Toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy pedagogika fakulteti


Nazariya va amliyot birligi



Download 3,99 Mb.
bet255/362
Sana13.01.2022
Hajmi3,99 Mb.
#356625
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   362
Bog'liq
Psixologiya va pedagogika umk tib bio, prof, bio (2)

Nazariya va amliyot birligi – bilim berishda nazariy bilimlarining amaliyotda ishlashni, ya’ni uning hayoti bilan, amaliyot bilan bog‘liqligini ko‘rsatib berish.

Bu tamoyillar pedagogika jamoatchilik tomonidan umumiy tamoyillar deb qabul qilingan.

  1. Onglilik va faollik tamoyili. Kishi bu tamoyil asosida ilm tomonidan aniqlangan haqiqiy bilimni egallashi uchun, u–bu bilimlarni chuqur anglab etgan holda aqliy quvvatini intensiv ishlatilishi natijasida etishi mumkin, degan qonuniyat yotadi. Bilimlarni anglaganlik holati quydagi omillardan kelib chiqadi: o‘qishning sababi; talabaning bilish faolligi darajasi; o‘quvchi va talabalar bilish faolligining boshqarilishi hamda bilim berishini tashkil qilish va boshqa omillar. Talabaning shaxsiy bilish faolligi bilim olishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Onglilik tamoyilini amaliyotda qo‘llash quydagi qoidalarga rioya qilishni taqozo etadi:

1. Bu bilimning hayotdagi zarurligi va ahamiyatini talaba-yoshlarga tushuntirib, uning istiqbolini ayon qilib ko‘rsatib berish yo‘li bilan, ta’lim oluvchilarda aniq maqsad va vazifalarni shakllantirish qoidasi.

2. Talabalarga qanday yo‘l bilan bilim olishni tushutirib, ularda mustaqil bilim olishga shunday ishonch hosil qilish kerakki, ular hech qachon olinadigan bilimni mexanik holda olmay, uni turib egallasinlar.

3. O‘qitganda barcha bilish shakllari: tahlil va sintez; deduktiv va induktiv; taqqoslash hamda qarama-qarshi qo‘yish va hakazolardan foydalanish qoidasi.

4. Bolalardagi mavjud bilim va ko‘nikmalarga tayanib, obrazli taqqoslash usulidan foydalanib, har bir so‘z va gapning tom ma’nosini ochib berish qoidasi.

5. O‘quvchilarning o‘zaro o‘qitish kuchidan unumli foydalanib, qo‘yilgan savollarga jamoa topish qoidasi.

6. Bugungi faol talaba, ertangi faol ishchi va xizmatchi ekanligini yaqqol bilgan holda, ularni faollashtirishga hech qanday kuchini ayamaslik qoidasi.

7. Bolalardagi mavjud bilimlar bilan berilayotgan bilim orasidagi mantiqiy bog‘lanish yo‘q joyda onglilik bo‘lmasligini esda tutgan holda, ularning aqli etmay turgan joylarini, ulardagi bor bilim mantiqiy bog‘lab berish qoidasi.

8. O‘quv fanini hech qachon dars markaziga qo‘ymay, dars markazidagi doimo o‘quvchi turishini, uning shaxsi shakllanayotganini bilgan holda talabaga ta’limiy ta’sir o‘tkazish qoidasi.

9. Talabalar fikrini, hayot bilan nazariy bilimlar orasidagi farqlar borligiga qaratish yo‘li bilan, ularning tafakkurini faolashtirish qoidasi.

10. O‘qitish jarayoni yanada muvaffaqiyatli o‘tishi uchun, har bir tushuncha berilganidan keyin, uni bir necha misollar bilan mustahkamlash qoidasi.

11. O‘qitilayotgan fanda asosiy va ikkinchi darajali joylarni ajratish yo‘li bilan, talabalarda berilgan bilim ichidagi asosiy o‘rinlarni ajrata olishga o‘rgatish qoidasi.

12. Hech qachon quruq obro‘ga tayanib o‘qitmay, faqat aql va hissiyotdan kelib chiquvchi dalillarga tayanib o‘qitish qoidasi.

13. Bolalarni o‘qishga o‘rgatish qoidasi.

14. Ta’lim-tarbiya jarayoniga salbiy ta’sir o‘tkazuvchi ichki va tashqi omillarni doimo bartaraf etib borish qoidasi.

15. Talabalarga «Nega?» degan savolni tinmay berish yщli bilan, ularda sabab va oqibat orasidagi bog‘lanishini bildirib borish qoidasi.

16. Berilayotgan bilimning to‘g‘riligiga, bolalarda hech qanday shubha-gumon qolmasligi va uni esdan chiqarmasliklari uchun bilimni asos va dalillar bilan isbotlab berish qoidasi.

17. haqiqiy bilimga ega bo‘lgan deb, uni qaytarib aytib berganga emas, balki bu bilimni amaliyotda qo‘llay olganga aytiladi, degan qoida.

18. Doimo talabalarning qiziqishi va extiyojlarini o‘rganib borib, ularni jamiyat ehtiyojiga moslashtirib borish qoidasi.

19. bolalardagi kuzatuvchanlikni rivojlantirib, hayotdagi voqeliklarni ilmiy asoslab berish yo‘li bilan ularda onglilikni kamol toptirish qoidasi.

20. Talabalarga shunday bilim berish kerakki, bu bilimlar ularda qattiy ishonch hosil qilib, harakat uchun dastur vaziqasini o‘tash qoidasi.

21. Hech qachon o‘qituvchi aytganlarini qaytarish, birovlardan ko‘chirish va aytib turish hollariga yo‘l qo‘ymaslik bilan, o‘quvchi-talabalarni mustaqil fikrlashga va harakat qilishga o‘rgatish qoidasi.

22. Berilayotgan bilimni har tomonlama tahlil qilib berish yo‘li bilan bolalarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish qoidasi.

23. Talabalarni faollashtirish va rag‘batlantirish uchun doimo savollar berib, ularga javobni chidam bilan tinglash qoidasi.




Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish