoniyat jamiyat taraqqiyotining aloxida uzoq davrlari davomida ishlab chiqarish maqsadini ancha to‘liq ifodalab qoladigan, barqaror umumiy belgilariga ega bo‘lgan va rivojlanishida ma'lum bir qonuniyatlarga asoslangan xo‘jalik yuritishning barqaror turlaridir. Ijtimoiy xo‘jalikning ikki turi mavjud:



  1. Natural xo‘jaligi

  2. Tovar xo‘jaligi

Natural xo‘jalik umuminsoniy iktisodiyotning tarixan birinchi shakli bo‘lib xisoblanadi. Bu xo‘jalikda mexnat maxsulotlari ishlab chikaruvchining o‘z extiyojini kondirishga qaratilgan. Natural xo‘jalik sharoitida maxsulot ayirboshlanmaydi va ishlab chiqaruvchining o‘zi uchun xayotiy vositalarga aylanadi. Natural xo‘jalikning asosi bo‘lib dastlab yer xisoblangan. Keyinchalik esa uning yoniga xomaki sanoat (xunarmandchilik) qo‘shilgan. Natural xujalik bir necha tarqoq, bir xil tipdagi xo‘jaliklarning yig‘indisidan, yakka dexkon, oilalarni, davlat va jamoa xo‘jaliklaridan iborat bo‘lgan. Bu xo‘jaliklarda ishlab chikarish xom ashyolari olishdan boshlab, toki tayyor maxsulot iste'molgacha bo‘lgan mexnat jarayonini o‘z ichiga olgan. Natural xo‘jalik dastlab ibtidoiy jamoa tuzimi davrida, ya'ni dexqonchilik vujudga kelgan davrdan boshlangan. Natural xo‘jalik bozor iktisodiyotiga qadar ijtimoiy ishlab chiqarishning asosiy shakli bo‘lib kelgan. Natural xo‘jalikda dexkon yer egasiga qaram bo‘lgan. Dexqonlar dexqonchilik, chorvachilik maxsulotlarini yetishtirib,ularni qayta ishlab, tayyor maxsulot olganlar.

Xunarmandlar mexnat qurollari ishlab chiqarganlar va o‘z mexnat maxsulotlarini bir-birlariga natural formada ayirbosh qilganlar. Mulk egalari yerlarni, ishlab chikarish vositalarini dexqonlarga foydalanishga berganlar. Ulardan natural shaklda xaq olganlar.

Ishlab chiqaruvchilar xususiy mulk egalariga iqtisodiy jixatdan tobora qaram bo‘ulib qolganlar. Natural xo‘jalik sharoitida xar bir yirik mulkdorning o‘zini aloxida xo‘jaligi bo‘lgan.

Bunday sharoitda dexqonchilikni xunarmandchilik to‘ldirgan. Demak, natural xujalikda asosiy xo‘jalik tarmog‘i bo‘lib dexqonchilik xisoblangan. Xunarmandchilik esa unga qo‘shimcha tarzda rivojlangan.

Natural xo‘jalik barcha iqtisodiy jarayonlarni tor doira bilan cheklaydi. Ishchi kuchi va moddiy resurslar muayyan xo‘jalikka biriktirib qo‘yiladi. Natural xo‘jalik iqtisodiy o‘sish yo‘llarini xam to‘sib qo‘yadi. Natijada bu xo‘jalik maxsulotni tez ko‘paytirish imkonini bermaydi.

Ishlab chiqarish to‘la to‘kis qo‘l mexnatiga tayanib qoladi. Mexnat kurollari va ishlab chiqarish texnologiyasi asrlar osha o‘zgarmay qoladi. Mexnat unumdorligi deyarli o‘smaydi.

Ishlab chiqarishning kengayishi ikki omil xisobidan bo‘ladi:


  1. Oddiy mexnat sarfining ko‘payishi, ya'ni qo‘l mexnati sarfiga
    muvofiq maxsulot ortib boradi.

  2. Tabiiy omil, ya'ni tabiat in'om etgan resurslarni ko‘proq
    ishlatish, ularning yaxshisini qo‘llash orqali maxsulot
    ko‘paytiriladi.

Mexnat unumdorligining usishi chegaralanganligi sababli iktisodiy usish goyat sust bulib, asosan tabiiy omillar xisobidan yuz beradi.

Natural xujalik konservativ, eskilikka moyil bulib, yangilikni yarata olmaydi. Uning asrlar davomida saklanishi xam shunda.

Natural xo‘jalikka xos belgi bu iqtisodiy avtarizm, ya'ni o‘zini ta'minlab boshqalar bilan kamdan-kam aloqaga kirishishdir. Shu sababli u tashqi dunyo ta'siridan xoli bo‘ladi. Uning o‘zgarib boshqa ilg‘or xo‘jalikka aylanishi g‘oyat sust boradi (o‘zini o‘zi maxsulot bilan ta'minlash iste'mol sarf xarajatlarini tejaydi. Shu sababli natural xo‘jalikning ba'zi bir sarqitlari nisbatan rivojlangan iqtisodiyotda xam saqlanadi. Natural iste'mol xozirgi qishloqda xam mavjud. Dexqon xo‘jaligi tarmoqda o‘zi uchun, ishchi xizmat, dala-xovli yetishtirgan maxsulotlardir).

Natural ishlab chiqarishning ayrim nafli jixatlari qanchalik uzoq saqlanmasin, baribir uning urniga tovar ishlab chiqarish keladi. Konuniy ravishda natural ishlab chiqarish tovar ishlab chiqarishga aylanadi. Lekin bu jarayon uzoq davom etgan. Bozor iqtisodiyoti tabiatan natural xo‘jalikka emas, balki tovar ishlab chiqarishni taqozo etadi.

Natural xo‘jalik belgilari:


  1. Mexnat taqsimoti yetarlicha rivojlanmagan;

  2. Ishlab chiqarish berk xarakterga ega bo‘lib, ishlab
    chiqaruvchilarning o‘z extiyolarini qondirishga bo‘y sindirgan;

  3. Ishlab chiqarish bilan iste'mol o‘zaro mos kelib, bevosita xo‘jalik
    ichida bir-biri bilan bog‘langan;

  4. Mexnat tor doirada ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan;

  5. Ishchi kuchining xarakatchanligi cheklangan;

Natijada natural ishlab chiqarish iqtisodiy ravnaqni ta'minlay olmaganligidan uning o‘rniga tovar ishlab chiqarish keladi va maxsulotning natural shakli tovar shakli bilan o‘rin almashadi.

Tovar xo‘jadigi bozorda sotish uchun maxsulot ishlab chiqarishni bildiradi. Tovar xo‘jaligi natural xo‘jalikdan farqli o‘larok maxsulot

ishlab chiqaruvchilar bilan iste'mol qiluvchilarning bozor orqali, tovarlarni olib-sotish orqali aloqa qilishni taqozo etadi. Demak, tovar ishlab chiqarish deganda maxsulotni bozor uchun, ya'ni uni pul vositasida oldi-sotdi qilish uchun yaratilishi tushuntyrilishi kerak.

Tovar ishlab chiqarishning vujudga kelish sabablari quyidagilardan iborat:

Tovar ishlab chiqarish ob'ektiv tarzda ikki asosga tayanadi.

1. Mexnat taqsimoti - bunda mexnat turlari ixtisoslashadi. Ilgari bir necha xil maxsulot ishlab chiqaruvchilar keyinchalik maxsulotning ayrim turlavrini ishlab chikarishga (ixtisoslashadi) moslashadilar. Extiyojni qondirish uchun o‘z maxsulotini boshqa kerakli maxsulotga ayirboshlash zarur bo‘ladi.

Ayirboshlash uchun esa maxsulot bozorga chiqariladi va sotiladi. Mexnat taqsimoti mexnat unumdorligini oshiradi. Demak, ayirboshlash nafaqft zarur, balki foydali bo‘ladi.



2.Ishlab chiqaruvchilarning bir-biridan aloxidalashib, mustaqil faoliyat yuritishi. Bunda maxsulot ishlab chiqaruvchi mulkdor bo‘lishi zarur. U ishlab chiqarish omillari yoki yaratilgan maxsulotning egasi bo‘lishi kerak.

Mulkdorlar o‘rtasida tovar ayirboshlash yuz berganda mulk egasi manfaatlari ko‘zlanadi. Ishlab chiqarish rivojlanishi bilan ayrim maxsulot emas, barcha maxsulot ayirboshlash uchun yaratiladi, ya'ni bozor uchun tovar ishlab chiqarish umumiy xarakterga ega bo‘ladi.

Tovar xo‘jaligining belgilari:


  1. Ijtimoiy mexnat taqsimotining mavjud bo‘lishi;

  2. Ishlab chiqaruvchilarning mulk egasi sifatida bir-biridan
    aloxidalashuvi;

  3. Maxsulotlarning bozor uchun erkin ayirboshlash maqsadida ishlab
    chiqarilishi.



Download 77,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish