7. Nazorat uchun savollar
Ilova-6
1.Miyada qon aylanishi buzilganda qilinadigan DJT vositasini aytib bering va mashqlar kompleksini tuzing.
2.Bel-dumg‘aza radikulitida qilinadigan reabilitologik chora tadbirlar kompleksini tuzing.
3.Tabiiy omillar bilan davolash reabilitatsiyani qaysi aspektida qo‘llaniladi usullari va ularning afzalliklari?
4.Bo‘yin va belosteoxondrozida jismoniy reabilitatsiya vositalari va ularning davolash jarayonidagi ahamiyati?
5.Tibbiy va jismoniy reabilitatsiyaning 7 ta asosiy prinsiplari?
6.Reabilitatsiya jarayonida bemorning holatini aniqlovchi 4 ta maxsus diagnostika turlari?
8. Foydalaniladigan adabiyotlar.
Ilova-7
Asosiy adabiyotlar.
-
«Meditsinskaya reabilitatsiya» pod red. Bogolyubova V.M. kniga I,II,III Izd.3-ye ispr. i dop.-M.: 2010.-416s., ill.
-
«Meditsinskaya reabilitatsiya» pod red. Bogolyubova V.M. M.-2007 g. 3-x tomnik
-
Ponomarenko G.M. « Chastnaya fizioterapiya» Meditsina M. 2007 g. 698s.
-
«Meditsinskaya reabilitatsiya» pod red. V.A. Yepifanova Moskva 2005. 400s
-
Bogolyubov V.M. «Metodika i texnika provedeniya fizioterapevticheskix protsedur» M. 2001 s.280
-
Ushakov A.A. «Rukovodstvo po prakticheskoy fizioterapii» M. 1996 g. 250s.
-
Yepifanov V.A. “Lechebnaya fizicheskaya kultura” M. 2003 s.674
-
Dubrovskiy V.A. “Lechebnaya fizkultura” M. 2004 s. 450
-
Dubrovskiy V.I. «Lechebnaya fizicheskaya kultura (kinezoterapiya)»: ucheb. dlya stud. vissh. ucheb. zavedeniy.- 2 izd., s ter.-M., 2001.-608 s.:ill.
-
Fizicheskaya reabilitatsiya: pod obщey red. prof. S.N. Popova. Izd. 3-ye.- Rostov na Donu, 2005.-608 s.
-
Ma'ruza matnlari, o‘quv-uslubiy kullanmalar
9.Internet manbalari
-
www.tma.uz
-
www.zionet.uz
-
www.kimdao.ru
-
www.doktor.ru,
-
www. medinfo. home.ml.org
-
http://www.restart-med.ru
-
http://www.mirmed.ru
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
“TASDIQLAYMAN”
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
Professor Teshaev O.R.
________________________
«____»__________ 2013 yil
Kafedra: Halq tibbiyoti, reabilitalogiya, jismoniy tarbiya
Fan: Reabilitologiya
Endokrin (qandli diabet, semirish, qalqonsimon bez kasalliklarida) va ruhiy kasalliklar (nevrasteniya, isteriya, psixasteniya) reabilitatsiyasi bosqichlarida fizioterapiya va jismoniy omillar qo‘llash
Mavzusi bo‘yicha
Amaliy mashg‘ulot
Ta'lim texnologiyasi
O‘quv mashg‘ulotida ta'lim texnologiyasi modeli
Mavzu:№4 “Endokrin (qandli diabet, semirish, qalqonsimon bez kasalliklarida) va ruhiy kasalliklar (nevrasteniya, isteriya, psixasteniya) reabilitatsiyasida fizioterapiya vaDJTni qo‘llash, yuqumli (saramas, brutsilyoz va ko‘k yo‘tal) va teri-tanosil kasalliklarining (psoriaz, allergik toshmalar) kompleks reabilitatsiyasi”
Ta'lim berish texnologiyasi (amaliy mashg‘ulot).
Vaqt: 270 dakika
|
Talabalar soni:8-12
|
O‘quv mashg‘ulotining shakli va turi
|
Amaliy mashg‘ulot
|
O‘quv mashg‘ulotining tuzilishi
|
1. Kirish qism.
2. Nazariy qism
3. Analitik qism:
- Keys-stadi
- Testlar
- Vaziyatli masalalar
- Retseptlar
4. Amaliy qism
|
O‘quv mashg‘uloti maqsadi:
|
kasalliklarning kompleks reabilitatsiyasi bosqichlarida fizioterapiya va jismoniy omillar qo‘llashni afzalligi sog‘ayish davrida o’ziga xos xususiyatlarini o‘rgatish
|
Talaba bilishi lozim:
|
- tekshirish va tashxislash usullari;
- bemor bilan muloqot o‘rnatish uchun zaruriy kommunikatsiya asoslarini;
- mavzu bo‘yicha kasalliklar reabilitatsiyasida FT va DJTni qo‘llashga,qarshi ko‘rsatmalarni reabilitologik chora tadbirlarni aniq tuzishni;
- fizik omillarga retsept tuzishni va kasalliklarida fizik omillarni patogenetik va siptomatik fiziologik ta'siriga qarab tavsiya qilish;
- qandli diabet, semirish, qalqonsimon bez kasalliklarida qo‘llaniladigan fizioterapevtik muolajalarga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmani;
- nevrasteniya, isteriya, psixasteniya kasalliklarining reabilitatsiya bosqichida DJTning ahamiyatini, mashqlarni bajarilish yuklamasini, harakat tartibotini;
|
Talaba bajara olishi lozim:
|
- mustaqil ravishda fizioterapevtik muolajani o‘tkaza olishi;
- reabilitatsiya vositalarining ta'siriga qarab simptomatik, patogenetik davolashni o‘tkazishni;
- saramas, brutsilyoz va ko‘k yo‘tal kasallik bosqichiga qarab reabilitatsion chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqishni;
|
Pedagogik vazifalar:
-talabalarga reabilitologik chora tadbirlarni to‘liq aniq tuzishni o‘rgatish.
- VOZ asosida reabiltatsiya aspektlariga tasnifini berish;
- fizik omillarga retsept tuzishni va turli kasalliklarida fizik omillarni fiziologik ta'siriga qarab tavsiya qilish bilan tanishtirish.
- reabilitatsiya vositalari ta'siriga qarab simptomatik, patogenetik davolashni bemorlar reabilitatsiyasida o‘tkaziladigan omillarga bo‘lgan tasavvurini kengaytirishga qiziqish uyg‘otish.
|
O‘quv faoliyati natijalari:
-talabalar kasalliklarida reabilitologik chora -tadbirlarni ketma –ketligini to‘gri tuzishni o‘rganadi.
-VOZ asosida aspektlarni aniq tasniflaydilar;
-talabalar fizik omillarga retsept tuzadi va turli kasalliklarida fizik omillarni fiziologik ta'siriga qarab tavsiya qilishni o‘rganadi.
-talabalar reabilitatsiya vositalari ta'siriga qarab simptomatik, patogenetik davolashni bemorlar reabilitatsiyasida o‘tkaziladigan omillarga bo‘lgan to‘g‘ri tassavur qilishini o‘rganadi.
|
Ta'lim usullari
|
Ma'ruza, aqliy hujum, hikoya, ko‘rsatma berish, namoyish, videousul, amaliy ish usuli, kitob bilan ishlash, suhbat, ta'limiy o‘yin, pinbord, Keys-stadi.
|
Ta'lim shakli
|
Jamoaviy, guruhlarda ishlash («Birgalikda o‘qiymiz», «O‘ylang-Juftlikda ishlang-Fikr almashing»), yakka tartibli
|
Ta'lim vositalari
|
Doska-stend, flipchart, videofilmlar, yozuv taxtasi, mulyajlar, sxema, eslatma, nazorat varag‘i, matnlar
|
Ta'lim berish sharoiti
|
Maxsus texnika vositalari bilan jihozlangan,fizioterapevtik xonalar DJTi o‘tkazish xonalari
guruhli shakllarda ishlashga mo‘ljallangan xonalar
|
Monitoring va baholash
|
Og‘zaki so‘rov: tezkor-so‘rov, yozma so‘rov: test
|
O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi
Ish bosqichlari va vaqti 6 saot.
( 270 daq.)
|
Faoliyat
|
ta'lim beruvchi
|
Ta'lim oluvchilar
|
10 dakika
10 daqiqa
10 daqiqa
10 daqiqa
10 dakika
|
Nazariy qism
1.1. Daftarlar va davomatni tekshirish
1.2 Mavzuning nomi, maqsad va kutilayotgannatijalarni yetkazadi. Mashg‘ulot rejasi va.baholash mezonlari bilan tanishtiradi (ilova№6)
1.3. Mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalarni; mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro‘yxatini aytadi (ilova №.7)
1.4. Tezkor-so‘rov/ savol-javob/ blits bilimlarni faollashtiradi. (ilova №.1)
1.5. Tanaffus
|
Tinglaydilar, yozib
oladilar.
Savollarga javob beradilar
|
2-bosqich.
90 dakika
20 daqiqa
45 daqiqa
|
Analitik qism
2.1.Keys-stadi ishlash tartibini tushuntiradi va talabalarni guruhlarga ajratadi (ilova №2)
2.2.Talabalarga mavzuni o‘zlashtirish uchun belgilangan ko‘rgazmali qurollar ( test va vaziyatli masala, preparat)ni taqdim etish, ulardan foydalanish bo’yicha ko‘rsatmalar va tushuntirish berish (ilova №3)
2.3 Tanaffus
|
Javob beradilar
Yozadilar.
Guruhlarda
ishlaydilar,
taqdimot qiladilar
|
3-bosqich.
40 dakika
15 daqiqa
10 dakika
|
Amaliy qism
3.1. Amaliy ko‘nikmalarni bajarish (ilova№4)
3.2.Mavzu bo‘yicha yakun qiladi, qilinganishlarni kelgusida kasbiy faoliyatlaridaahamiyatga ega ekanligi muhumligigatalabalar e'tiborini qaratadi.
3.3. Guruhlar ishini baholaydilar, o‘quvmashg‘ulotining maqsadga erishishdarajasini tahlil qiladi. Nazorat savollar taxlili (ilova №5)
3.4. Mustaqil ish uchun topshiriq beradi va keltirilgan mezonlar asosida baholayditalabalarga baholarni yetkazadi..
|
Amaliy kunikmalarni bajaradilar
O‘z-o‘zini, o‘zaro
baholashni
o‘tkazadilar.
Savol beradilar
Topshiriqni yozadilar
|
Endokrin (kandli diabet, semirish, qalkonsimon bez kasalliklarida) va ruhiy kasalliklar (nevrasteniya, isteriya, psixasteniya) reabilitatsiyasida fizioterapiya va DJTni qo‘llash, yukumli (saramas, brutsilyoz va ko‘k yo‘tal) va teri-tanosil kasalliklarida reabilitatsiyasi bosqichlarida fizioterapiya va jismoniy omillarni qo‘llash alohida ahamiyatga egadir. Talaba tomonidan o‘zlashtirilgan bilim va amaliy ko‘nikmalar esa, uni kelajakda o‘z mutaxassislik amaliyotida ishonch bilan qo‘llash imkoniyatini beradi.
|
2. Tashqi va ichki fanlararo bog‘liqlik
|
An'anaviy va noan'anaviy usullar bo‘yicha talabalar bilimini kengaytirish maqsadida UASh ichki kasalliklar, UASh –xirurgiya, UASh-ginekologiya, travmatologiya, nevrologiya, pediatriya, klinik farmakologiya va boshqa bilimlariga asoslangan. .
|
3. Mashg‘ulotning tarkibiy qismi
|
3.1.Nazariy qism
Endokrin tizimi kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar reabilitatsiyasi.
Qandli diabet.Tibbiyotning yetakchi muammolaridan biri. Hozirgi kunda tibbiy-ijtimoiy ahamiyati jihatidan bevosita qon-tomir va onkologik kasalliklardan keyin turadi. JSST bo‘yicha butun dunyoda 50 mln. aholi qandli diabet bilan kasallangan. QDning tibbiy-ijtimoiy ahamiyati uning faqat keng tarqalganligi bilan emas, balki surunkali kasallik sifatida jamiyatga yetkazayotgan zarari bilan ham belgilanadi (ulim darajasini 2-3 marta, yurak ishemik kasalligi va insultlar sonini 2-3 marta oshiradi, QD bilan og‘rigan bemorlar orasida ko‘rlik umumiy aholiga nisbatan 10 marta, gangrena va oyoq qo‘l amputatsiyasi 20 marta ko‘p, QD buyraklarning o‘limga olib keladigan darajada shikastlanishi sababi bo‘yicha 2 o‘ringa va h.k., va nihoyat QD kutilayotgan hayot davomiyligini 2-12%ga oshiradi (turli mamlakatlarda turlicha).QD – organizmda insulinning mutloq yoki nisbiy yetishmovchiligi bilan kelib chiqadigan kasallik bo‘lib, uglevodlar almashinuvi chuqur buzilishi giperglikemiya va glyukozuriya bilan xarakterilanadi. To‘qimalar tomonidan glyukoz o‘zlashtirilishi qiyinlashishi MNS, yurak qon-tomir tizimi, jigar, mushak to‘qimalari funksiyasi buzilishiga, natijada ish qobiliyati kamayishiga olib keladi. Yog‘ almashinuvi buzilishi yog‘larning oksidlanishi tezlashishi va keton tanachalar hosil bo‘lishi, qonda qonda ko‘payishi natijasida MNSga toksik ta'sir etadi. Diabetda oqsil sintezi ham buzilib energetik almashinuvdarajasi kamayadi. QD bilan og‘rigan bemorlarda energetik almashinuv buzilishi mushak faoliyati kamayishi bilan bevosita bog‘liq. Shunday qilib QD faqat uglevod almashinuvi buzilishi bilan emas, balki oqsil, yog‘, mineral va modda almashinuvi boshqa turlari buzilishi bilan xarakterlanadi. Insulin yetishmovchiligi fonida bemorlarda turli asoratlar va yondosh kasalliklar rivojlanadi. Tahminan 70% bemorlarda yurak qon-tomir tizimi shikastlanib, diabetik mikroangiopatiya hamda yurak, bosh miya, oyoq tomirlarida ateroskleroz rivojlanishi bilan makroangiopatiya sifatida namoyon bo‘ladi. QDda tishlarning paradontoz, karies, gingivit, stomatit sifatida erta shikastlanishi kuzatiladi. Bular bilan bir qatorda gastrit, enterokolit, diabetik gepatodistrofiya, xoletsistit paydo bo‘ladi.QD uchun teri qoplami shikastlanishi harakterli: qurishi, qichishish, dermatitga moyillik, furunkulyoz, ekzema. Nerv sistemasi patologiyasi nevrasteniya, nevralgiya, nevrit, polinevrit sifatida namoyon bo‘ladi. Shunday qilib QD turli patologik ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.QDni davolash ko‘p qirrali bo‘lib asosiy kasallikni, hamda uning kechishini og‘irlashtiruvchi asoratlarni yoqotishga qaratish kerak. Bunda kompleks terapiya va DJT qo‘llash muhim ahamiyatga ega. Fizioterapevtik muolajalar gipoglikemik effekt bermaganligi uchun ular asosan QD asoratlarini hamda yondosh kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi. Fiziodavolashni buyurishning asosiy sharti metabolik o‘zgarishlar turg‘un kompensatsiyasi, ketoatsidoz va gipoglikemik holatlar yo‘qligi. Bunda fizioterapiyaga umumiy qarshi qo‘rsatmalar, hamda QD bilan og‘rigan bemorlar ayrim fizik ta'sirlarga yuqori sezuvchinligi e'tiborga olinadi. Proliferativ retinopatiya fizioterapiyaga mutloq qarshi qo‘rsatma hisoblanadi.Fizioterapevtik davolash usullari to‘qimalar oziqlanishini, ularning qon va kislorod bilan ta'minlanishini oshiradi, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini stimullaydi, hamda oqsil, yog‘ va uglevod metabolizmida ishitrok etuvchi fermentlar aktivligini oshiradi. Fizioterapiyani statsionar, poliklinika, sanator-kurort sharoitida odatda yiliga 2 marta tayinlash mumkin. Zarur hollarda davolash kurslari har 3-4 oyda tayinlanishi mumkin. QDni davolash kompleksiga turli fizik faktorlar hamda tabiiy faktorlar (iqlim, balnioterapiya va h.k.) bilan davolash kiradi.QD bilan og‘rigan bemorlarni MOB proyeksiyasi sohasida SMT sezilarli davolovchi ta'sir etadi. U ta'sir etish joyida va u bilan bog‘liq innervatsion maydonda periferik qon aylanishini va to‘qimalar trofikasini yaxshilaydi. Aniqlanganki, SMTning bir martalik va kurslik qabuli gipoglikemik ta'sir etib lipid almashinuvi ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi, buyrak usti bezi po‘stloq va mag‘iz qavatlarini aktivligini kamaytiradi. SMTning MOB sohasiga ta'sir ettirish o’zgaruvchan rejim III va IV rejimlarni har biri 5 minutdan qo‘llash orqali o‘tkaziladi, modulyasiya chastotasi 70 Gs, chuqurligi 75-100%, yo‘naltirish davomiyligi 2-3 soat, muolaja davomiyligi 16-20 minut.Rux bilan elektroforez QDli bemorlarga ijobiy ta'sir etadi. Uning β-hujayralar insulin sekretsiyasidagi ishtiroki ma'lum. 10-20 smli taglikni chap qovurg‘a osti sohasi chap epigastriy sohasiga, katod chap kurak sohasiga qo‘yiladi, davomiyligi 15 minut, davolash kursi 15 muolaja.
UBN bemorlarga me'yoriy gipoglikemik ta'sir etadi, bu ta'sir MOBning β-hujayralari stimulyasiyasini va insulin sekretsiyasini ko‘paytiradi. UBN terining baryer funksiyasini oshirib yiringli infeksiya kirishini oldini oladi. QDda umumiy UBN (1/3-1/4 biodozadan boshlab 2 biodozagacha oshirib boriladi) kursda 18-20 muolaja. UBN dozasi oshirib yuborilishi uglevod almashinuvi buzilishiga olib keladi.
Oyoq diabetik angiopatiyasida ayniqsa faol bosqichda fizioterapiya yaxshi natija beradi. oyoqlarga novokain-yod elektroforezi;
-
past issiqlik dozasida bel gangliylariga UYuCh terapiya;
-
bel simpatik tugunlariga induktotermiya;
Fizioterapiyani balnioterapiya bilan almashtirib qo‘llash mumkin:
-
33-350S haroratli karbonat angidridli vanna;
-
35-360S haroratli kislorod vannalari;
-
Quruq havoli banya (sauna) ma'lum harorat va namlikda, keyinchalik basseynda yoki dushda yuvinish;
Tomirlar gipotoniyasida quyidagi fizioterapiya tavsiya etiladi:
-
oyoqlarga novokain-yod elektroforez;
-
orqa miyaning tegishli qismlariga DDT;
-
oyoq qo‘l massaji;
-
vannalar: kislorodli, yod-bromli, xvoy -tuzli, karbonat angidridli;
-
4-kamerali galvanik vanna;
-
Qishki paytda boldir sohasiga UBN;
Diabetik neyropatiyada tayinlanadi:
-
Oyoq-qo‘lga novokain-yod induktoelektroforezi;
-
Oyoq-qo‘lga DDT
-
Oyoq-qo‘lga katta bo‘lmagan balchiqli applikatsiyalar;
-
Parafin va ozokerit applikatsiyalari;
-
Oyoq-qo‘l massaji;
Erkaklarda jinsiy buzilishlarda ijobiy natija olish mumkin:
-
dumg‘aza bel sohasiga induktotermiya;
-
oraliq va son ichki yuzasi darsonvalizatsiyasi;
-
xvoyli va karbonat angidridli vannalar;
-
35-370S haroratli ko‘tariluvchi vannalar;
Diabetik vulvit bilan kasallangan ayollarga:
-
oraliq sohasiga bo‘lsa havoli vannalar bilan kuchsiz eritemali dozada UBNni qo‘llash;
-
oraliqqa UVCh;
-
oraliqqa sollyuks;
azoblovchi qichishish, yallig‘lanish 3-4 muolajadan so‘ng kamayadi.Diabetik gepatopatiyada jigar sohasiga induktotermiya qo‘llaniladi.Sanator-kurort davolash o‘z-o‘zidan qand tushiruvchi ta'sir qo‘rsatmaydi, lekin bemorga ta'sir etuvchi sog‘lomlashtiruvchi faktorlar kompleksi QDda samarali vosita hisoblanadi. Bu kompleks parhez, qand tushiruvchi preparatlar, iqlim bilan davolash, DJT, dori vositalari, balneologik va fizioterapevtik usullarni qo‘llash orqali diabet asoratlarini olishni o‘z ichiga oladi.Sanator-kurort davolashga ko‘rsatma bo‘lib kompensatsiyalangan QD yengil va o‘rta og‘ir darajasi, hamda glyukozaga tolerantlik buzilganda hisoblanadi.
Moddalar almashinuvi buzilishi bor bemorlarning reablitatsiyasi.
Semirish:
Bu kasallik ,organizmda ortiqcha yog‘ni to‘qimada yig‘ilishi bilan harakterlanadi. (Erkaklarda 20%dan kam emas,ayollarda 25% umumiy odam organizmida bo‘ladi). Ekonomik rivojlangan davlatlarda 25-30 % aholi kasallanadi.Alimentar faktor asosiy bo‘lib hisoblanadi,koloriyali ovqat iste’mol qilish ,asosan yog‘ va uglevodlar hisobiga(birlamchi semizlik).Harakatning kamligi asosiy o‘rinni egallaydi.
Semirishning 3 formasi ajratiladi:
1.Alimentar –konstitutsional. 2.Endokrin.
3.Markaziy.
Alimentar –konstitutsional formasida organizmning fizik-jismoniy harakatining kamligi xisobiga uglevod to‘planadi.
Semirishning endokrin formasi,endokrin sistemasi bezlari funksiyasining buzilishi bilan bog‘liq.
Semirishning markaziy formasi kelib chiqishida yog‘ almashinuvining markaziy boshqarilishini buzilishi yotadi,bu po‘stloq-diensefal soxa funksiyasini travma va infeksiya bilan zararlanishidan keyin kelib chiqadi.
Birlamchi semirish 4 bosqichga bo‘linadi.
1-bosqich-Normadan 15-29% ortiqcha vazn
2-bosqich-30-49%
3-bosqich-50-100%
4-bosqich-100% dan ortiq bo‘ladi.
Semirish oqibatida yurak -qon- tomir sistemasi o‘zgarishlarga uchraydi.(miokard distrofiyasi,karonar qon aylanishni buzilishi,miya va pastki qismlarda qon aylanishni buzilishi),nafas sistemasi(nafas harakatini kamayishi bu diafragmani harakati kamligi xisobiga),ovqat xazm qilish sistemasida (oshqozon sokining gipersekretsiyasi, giperxlorgidriya bilan birga),tayanch –harakat apparati(bo‘g‘imlarda nagruzkani oshishi va moddalar almashinuvi buzilishi hisobiga artroz).Suv-tuz almashinuvini buzilishi hisobiga shish kuzatiladi.Birlamchi semirish natijasida ichki sekretsiya bezlari funksiyasini buzilishi yani giperinsulinemiya,gipokortitsizm,samototrop gormoni funksiyasi susayishi va boshqalar. Ratsional davolash natijasida semirish kamayadi.Bemorni davolish prinsipida organizmda lipolizni kuchaytirish maqsadida manfiy energiya balansi vujudga keltiriladi.Bunda sut dietasi olib boriladi, organizmda uglevodni kamaytirish maqsadida,yana energiya sarfini ko‘paytirish yaxshi natija beradi. Dieta va harakatni oshirish yani,patogenezga tabiiy va jismoniy faktorlarni birgalikda olib borish organizmni qayta tiklash uchun muhim omildir.Jismoniy harakat bilan davolash natijasida kam kaloriyali dieta olib borishga yordam beradi va tana massasini kamayishiga yaxshi natija beradi,qayta tiklovchi yoki jismoniy harakatni stimulyasiya qiladi. Istalmagan metobolik o‘zgarishlar korreksiyasi ,organizmning nospetsifik rezistentligi semizlikni davolash va profilaktik choralari ko‘rilayotganda asoratli hisoblanadi. Semirish bilan kasallangan bemorlarni ko‘p maqsadli ,kompleks davolash faktorlariga sanator-kurortlar tavsiya qilinadi.
Semirish bilan kasallangan bemorlarni davolashda sanator-kurortni maqsadi tana massasini kamaytirish,ogohlantirish va davolash qo‘shimcha kasalliklarni davolashda yordam beradi ,bemor harakati va ish qobilyatini oshiradi.Kompleks davolashga yana davolovchi ovqatlanish kiradi,aniq harakatlanish rejimi ,balchiq va suv bilan davolashning har-xil turlari ,pelloidoterapiya kiradi. Ovqat bilan davolash semizlikni davolashda asosiy o‘rinni egallaydi.Bu esa kam kalloriya dietaga asoslanadi,almashtirib bo‘lmaydigan ovqat moddalari(oqsil,kam to‘yingan yog‘ kislotalari ,vitaminlar,mineral moddalar).Bu dieta bilan davriy ravishda 1-2 haftada 1-2 marta yuklamali kun o‘tkaziladi.(sut maxsulotlari,tvorog,meva).Bazida och qoringa mineral suvlar bilan yuklamali kun o‘tkazish samarali hisoblanadi. Semirish bilan kasallangan bemorlarni jismoniy kamaytirish,davolash shartli xisoblanadi.Uning asosiy maqsadi tana massasini energiya sarfi hisobiga organizmni kardiorespirator sistemasini chiniqtirish,bemorni psixoemotsional tonusini oshirish hamda ko‘nikmalarni mustaqil ravishda bajarishni taminlash.Semizlikda bir necha xil jismoniy mashqlar olib boriladi.Ertalabki gimnastika ,masalan chegaralangan sayohat va terrenkur,sport mashqlari,harakatli sport o‘yinlari va mexanoterapiya. DJTga ko‘rsatmalarda harakat rejali bo‘lishi,mashq bajaruvchi tonusining oshib borishi ,umumiy ahvoliga, semirishni funksional holatiga ,yurak-qon-tomir sistemasi holatiga qaraladi. Massaj va o‘z-o‘zini massaj tana massasini kamayishiga ta’sir etmaydi.Biroq manipulyasiyalashgan massaj (silash,surtish,uqalash,urish)mushak tonusini oshiradi,qon va limfa aylanishini yaxshilaydi. Terrenkur-jismoniy aktivlikni oshiradi,yuqori effekt beradi,semiz bemor mashq qilishi respirator funksiyani yaxshilaydi va yurak –kon tomir sistemasi jismoniy mashqqa moslashadi. Sport mashqlari(yugurish ,eshkak eshish) yana harakat va sport o‘yinlari (voleybol,tennis,va boshq..) foydali ,chunki u organizm energiya sarfini oshiradi. Klimatoterapiya-semizlik bilan kasallangan bemorlarni kompleks davolash usuli,iqlim faktorlari ta'sirida neyroendokrin almashinuv yaxshilanadi,chirish jarayoni aktivligi oshadi ,kardiorespirator sistema funksiyasi yaxshilanishi hisobiga gipoksiya kamayadi,organizm chidamliligi oshadi. Aeroterapiya barcha kasallar uchun umumiy ahvoliga qarab,semizlik darajasi,yurak-qon tomir sistemasi funksional holatiga karab doza belgilanadi. Aeroterapiya jismoniy tarbiyani turli usullari bilan birgalikda foydali.(tongi mashq,davolovchi gimnastika,harakatli o‘yinlar,ochiq xavoda kiyimsiz o‘z-o‘zini massaj bilan. Gelioterapiya-chegaralangan holda bemorlarga ishlatiladi,1-2 darajali semizlikdagi ,yurak-qon tomir sistemasi kasallanmagan bemorlarga ishlatiladi.Ultrabinafsha nuri buyrak usti bezini mag‘iz qismidan glyukokortikoid va androgenlar ishlab chiqarilishini oshiradi,shuning uchun buni ekzogen-konstitutsional semirgan bemorlar va giperinsulinemiya,testikulyar yetishmovchiligi bor bemorlarda ishlatiladi. Mineral suvlarni bemorlarga uglevod ,lipid vasuv-tuz almashinuvini yaxshilash uchun ishlatiladi. Bunda lipidning turli fraksiyalarini kamaytiradi,esterifitsir bo‘lmagan yog‘ kislotalarini ozod qiladi,glikogen miqdorini oshiradi,organizmni uglevodlarga tolerantligini normallashtiradi, elektrolit balansini normallashtiradi,diurezni oshiradi.Semizlikda quyidagi mineral suvlar ishlatiladi:sulfat-natriyli,sulfat-magniyli,solyano-ishqoriy,kalsiyli va organik moddalar saqlovchi suvlar. Mineral suv vanna ko‘rinishida ham ishtiladi.Mineral suvli vanna (uglekisliy, sulfidli ,buloq va boshqa) MNS va neyroendokrin almashinuvini normallashtiradi.Tarkibida uglevodorod bor vanna insulin miqdorini kamaytiradi,kortikosterogenezni tormozlaydi,estriol va estradiolni miqdorini oshiradi .Uglekislotali buloq suvi vannasi qabul qilinganda buyrak usti bezining androgen funksiyasi va jinsiy bezlar aktivligi oshadi.Judayam semiz o‘rta va qari yoshli bemorlarda yoki qo‘shimcha kasalligi(SSS,GB,ateroskleroz) bor bemorlarda balneoterapiya o‘tirgan holatdagi metodikada olib boriladi. Gidroterapiya semizlikda tonusni oshirishda kengqo‘llaniladi,quvvatlovchi effektli,qon aylanishni yaxshilaydi.Termik va mexanik suvli muolajalarni birga ishlatish natijasida semizlikka qarshi har-xil ta'sirlar ortib boradi:issiqlik ajralishini stimullaydi,organizmni energiya sarfini oshiradi,kuchli terlash chaqiradi.Suv bilan davolash muolajalarida semizlikni davolashda dushlardan ham foydalaniladi.( Issiq ,shotlandcha,to‘g‘ri,almashinuvchi).Suv bilan davolashni effektivli turiga suv ostidagi dush-massaji,qaysiki teri reaksiyasini chaqiradi,limfa-qon aylanishini yaxshilaydi.Bemor bu muolajalarni qabul qilgandan keyin organizmda xolestirin miqdori kamayadi,turli lipid saqlovchi moddalar ,qonda ozod yog‘ kislotalari miqdori oshadi,bu jarayonlar organizmda kuchli lipoliz bo‘lganidan dalolat beradi. Kontrastli vanna ham semizlikda qo‘llaniladi,tana massasini kamaytiradi,lipid almashinuvini yaxshilaydi,miokard qisqarish funksiyasi va A/B ni normallashtiradi. Oldindan ozdirish uchun quruq havoli va issiq bug‘li muolajalardan foydalanilgan,chunki ter ajralishi hisobiga organizmda degidrotatsiya chaqiradi.Buni faqat 1-2 darajali ,yosh va yurak qon-tomir sistemasida kasalligi yo‘q bemorlarda qo‘llaniladi. Balchiq va issiqda davolash ,elektroforez,franklinizatsiya,UVCh,SVCh,va boshqalar qo‘shimcha kasalligi bor bemorlarda qo‘llaniladi.Sanotor kurortda davolash,balneo va izioteropevtik faktorlar ekzogen-konstitutsiyali(alimentar) 1-2 darajali semizlikdagi bemorlarda yurakda dekompensatsiya bo‘lganda foydali.Sanotor-kurort dush olishga ko‘rsatma:semizlikdan kelib chiqqan qo‘shimcha kasalliklar,SSS,NK 1-2 bosqichida,gipertoniya kasalligida,ovqat hazm qilish sistemasi,tayanch –harakat apparatida,periferik nerv sistemasi,jinsiy va boshqa kasalliklarda qo‘llaniladi.Sanator-kurort va fizioterapevtik muolajalar semizlikning endokrin sistemasiga bog‘liq kelib chiqishida mumkin emas. Semizlikni davolovchi kurortlar turli xil bo‘ladi.Ovqat bilan davolovchi ,mineral suvlar bilan,klimit tozaligi bilan,dengiz oldida bo‘lishi bilan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |