Toshkent tibbiyot akademiyasi urganch filiali fakultet va gospital terapiya kafedrasi tibbiyot kasbiga kirish fanining


Xalq tibbiyoti rivojlanish tarixi



Download 10,74 Mb.
bet26/139
Sana20.04.2022
Hajmi10,74 Mb.
#566450
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   139
Bog'liq
Мажмуа ТКК 2020 lat

Xalq tibbiyoti rivojlanish tarixi
Hozirgi vaqtda igna sanchish usuli bizning mamlakatimizda bo‘lgani kabi, horijda ham ko‘plab tarqalmoqda. Tabiiy, savol tug‘iladi, bizning ilmiy-texnika revolyusiyasi asrimizda oxirgi vaqtlarda bu qadimiy uslubga bo‘lgan qiziqishning ortishi nima bilan izohlanadi? Bu savolga javob berishga harakat qilamiz. Biroq tarixni tahlil qilmay turib, ularning kelib chiqish tabiatini tushunish va kelgusidagi istiqbolini belgilab bo‘lmaydi. SHarq mamlakatlarida ko‘plab davolash vositalari ma’lum, biroq ularning taqdiri turlicha. Ba’zi bir usullar izsiz yo‘qolsa, boshqalari asrlar osha saqlanib qoladi. Oxirgilari qatoriga qadimiy va tibbiyot tarixidagi keng tarqalgan davolash usullaridan – igna sanchish usulini kiritish mumkin. Qadimiylikka chuqur borib taqalgan, tibbiyot asoschilari – Gippokrat (460-370 yillar eramizgacha), Galen (130-200 yillar bizning eramizda), Abu Ali ibn Sino (980-1037 yil)ning dunyoga kelgunlaricha, igna sanchish usuli, uzluksiz takomillashib, turli davrlarda sinovdan o‘tdi va bugungi kunimizgacha o‘z ahamiyatini saqlab qoldi.
Xitoyni o‘zining mavjudligi besh yuz ming yillikdan ortiq hisoblanuvchi tarixga ega bo‘lgan igna bilan davolash usulining vatani deb hisoblash qabul qilingan. Igna sanchish uchun metall paydo bo‘lgunicha qadimgi toshning o‘tkir uchlari – tosh ignalardan (byan-shi), kuydirish uchun esa shuvoq yumaloqlaridan foydalanilgan. YAgona usul sifatida ko‘rib chiqilgan va chjen-szyu terapiya – igna sanchish (chjen) va kuydirish (szyu) nomini oldi. Biroq, bu usul xitoyliklarning «shaxsiy usuli» emas. Igna bilan davolash qadim zamonlardan beri boshqa xalqlarda ham mavjud bo‘lganligiga guvohlik beradigan, aniq dalillar bor. SHunday qilib, F. Mann (1974) akupunktura Ingliz jamiyati prezidenti guvohlik berishicha, London muhitida ko‘rsatilgan sanasi eramizgacha 1550 yil, igna sanchish uchun nuqtalar aks etgan Misr papirusi saqlanadi. Har qalay ta’kidlash joizki, igna bilan davolash va kuydirishning ancha keng tarqalish va qo‘llanishi SHarq mamlakatlariga, birinchi navbatda Xitoyga to‘g‘ri keladi va shuning uchun Xitoyniki hisoblanadi «chjen-szyu-davolash» deb nomlanadi.
Hozirgi vaqtgacha amaliyotda ignarefleksoterapiya (IRT) yutuqlari shubhasiz. SHunday qilib, nevrologiyada IRT markaziy va periferik asab tizimi kasalliklarini davolashda muvaffaqiyat bilan qo‘llaniladi (Tыkochinskaya E.D., 1979; Goydenko V.S. hammuallifligida, 1984 yil va boshqalar). YAxshi natijalar travmatik, qon-tomir kasalliklarini davolashda erishilgan (Derevyanko V.N., 1974; Goroxovskaya V.SH., 1977; Vogralik V.G. hammualliflikda, 1988; Li B.N. hammualliflikda, 2005 va boshqalar). IRT ning ijobiy samarasini mualliflar terapevtik kasalliklar, ayniqsa oshqozon yarasi va 12 barmoq ichak, gastritlarda (Belinskaya I.S., 1974; Morozova L.N., 1964; Li B.N. hammualliflikda, 2007 yil va boshqalar), bronxial astma (Grishko V.V., boshqalar), yurak kasalliklarida (Ioffe T.P., 1976; Kandelaki M.S., 1974; Kruk V.G., 1974 va boshqalar) aniqladilar.
IRT akusherlik va ginekologiyada adneksitlar, bachadon bo‘yni eroziyasi, homiladorlikning erta toksikozlarini davolashda, tug‘ruq faoliyati stimuliyasiyasi uchun (Dreyzin YU.V., 1964; Stepanov V.I. va hammualliflikda, 1977) homiladorlikni ko‘tara olmaslikda (Lyubimova A.I., 1982) muvaffaqiyat bilan qo‘llaniladi.
IRT ni jarrohlik va anesteziologiyada muvaffaqiyat bilan qo‘llashga ko‘plab miqdorda ishlar bag‘ishlangan (Luvsan G., 1990; Sibulyak V.N., 1985; Li B.N. va YAngiev A.X., 2001 va boshqalar).
Kombinatsiyalangan og‘riqni qoldirishda 70,2% bemorlarda ijobiy natijalar olindi (Bunatyan A.A., 1975; Sibulyak V.N., 1976; Luvsan G., 1980; 1990 va boshqalar). Maqolalar va dissertatsiya ishlarida dermatologiya, oftalmologiya, urologiya va tibbiyotning boshqa mutaxassisliklari bo‘yicha, shuningdek ushbu usulni qo‘llashdagi ijobiy natijalar haqida ishonarli ma’lumotlar keltiriladi (Kogan M.S., 1973; Mixelson V.N., 1978; Duranyan R.A., hammualliflikda, 1984; Kim Dong-Son, 1978; Hang-Gyu-Con, 2005; Li B.N., 2004; 2008 va boshqalar).
Igna bilan davolash samaradorligi foizi turli yillarda turli davolash muassasalarining hisoboti bo‘yicha deyarli bir xil va taxminan 82,2%. Keltirilgan ma’lumotlar asosiy vazifasi bemorni davolash va ularni aziyat chekishdan xalos etish hisoblangan, tibbiyot uchun igna sanchish usulining qimmatli ekanligi haqida ishonarli guvohlik beradi. SHunday qilib, yildan-yilga davolashning qadimiy ushbu usuliga qiziqishning ortib borishi ayniqsa, og‘riq sindromlari va «asr kasalliklari» – allergiya, qon-tomir kasalliklari, nevrozlar, periferik nerv tizimi (radikulit, nevralgiya, nevritlar), turli patologik sindromi bilan MNT funksional kasalliklari bilan kurashishda ignarefleksoterapiyaning yuqori samaradorligini ta’minladi. Bu usul oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yarasi kasalligi, bronxial astma, buyrak sanchig‘i, artritlar, osteoxondrozlar, shok holati va boshqalarda samaralidir.
So‘zsiz, IRT davolashning dori vositalarisiz samarali usuli sifatida turli sohadagi shifokorlarga qurol bo‘lishi lozim.
O‘zbekistonda ignaterapiya davolash – profilaktika muassasalarida statsionar va ambulator sharoitlarda qo‘llanadigan rasmiy tan olingan davo usuli hisoblanadi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida igna bilan davolash mexanizmlarini o‘rganishga V.G. Vogralik, I.I. Rusetskiy, E.D. Tыkochinskaya, D.M. Tabaeva, R.A. Durinyan, V.S. Goydenko, E.L. Macheret, Gavaa Luvsan va boshqalar katta hissa qo‘shdilar.
I.I. Rusetskiy hammualliflikda (1962 y.) hisoblaydiki, ya’ni igna sanchish ta’sir mexanizmining tahlilini mahalliy, segmentar va umumiy serebral, shubhasiz o‘zaro aloqador bo‘lgan ta’sirga bo‘lish maqsadga muvofiqdir.

Download 10,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish