Chet el psixologiyasida psixik rivojlanish va ong nazariyalari
Jahon psixologiyasi fanida psixik rivojlanish to‘g‘risida xilma-xil nazariyalar yaratilgan bo‘lib, tadqiqotchilar inson shaxsini o‘rganishda turlicha pozitsiyada turadilar va muammo mohiyatini yoritishda o‘ziga xos yondashishga egadirlar.Shulardan ba’zilariga to‘xtalib o‘tamiz.
E.Shpranger “O‘spirinlik davri psixologiyasi” degan asarida qizlarning 13 yoshdan 19 yoshgacha, yigitlarning esa 14 yoshdan 22 yoshgacha kiritishni tavsiya qiladi. Ushbu yosh davrida yuz beradigan asosiy o‘zgarishlar E.Shpranger bo‘yicha:
a) shaxsiy “Men” ni kashf qilish,
b) refleksiyaning o‘sishi,
v) o‘zining individualligini anglash (tushunish) va shaxsiy xususiyatlarini e’tirof qilish,
g) hayotiy ezgu rejalarining paydo bo‘lishi,
d) o‘z shaxsiy turmushini anglagan holda hayotini qurish ustanovkasi va hokazo. E.Shprangerning fikricha, 14-17 yoshlarda vujudga keladigan inqirozning mohiyati ularga kattalarning bolalarcha munosabatidan qutulish tuyg‘usini tug‘ilishidan iboratdir. 17-21 yoshlarning yana bir xususiyati - o‘zining tengqurlari va jamoatchilik qurshovidan “uzilish inqirozi” va tanholik tuyg‘usining paydo bo‘lishidir. Bu holatni tarixiy shartlanganlik shart-sharoitlar va omillar vujudga keltiradi.
E.Shpranger, K.Byuler, A.Maslou va boshqalar personologik nazariyaning yirik namoyondalari bo‘lib hisoblanadilar.
Kognitivistik yo‘nalishning asoschilari qatoriga J.Piaje, Dj. Kelli va boshqalarni kiritish mumkin.
J.Piajening fikricha, bolaning aqliy o‘sishi o‘zining ichki qonunlari asosida rivojlana borib, sifat jihatdan o‘ziga xos bir qator genetik bosqichlarni bosib o‘tadi. Ta’lim - bu aqliy yetilish jarayonini faqat bir qadar tezlatishga yoki sekinlashtirishga qobildir, lekin u aqliy jihatdan yetilish jarayoniga hech qanday jiddiy ta’sir ko‘rsata olmaydi. Demak, ta’lim rivojlanish qonunlariga bo‘ysunishi kerak. Masalan, bolada mantiqiy tafakkur etilmay turib, uni mantiqiy fikr yuritishga o‘rgatish foydasizdir, Ta’limning turli bosqichlarida bolaning tegishli psixologik imkoniyatlari pishib etiladigan muayyan yoshi bilan bog‘liqligi ana shundan kelib chiqadi1.
J.Piaje fikricha bolaning jismoniy va psixik o‘sishi ijtimoiy muhit ta’siri ostida rivojlanib boradi. Bunday fikrni Vigotskiy ham bildirgan, bolaning aqliy o‘sishi faqat uning ijtimoiy muhiti bilan bog‘liq bo‘ladi degan. Albatta, bir haqiqatni bilish joiz J.Piaje yosh olim bo‘lgan vaqtlarda Vigotskiy yosh o‘quvchi bo‘lgan2.
J.Piaje bolaning o‘sishini tezkorlik bilan ko‘rib chiqmaydi. U bola psixikasi rivojlanishiga barcha narsalar ya’ni uning xonasi, o‘yinchog‘i ham ta’siri etishini aytib o‘tgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |