Ta’limni boshqarish – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo’lga qo’yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash masalalarini o’rganadi.
Ta’limning sinf-dars tizimi - dars shaklida muayyan o’quvchilar guruhi bilan o’quv rejasiga muvofiq tuzilgan aniq jadval bo’yicha olib boriladigan ta’lim jarayoni.
Ta’lim tizimi – davlat siyosatining asosiy tamoyillari asosida yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yo’lida faoliyat yurituvchi barcha turdagi ta’lim muassasalari majmui.
Ta’lim shakli – ta’lim jarayonining tashkiliy tuzilmasi.
Tizim- (mustakil tushuncha sifatida) - o’zaro bog’langan ko’plab elementlar (tarkibiy qismlar) o’rtasidagi mustahkam birlik va o’zaro yaxlitlik.
Tiflopedagogika - (yunoncha typhlos – ko’r) – ko’rish qobiliyati buzilgan bolalarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish muammolarini o’rganuvchi fan; korrektsion pedagogika (defektologiya)ning muhim sohasi.
Test - aniq maqsad asosida muayyan holat darajasini sifat va miqdoriy ko’rsatkichlarda belgilashga imkon beruvchi sinov vositasi.
Topshiriq - o’quvchilarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy tajriba ko’nikmalarini shakllantirish maqsadida qo’llaniladigan usul.
Tushuntirish - o’quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida bayon qilish.
To’garak - o’quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida sinfdan yoki maktabdan tashqari sharoitda uyushtiriluvchi qo’shimcha ta’lim shakli.
Umumiy pedagogika – maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish masalalarini o’rganadi.
Umumiy o’rta ta’lim - o’quvchilarning fan asoslari bo’yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o’zlashtirish ehtiyojini, asosiy o’quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy aqdriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat ko’nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bo’lishni va kasb tanlash ko’nikmalarini shakllantirish bosqichi.
Universitet - kadrlar tayyorlash va bilimlarning keng sohalari bo’yicha oliy va oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasi.
Usul - muayyan o’quv materialini o’zlashtirishda qo’llanilayotgan asosiy ta’lim metodi bilan birga ikkinchi bir ta’lim metodining ayrim elementlaridan foydalanish.
Faoliyat - shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy maqsadga muvofiq tashkil etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning muayyan shakli, ko’rinishi.
Shaxs - psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyat a’zosi.
Do'stlaringiz bilan baham: |