Toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy pedagogika fakulteti


Faoliyat turlari. Jismoniy va aqliy harakatlar



Download 3,99 Mb.
bet45/362
Sana13.01.2022
Hajmi3,99 Mb.
#356625
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   362
Bog'liq
Psixologiya va pedagogika umk tib bio, prof, bio (2)

Faoliyat turlari. Jismoniy va aqliy harakatlar.

Har qanday faoliyat real shart-sharoitlarda, turli usullarda va turlicha ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Qilinayotgan har bir harakat ma’lum narsaga - predmetga qaratilgani uchun ham, faoliyat predmetli harakatlar majmui sifatida tasavvur qilinadi. Predmetli harakatlar tashqi olamdagi predmetlar xususiyatlari va sifatini o‘zgartirishga qaratilgan bo‘ladi. Masalan, ma’ruzani konspekt qilayotgan talabaning predmetli harakati yozuvga qaratilgan bo‘lib, u avvalo o‘sha daftardagi yozuvlar soni va sifatida o‘zgarishlar qilish orqali, bilimlar zahirasini boyitayotgan bo‘ladi. Faoliyatning va uni tashkil etuvchi predmetli harakatlarning aynan nimalarga yo‘naltirilganiga qarab, avvalo tashqi va ichki faoliyat farqlanadi. Tashqi faoliyat shaxsni o‘rab turgan tashqi muhit va undagi narsa va hodisalarni o‘zgartirishga qaratilgan faoliyat bo‘lsa, ichki faoliyat - birinchi navbatda aqliy faoliyat bo‘lib, u sof psixologik jarayonlarning kechishidan kelib chiqadi. Kelib chiqishi nuqtai nazaridan ichki - aqliy, psixik faoliyat tashqi predmetli faoliyatdan kelib chiqadi. Dastlab predmetli tashqi faoliyat kuzatiladi , tajriba orttirib borilgan sari, sekin-asta bu harakatlar ichki aqliy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatib boradi. Buni nutq faoliyati misolida oladigan bo‘lsak, bola dastlabki so‘zlarni qattiq tovush bilan tashqi nutqida ifoda etadi, keyinchalik ichida o‘zicha gapirishga o‘rganib, o‘ylaydigan, mulohaza yuritadigan, o‘z oldiga maqsad va rejalar qo‘yadigan bo‘lib boradi.

Har qanday sharoitda ham barcha harakatlar ham ichki-psixologik, ham tashqi - muvofiqlik nuqtai nazaridan ong tomonidan boshqarilib boriladi. Har qanday faoliyat tarkibida ham aqliy, ham jismoniy - motor harakatlar mujassam bo‘ladi. Masalan, fikrlayotgan donishmandni kuzatganmisiz? Agar o‘ylanayotgan odamni ziyraklik bilan kuzatsangiz, undagi etakchi faoliyat aqliy bo‘lgani bilan uning peshonalari, ko‘zlari, xattoki, tana va qo‘l harakatlari juda muhim va jiddiy fikr xususida bir to‘xtamga kelolmayotganidan, yoki yangi fikrni topib, undan mamnuniyatni his qilayotganligidan xabar berib turadi. Bir qarashda tashqi elementar ishni amalga oshirayotgan - misol uchun, uzum ko‘chatini ortiqcha barglardan xalos etayotgan bog‘bon harakatlari ham aqliy komponentlardan xoli emas, u qaysi bargni va nima uchun ortiqcha ekanligini anglab, bilib turib olib tashlaydi.

Aqliy harakatlar - shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlaridir. Eksperimental tarzda shu narsa isbot qilinganki, bunday harakatlar doimo motor harakatlarni ham o‘z ichiga oladi. Bunday harakatlar quyidagi ko‘rinishda, ifoda etilishi mumkin:

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, har qanday faoliyat tashqi harakatlar asosida shakllanadi va alohida komponentlardan iborat bo‘lishi ham mumkin.

Agar tashqi faoliyat asosida psixik jarayonlarga o‘tish kuzatilsa, bunday jarayon psixologiyada interiorizatsiya deb ataladi, aksincha, aqlda shakllangan g‘oyalarni bevosita tashqi harakatlarda yoki tashqi faoliyatga ko‘chirilishi eksteriorizatsiya deb yuritiladi.




Aqliy harakatlarning ko‘rinishlari

- perseptiv - ya’ni bular shunday harakatlarki, ular oqibatida atrofdagi predmetlar va hodisalar to‘g‘risida yaxlit obraz shakllanadi;

- mnemik faoliyat, narsa va hodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador materialning eslab qolinishi, esga tushirilishi hamda esda saqlab qolinishi bilan bog‘liq murakkab faoliyat turi;

- fikrlash faoliyati - aql, fahm - farosat vositasida turli xil muammolar, masalalar va jumboqlarni yechishga qaratilgan faoliyat;

- imativ - (“image” -obraz so‘zidan olingan) faoliyati shundayki, u ijodiy jarayonlarda xayol va fantaziya vositasida hozir bevosita ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash va xayolda tiklashni taqozo etadi.
Faoliyat turlari yana ongning bevosita ishtiroki darajasiga ko‘ra ham farqlanadi. Masalan, ayrim harakatlar boshida har bir elementni jiddiy ravishda, qabul qilib alohida-alohida bajarishni va bunga butun diqqat va ongning yo‘nalishini talab qiladi. Lekin vaqt o‘tgach, bora-bora unda ongning ishtiroki kamayib, ko‘pgina qismlar avtomatlashib boradi. Bu oddiy tilga o‘girilganda, malaka hosil bo‘ldi deyiladi. Masalan, har birimiz shu tarzda xat yozishga o‘rganganmiz. Agar malakalarimiz qat’iy tarzda bizdagi bilimlarga tayansa, faoliyatning maqsadi va talablariga ko‘ra harakatlarni muvaffaqiyatli bajarishni ta’minlasa, biz buni ko‘nikmalar deb ataymiz. Ko‘nikmalar - doimo bizdagi aniq bilimlarga tayanadi. Masalan, ko‘nikma va malakalar o‘zaro bog‘liq bo‘ladi, shuning uchun ham o‘quv faoliyati jarayonida shakllanadigan barcha ko‘nikmalar va malakalar shaxsning muvaffaqiyatli o‘qishini ta’minlaydi. Ikkalasi ham mashqlar va qaytarishlar vositasida mustahkamlanadi. Agar, faqat malakani oladigan bo‘lsak, uning shakllanish yo‘llari quyidagicha bo‘lishi mumkin:


  • oddiy namoyish etish yo‘li bilan;

  • tushuntirish yo‘li bilan;

  • ko‘rsatish bilan tushuntirishni uyg‘unlashtirish yo‘li bilan.

Hayotda ko‘nikma va malakalarning ahamiyati katta. Ular bizning jismoniy va aqliy urinishlarimizni yengillashtiradi va o‘qishda, mehnatda, sport sohasida va ijodiyotda muvaffaqiyatlarga erishishimizni ta’minlaydi.

Faoliyatni klassifikatsiya qilish va turlarga bo‘lishning yana bir keng tarqalgan usuli - bu barcha insonlarga xos bo‘lgan asosiy faollik turlari bo‘yicha tabaqalashdir. Bu - muloqot, o‘yin, o‘qish va mehnat faoliyatlaridir.



Muloqot - shaxsning individual rivojlanishi jarayonida namoyon bo‘ladigan birlamchi faoliyat turlaridan biri. Bu faoliyat insondagi kuchli ehtiyojlardan biri - inson bo‘lish, odamlarga o‘xshab gapirish, ularni tushunish, sevish, o‘zaro munosabatlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Shaxs o‘z taraqqiyotini aynan shu faoliyat turini egallashdan boshlaydi va nutqi orqali (verbal) va nutqsiz vositalar (noverbal) yordamida boshqa faoliyat turlarini mukammal egallashga zamin yaratadi.


1933 yilda “o‘yin” tushunchasining etimologik tahlilini amalga oshirgan va uning o‘ziga xos alomatlarini tasniflashga harakat qilgan golland olimi F.Boytendayk hisoblanadi. O‘yinning alomatlari “u yoqqa va bu yoqqa harakat “ixtiyorsizlik va erkinlik, quvonch va ermaklik”.Bunday alomatlardan qanoatlanmagan muallif, uning fenomenini bolalar faoliyatini kuzatish orqali aniqlashiga harakat qiladi, chunki o‘yinning qiymati va ahamiyati ularning o‘zlari tomonidan oqilona baholash, deganlari xulosaga keladi.
O‘yin - shunday faoliyat turiki, u bevosita biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlar yaratishni nazarda tutmaydi, lekin uning jarayonida jamiyatdagi murakkab va xilma-xil faoliyat normalari, harakatlarning simvolik andozalari bola tomonidan o‘zlashtiriladi. Bola toki o‘ynamaguncha, kattalar xatti-harakatlarining ma’no va mohiyatini anglab etolmaydi.

O‘yin faoliyati faoliyatning oddiy shakllaridan biri hisoblanadi, lekin u tobora takomillashib sodda harakatlarni keyinchalik syujetli, rolli o‘yinlarga, hatto sportgacha murakkablashib boradi, atrof muhitni aks ettirishda ishtirok yeta boshlaydi.

Tajribalardan xulosa qilish mumkinki, 5-6 yoshdagi bolalar uchun eng muhimi u o‘ynayotgan rol. Rolni gavdalantirish davomida bolaning faoliyatga bo‘lgan munosabati yuzaga chiqadi. Ko‘rilgan vaziyatdan shunday gipoteza tug‘iladi. Demak, bola o‘ziga boshqa odamlarning rolini olayotgan ekan, shu rolga xos, tegishli faoliyat va munosabatlarni aks ettirishi o‘yinning birlamchi asosidir5.“Bolalar o‘yinlarining mohiyati shundan iboratki, u o‘yinda u yoki bu rolni bajaradilar va eng qiziq jihati, mayda, keraksiz buyumlarni haqiqiy tirik mavjudotlarga aylantirishni xohlashlari ham mumkin”6. V. Vundning mulohazalariga ko‘ra, o‘yinning manbai huzur qilish, rohatlanishdan iboratdir. V. Vundt bildirgan fikrlar yoyiq xususiyatga ega bo‘lib, o‘yinning u yoki bu jihatlarini yoritishga xizmat qiladi.Uning fikricha o‘yin – bu bolalarning mehnatidir. Har qanday o‘yin jiddiy mehnatning u yoki bu shaklining prototipidir.Yashash zaruruyati insonni mehnat qilishga majbur qiladi. Mehnat orqali inson o‘z kuch-qudratini baholashga o‘rganib boradi, mehnatning huzur qilish va rohatlanishning manbai ekanligiga iqror bo‘ladi. O‘yin mehnatning foydali jihatini ko‘rsatib boradi.




Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish